|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 75/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikUzayish koeffisiyenta ;
λ odatda: λ = 1.1-2.0; materialga, haroratga qarab
10.10 -rasm. Prokatlash sxemasi. 1 – xomashyo; 2 – ostki juva; 3 – yuqori juva
Qamrash sharti.
Zagotovkani bo‘ylama prokatlashning boshlanishida uni qarama-qarshi aylanuvchi jo‘valar oralig‘iga ma’lum kuch R bilan suriladi.
N -juvadan metalga ta’sir qiladi, radius bo‘yicha;
T -juvadan metalga ishqalinish kuchi ta’sir qiladi, juvaga urinma;
α -qamrash burchagi.
Bularni X va Y o‘qlarga proeksiyalaymiz.
Tu, Ny - kuchlar zagotovkani juvalar oralig‘iga siqadi;
Tx, Nx- kuchlar quyidagicha:
Tx - zagotovkani juvalar orasiga suradi;
Nx - teskari qarshilik qiladi.
Prokatlashni borishi uchun:
Tx>Nx (1)
Mexanikadan ma’lumki, ishqalinish kuchi T, normal kuch N ni ishqalinish koeffitsiyenti μ ga ko‘paytmasiga teng.
T=N μ; μ=T/N
Ikkinchi tomondan T ning N ga nisbatan ishqalinish burchagi tangensiga teng.
T/N=tgφ = μ,
Demak
va
(I) ga qo‘ysak: (:Ncosα)
μ>tgα yoki tgφ >tgα
φ > α
Shunday qilib, juvalar zagotovkani qamrash uchun ular orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti qamrash burchagi tangensidan katta bo‘lishi kerak, yoki ishqalanish burchagi qamrash burchagidan katta bo‘lishi kerak. [10]
Ishlab chiqarishda: buyumlarni va sortli prokatlarni prokatlashda a = 30-32°; list va polosalarni issiq prokatlashda a = 20-24°; yupqa list va lentalarni prokatlashda a = 3-6°.
Prokatlash ishlab chiqarishda olinadigan mahsulotlari.
Prokatlash uchun foydalaniladigan zagotovka quyma bo‘lib, mahsulot prokat deyiladi. Prokat profillari va o‘lchamlari xilma-xil, shu sababli ularni sortamentlar deb ataladi
Odatda po‘lat prokatlarni quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
|
| |