|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 71/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikTayanch so‘z va iboralar: quyma aniqligi, kokil, kokil mashinalari, metallik sterjen, shtir, quyma olishni asosiy texnologiyalari, qum-gilli qolip, press forma, maxsus turtkich, plunjer, quyma mahsulot, siqish kamerali, cho‘kish bo‘shlig‘i, pribil, gaz pufaklari, tob tashlash, issiq darzlar, sovuq darzlar, chizig‘iy kirishuvi, likvatsiya, dendritli likvatsiya.
Savol va topshiriqlar:
Modelning vazifasi nima?
Model o‘lchamlari qanday aniqlanadi?
O‘zakning vazifasi nima?
Quyish sistemasi elementlarini sanab chiqing.
Presslash mashina mexanizmlarini sanab uting, xususiyatlarini aniqlang.
Mayda detallar qaysi usulda ko‘proq olinadi
Metall qoliplarda olingan quymaning mexanik xossalari qanday bo‘ladi?
Bosim ostida quyilganda qolip qaysi materialdan yasaladi?
Markazdan qochma usulda quyishni boshqa usullardan tubdan farqi?
Tiklanadigan nuqsonlarni qanday talablarga ko‘ra aniqlanadi va qay usulda tiklanadi?
10.§. METALLARNI BOSIM BILAN ISHLASH VA ULARNING TURLARI
Metallarni bosim bilan ishlash
Metallarni bosim bilan ishlash ilg‘or usullardan biri. Bunda deyarli metallning chiqindiga chiqmasligi ahamiyatlidir. Metallning fizika-kimyoviy xossalarini oshirish mumkin. Shuning uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan po‘latlarning 90%, rangli metall va ularning qotishmalarining 58%ga yaqini bosim bilan ishlanadi. Bu usul metallarni tashqi kuch ta’siri ostida plastik deformatsiyalanishining asoslangan. Plastik deformatsiya-metallarning o‘z forma va o‘lchamlarini tashqi kuch- ta’sirida buzilmasdan o‘zgartirish qobilyati.
10.1-rasm. Plastik deformatsiya natijasida metall hajmi o‘zgarishi.
Plastik deformatsiya natijasida atomlar bir-birlariga nisbatan o‘zlari orasidagi masofadan ko’proq siljiydilar va tashqi kuch olingach o‘z holatlariga qayta olmaydilar. Elastik deformatsiyada atomlarning o‘zaro siljishi atomlar aro masofa ichida bo‘ladi (10.1 – rasm).
Atomlar bir muvozanat holatdan ikkinchi muvozanat holatga ma’lum parallel tekisliklar bo‘yicha sirpanish bilan o‘tadi. Lekin bu tekisliklar orasidagi masofa o‘zgarmaydi. Bunda atomlar o‘zaro ta’sir qilish zonasidan chiqib ketmaydilar. [8]
Eng katta plastik deformatsiya kattaligi cho‘zish kuchlanishi kamayishi va siqish kuchlanishi ortishi bilan ortib boradi. Shuning uchun har tomonlama qisish sharoitida mo‘rt materiallarni ham plastik deformatsiyalanishi mumkin.
Har bir texnologik operatsiyaning o‘z sxemasi bor.
|
| |