• Quyma qotishmalariga qo‘yiladigan talablar va quymalarning xossalarini aniqlash
  • Qotishmaning qotishidagi hajmiy kirishuvi V 1 - modelning hajmi, sm 3 V - quymaning hajmi, sm 3 Qotishmaning chizig‘i kirishuvi
  • likvatsiyasi
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet70/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    2. Sovuq darzlar: Issiqlikning yaxshi o‘tkazmaydigan qotishma quymalarida (kam uglerodli po‘latlarda) faza o‘zgarishlari vaqtida ularning hajmi o‘zgarib, sovuq darzlar hosil bo‘lishi mumkin. Oldini olish uchun quyma devorlarini bir kesimli qilib, quymani asta-sekin va bir tekisda sovitish kerak. Ko‘p hollarda ichki kuchlanishlarni yo‘qotish uchun ularni termik ishlanadi. [7]
    Quyma qotishmalariga qo‘yiladigan talablar va quymalarning xossalarini aniqlash:
    Talablar:
    1. Suyuq holatda oquvchanlik.
    2. Kam kirishuvchan.
    3. Bir tekis strukturali.
    4. Metall emas qo‘shimchalardan holi bo‘lishi.
    5. Suyuqlanish harorati u qadar yuqori bo‘lmasligi. Qotishmaning suyuq holatda oquvchanligi turli etalon quymalar olish bilan aniqlanadi. Masalan: cho‘yanlarning suyuq holatda oquvchanligini spiral |quymalar olish bilan aniqlanadi. Qolip materialidan kesish yuzasi 0,56 sm2 bo‘lgan trapesiya shaklidan spiral qolip tayyorlanadi. Sinaladigan qotishmani bu qolipga qo‘yib, olingan quyma spiralning uzunligiga qarab, metallning oquvchanligi aniqlanadi.
    Qotishmaning qotishidagi hajmiy kirishuvi
    V1 - modelning hajmi, sm3
    V - quymaning hajmi, sm3
    Qotishmaning chizig‘i kirishuvi
    l1 - modelning uzunligi, mm
    l - quymaning uzunligi, mm
    Cho‘yandagi uglerod va kremniy miqdorining ortishi, marganes va oltingugurt miqdorining kamayishi cho‘yanning hajmiy kirishuvini kamaytiradi.
    Hajmiy kirishuv: chizig‘iy kirishuvidan 3 marta katta. Chizig‘iy o‘tirish-kirishish kulrang cho‘yan uchun - 0,9-1,3%; alyuminiy qotishmalarda 0,9÷1,5%, mis qotishmalarida - 1,4÷2,3%, uglerodli po‘lat uchun 2-2,4%.
    Quymaning xususiyatlariga uning likvatsiyasi ham kiradi. Bu uning hamma qismlarida kimyoviy elementlarning bir xil joylanmasligidir. Bu albatta, uning mexanikaviy xossalariga ham ta’sir qiladi. Bu hodisa bir zarracha doirasida bo‘lsa, dendritli likvatsiya deyiladi.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.