|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 77/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikMetallarni presslash
Havol idish (konteyner)ga kiritilgan zagatovkani matritsa teshigidan siqib chiqarish jarayoni presslash deb ataladi.
Presslash:
1. Sovuqlayin: qo‘rg‘oshin, qalay uchun.
2. Qizdirilgan holda: Su, Al, Ni, Mg va ularning qotishmalari, po‘lat quymalar uchun.
Presslash bilan har xil buyumlar olinadi:
a) prutoklar - chiviqlar (9.20-rasm., a va b): d == 3-250 mm.
b) quvurlar (9.20-rasm., v): D == 20-400 mm, t = 1,5-12 mm.
v) turli profillar.
10.13- rasm. Preslash usuli bilan olingan mahsulotlar ko‘ndalang kesimlari. Presslash sxemasi: a-to‘g‘ri presslash; b -teskari presslash; v-quvurlar olish; g-presslash yo‘li hosil qilinadigan buyumlar profili: 1 - puanson; 2 - konteyner; 3 - matritsa; 4 - buyum; 5 - shayba; 6 - zagotovka; 7 - press-shayba
Uglerodli po‘latlar (po‘latlar 20, 35, 45, 40), konstruksion po‘latlar (30ХГСA, 40XН), yuqori legirlangan po‘latlar (12X18Н10T)dan quvurlar presslanadi. Ichki diametri dvn ==30-160 mm, qalinligi t == 2 -10 mm.
1. Presslash bilan juda murakkab profillarni olish mumkin (10.13-rasm, g)
2. Plastikligi o‘ta past bo‘lgan maxsus po‘lat, rangli metall va ularning qotishmalarini, presslash mumkin. Bu sharoitda boshqa usullar qo‘llanishi mumkin emas yoki qo‘llanishi qiyin.
3. Aniqligi prokatlangandan yuqori.
4. Ish usuli yuqori.
Kamchiliklari:
1. Chiqindi ko‘p chiqadi: 40% gacha yetadi. Oxirigacha presslab bo‘lmaydi, qirqib tashlash kerak.
2. Asbob tez yeyiladi.
Bolg‘alash
Qizdirilgan metallni bolg‘a babasining zarbi (yoki press bosimi) ta’sirida deformatsiyalash jarayoni erkin bolg‘alash deb ataladi.
Bolg‘alash natijasida zarur shaklli pakovka olinib qolmay, uning strukturasi - xossasi ham yaxshilanadi. Shuning uchun og‘ir sharoitda ishlovchi detallar: tishli g‘ildiraklar, turubina rotorlari, disklari, vallari, shatunlari, erkin bolg‘alash usuli bilan olinadi.
Bolg‘alash og‘ir pakovkalar ishlanadigan yagona usuldir: 25 t.li pakovkalar ham olinadi. Bolg‘alash natijasida olingan buyum pakovka deb nomlanadi. Pakovkalar mexanik usulda ishlanib kerakli o‘lcham va forma olinadi.
Erkin bolg‘alash jarayonining asosiy operatsiyalari:
|
| |