|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 86/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik11.3.2. Elektrodlar
Payvandlash elektrodlari ikki xil bo‘ladi:
1. Suyuqlanmaydigan materiallardan tayyorlangan elektrodlar. Bular-grafit, ko‘mir, volfram.
2. Suyuqlanuvchan materiallardan tayyorlangan elektrodlar. Bular-kam uglerodli po‘lat, cho‘yan, rangli metall va ularning qotishmalari.Suyuqlanuvchi elektrod materiallining kimyoviy tarkibi, payvandlanuvchi asosiy metall tarkibiga yaqin bo‘lishi kerak, erish temperaturalari ham yaqin bo‘lishi kerak. Elektrod materialida zararli qo‘shimchalar oz bo‘lishi kerak. Dastaki payvandlashda payvand choki materiali asosan elektrod materiali hisobiga bo‘ladi. Elektrod simdan yasalib, ustiga qoplama qoplanadi. Qoplama qalinligi t =1-3 mm; Elektrod uzunligi L = 250-450mm. Bir uchi ushlagich uchun / = 30-40 mm toza turadi ushlakich uchun.
Payvandlash paytida elektrod qoplamasi erib payvand vannasini tashqi hovodan saqlash uchun shlak va gaz hosil qiladi. Bundan tashqari qoplama tarkibida yoyni turg‘un (stabil) yonishini ta’minlovchi, chok materialini legirlovchi va qaytaruvchi (raskislyayushie) elementlar ham bor.
Qoplama materiallarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Shlak hosil qiluvchi moddalar: tarkibida metalloksidlari bo‘lgan mineral moddalar: titan rudasi, tabiiy titan (II) oksid; marganes rudasi, dala shpati, bo‘r, granit, marmar va h.k.
2. Gaz hosil qiluvchi moddalar: kraxmal, moyoch uni, sellyuloza, pista ko‘mir h.k.
3. Oksidsizlanuvchi moddalar: ferromarganes, ferrosilisiy, ferrotitan, alyuminiy.
4. Legirlovchi moddalar: ferromarganes, ferrosilisiy, ferroxrom, ferrotitan.
5. Bog‘lovchi moddalar: suyuq shisha, kamdan-kam holda dekstrin.
Agar qoplama tarkibiga 40-60% temir kukuni qo‘shilsa, mehnat unumi 1,5-2 marta oshadi. GOST 9466-75 bilan elektrodlar uchun shartli belgilash joriy etilgan (6.11-rasm.). Standart bo‘yicha payvandlash elektrodi simlari 77 xil po‘lat simdan yasaladi; diametri d = 0,2-12 mm. Tarkibiga qarab 3 guruhga bo‘linadi:
1. Kam uglerodli: Св-08A; Св-08ГС va h.k.
2. Legirlangan: Св-18XMA;Св-10X5Mva h.k.
|
| |