• Metallarni bosim bilan ishlash asosiy turlarining sxemasi: a – prokatlash; b – kiryalash; v – presslash; d –hajmiy shtamplash; e – list shtamplash. 4.Bolg‘alash.
  • Bosim bilan ishlash operatsiyalari klassifikasiyasi
  • Metallarning deformatsiyalanishga qarshiligi
  • Fe-FeC holat diagrammasiga ko‘ra qizdirib ishlashda temperaturalar oralig‘ini aniqlash sxemasi
  • Metallarni bosim bilan ishlashning asosiy usullari




    Download 14,49 Mb.
    bet72/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Metallarni bosim bilan ishlashning asosiy usullari

    1. Prokatlash.
    Metall juvalar orasidagi siqilib o‘tadi.
    Juvalar qarama-qarshi tomonga aylanadi.
    Har xil listlar, turli profilli chiviqlar, relslar, quvurlar olinadi.
    2. Kiryalash.
    Zagotovka, uning ko‘ndalang kesimidan kichik bo‘lgan maxsus asbob (voloka) ko‘zidan tortib o‘tkaziladi.
    Ingichka simlar, kavsharlangan chiviqlar va quvurlar ishlab chiqariladi.
    3. Presslash.
    Zagotovka matritsa teshigidan siqib chiqariladi.
    Ko‘pincha chiviq va quvur kabi buyumlar olinadi.

    10.2.- rasm. Metallarni bosim bilan ishlash asosiy turlarining sxemasi:
    a – prokatlash; b – kiryalash; v – presslash; d –hajmiy shtamplash; e – list shtamplash.


    4.Bolg‘alash.
    Sandonga qo‘yilgan zagotovka bolg‘a babasining zarbiy kuchi ostida ishlanadi.
    Val, shatun, tishli g‘ildirak kabi buyumlar olinadi.
    5. Shtamplash.
    a) hajmiy
    Zagotovka shtamp bo‘shlig‘iga qo‘yib bolg‘alarda yoki presslarda uriladi.
    Xomashyo-zagotovka materiali plastik deformatsiya natijasida bo‘shliqni to‘ldiradi.
    Tirsakli vallar, shkivlar, klapan, bolt kabilar yasaladi.
    b) List shtamplash.
    List, polosa, lenta tarzidagi zagotovka matritsaga o‘rnatib, puansonni yurgizishda elektrotexnika apparatura detallari, xo‘jalik buyumlari olinadi.
    Metallarni bosim bilan ishlashni asosan ikki kategoriyali bo‘lishi mumkin: Deformatsion jarayonlar va list materiallarini ishlash har bir kategoriya o‘z ichiga bir qancha asosiy sinflarni oladi.
    Bosim bilan ishlash operatsiyalari klassifikasiyasi

    Deformatsion jarayonlar odatda qoida bo‘yicha ko‘pincha yetarli deformatsiyalar va formalarini ko‘p o‘zgarishi bilan xarakterlanadi.
    10.3. Metallarni qizdirish
    Yuqorida aytgandek, metallar ma’lum darajagacha qizdirilganda sovuqligiga nisbatan deformatsiyalanishga qarshiligi 10-15 marta kamayadi.



    10.3.- rasm. Metallarning deformatsiyalanishga qarshiligi
    Lekin, temir-uglerod qotishmalari holat diagrammasidagi AE chizig‘iga yaqin temperaturada qizdirilganda metall qo‘yadi. Bunda donalar chegarasining oksidlanishi natijasida tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlar paydo bo‘ladi.

    10.4.- rasm. Fe-FeC holat diagrammasiga ko‘ra qizdirib ishlashda temperaturalar oralig‘ini aniqlash sxemasi

    Metallning suyuqlana boshlash haroratidan 50-100°C pastroq temperaturada esa metallning ota qizish zonasi yetadi. O‘ta qiziganda donalar yirik bo‘ladi va uning zarbiy qovushqoqligi 5-20% pasayadi. Demak, metallarni ma’lum va zarur temperaturagacha qizdirish kerak ekan. Har bir metall va qotishmani diagrammaga qarab, haroratni topib qizdiriladi. [9]


    Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlar GS chizig‘idan 50°C yuqorida tugaydi. Evtektoiddan keyingi po‘latlar uchun ES dan yuqori.


    10.1-jadval




    Boshlang‘ich harorati

    Tugash harorati

    1.Uglerodli po‘latlar:





    C 0,3%



    1200-1500



    800-850



    C 0,3-0,5



    1150-1100



    800-850



    C 0,5-0,9



    1100-1050



    800-850



    C 0,9-1,5



    1050-1000



    800-850



    2. Legirlangan po‘latlar:





    kam uglerodli



    1100



    825-850



    o‘rta uglerodli



    1100-1150



    850-875



    ko‘p uglerodli



    1150



    875-900



    3.Alyuminiy qotishmalari:



    490



    350



    4.Magniy qotishmalari:



    430



    300



    5.Mis qotishmalari:



    850



    600



    Agar yuqori temperaturali pechga sovuq zagotovka kritilsa, metall kesimi bo‘yincha temperaturalar farqi hosil bo‘lib, buning oqibatida metallda ichki kuchlanishlar vujudga keladi. Metall birdaniga qizimaydi.
    10.2-jadval

    Temperatura o‘lchangan joy

    6 soatdan so‘ng

    10 soatdan so‘ng

    18 soatdan so‘ng

    Quymaning sirti

    1050

    1200

    1275

    Quymaning o‘rtasi

    550

    800

    1200

    Metallning ko‘proq qizigan qismi hajmi kengayib, o‘rtadagi kamroq qizigan qatlamlarini tortadi, buning natijasida cho‘zuvchi radial kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Temperaturalar farqi katta bo‘lsa, termik kuchlanishlar qiymati metallning mustahkamligidan ortib ketib, mikro va makro darzlar hosil bo‘ladi.
    Shuning uchun metallni asta-sekin qizdirish kerak.
    ; soat
    T – qizdirish vaqti, eng kami soat.
    α – taxlash usulini hisobga oladigan koeffisiyent.
    K – materialni issiqlik o‘tkazish qobilyatini hisobga oladi.
    K=12,5-25;
    K = 12,5 - oddiy po‘latlar uchun
    K = 25 - legirlangan po‘latlar uchun
    Lekin, sekin qizdirilganda, metall yuzasida uning zaki (okalina) hosil bo‘ladi. Bu metallni ortiqcha sarf qilishga olib keladi. Uning qattiqligi metall qattiqligidan katta. Shuning uchun asbobni ham tez yeyiltirib ishdan chiqaradi. Buni yo‘qotish uchun neytral muhitda qizdiriladi.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metallarni bosim bilan ishlashning asosiy usullari

    Download 14,49 Mb.