|
Yopiq shtamplarda shtamplash
|
bet | 79/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikYopiq shtamplarda shtamplash. Yopiq shtamplarda ish bo‘shlig‘idan boshqa o‘yiqlarning yo‘qligi bilan, ajralish yuzalarinig murakkab yo‘naltiruvchi qulflar bilan qulflanish bilan xarakterli. Bunda pakovka shtampining miqdori detal miqdoriga aniq teng bo‘lishi shart. Yaxshi tomonlari:
1. Ancha aniq pakovka olinadi.
2. Metall sarfi ancha kam: pitra yo‘q.
3. Har tomonlama siqilgani uchun, kam plastik metallarni ham shtamplash mumkin: hajmiy siqilish.
4. Strukturasi yaxshi: pitra qirqib tashlanmaydi, tola qirqilmaydi-Mustahkamlik ortadi.
Kamchiligi:
1. Shtamp tannarxi qimmat.
2. Shtamp tez ishdan chiqadi.
3. Shtamp 2 qismini bir-biriga nisbatan aniq o‘rnatish va yo‘naltirish zarb berish vaqtida ancha murakkab.
4. Metall miqdorini aniq hisoblash va uni ta’minlash ancha murakkab.
Tayanch so‘z va iboralar: plastik deformatsiya, sirpanish, juva, chiviq, voloka, bolg‘a babasi, matritsa, puanson, prokatlash, kiryalash, presslash, list shtamplash, o‘ta qizish zonasi, mikro va makro darzlar, gornlar, kamerali pechlar, metodik pechlar, diffuziya, zagotovka qarshiligi, prokatlash, qo‘shtavr, bluming, shveller, slyabing, ish kleti, prokatlash stani, opravka, ko‘ndalang kesim, filyera, bug‘-havo bolg‘asi.
Savol va topshiriqlar:
1. Zagotovkani o‘z o‘qsiz prokatlash sharti nimada?
2. Prokatlash juvalari va kalibrlari necha xil bo‘ladi? Qaysi xilda ishlash qanday tanlandi?
3. Katta diametrdagi quvurlar qanday prokatlanadi?
4. Kiryalash koeffitsiyenti nima?
5. Presslab quvur olish mumkin-mi?
6. Bosim bilan ishilash metalning qaysi xususiyatiga asoslangan?
7. Buzilmasdan deformatsiyalanadigan eng katta plastik deformatsiya
kattaligiga ta’sir qiluvchi faktorlarni sanab bering.
8. Puxtalanish nima?
9. Metallarni sovuqlayin va qizdirib bosim bilan ishlash chegarasi qanday aniqlanadi?
10. Nega tez qizdirib bo‘lmaydi?
11. Yuqori tezlikda shtamplash metallning qaysi xossasiga asoslangan?
12. Buzilmasdan deformatsiyalanadigan eng katta plastik deformatsiya
kattaligiga ta’sir qiluvchi faktorlarni sanab bering.
13. Puxtalanish nima?
14. Metallarni sovuqlayin va qizdirib bosim bilan ishlash chegarasi qanday aniqlanadi?
15. Nega tez qizdirib bo‘lmaydi?
16. Zagotovkani o‘z o‘qsiz prokatlash sharti nimada?
17. Prokatlash juvalari va kalibrlari necha xil bo‘ladi? Qaysi xilda ishlash qanday tanlandi?
|
| |