|
§ METALLARNI KESIB ISHLASH ASOSLARI
|
bet | 99/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik12.§ METALLARNI KESIB ISHLASH ASOSLARI
12.1. Kesib ishlov berish
Inson, eng avvalo, og‘ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo‘lishga erishgan. Bu o‘rinda u tabiiy manbalaridan (suv, shamol va boshqalar) foydalangan. Keyinchalik bug‘ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan (XVIII asr) fan – texnika tarakkiyotining birinchi bosqichi – ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi. Lekin, endi odam har bir dastgoh va texnologik mashinaga bog‘langan bo‘lib, undagi ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatadi (nazorat qiladi), mehnat predmeti parametrlarining maqsadga muvofiq o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotlarga ishlov berib, ularni tahlil qilish yo‘li bilan texnologik jarayonni boshqarish vazifasini bajarib turadi.
Hozirgi zamon mashinasozlik bilan metallarni va metallmas materiallarni kesib ishlash jarayoni xilma-xildir. Metallarni kesib ishlashning quyidagi turlaridan: yo‘nish, teshikni yo‘nib keygaytirish, randalash, rezba o‘yish, tish qirqish va boshqa turlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Kesib ishlashning bu turlari tegishli tip metal kesish dastgohlari va tegishli tur metall kesuvchi asboblar bo‘lgandagina amalga oshirishi mumkin. Bu uchun kesish jarayonini nazariyasini chuqur o‘rganib, uni kerakli vaziyatlarga ilmiy texnik jihatdan to‘g‘ri qo‘llash shart.
Kesish nazariyasini o‘rganishdan maqsad – kesish jarayonini asoslarini, metallarni kesishini samarali rejimlarini tanlash va izlab topish, kesish jarayonini kinematikasi xakida bilimlar sistemasini shakllantirishdir.
Kesish nazariyasini fani umumiy kasbiy, maxsus fanlar va ishlab chiqarish ta’lim bilan bog‘liq.
Zagotovka metalining ortiqcha qismini metall kesish dastgohlarida kesuvchi asboblar yordamida qirindi tarzida kesib olish yo‘li bilan zarur rasmli, aniq o‘lchamli va toza yuzali buyum hosil qilish jarayoni kesib ishlash yoki mexanikaviy ishlash deb ataladi. Metallning zagotovkadan kesib olinadigan ortiqcha qismi kesish uchun qoldiriladigan qo‘yim deyiladi.
Metallarni kesib ishlash insoniyatga qadimdan ma’lum. Qo‘l bilan yuritiladigan tokarlik va parmalash dastgohlari XII asrdayoq mavjud edi. Mexanikaviy yuritmali tokarlik va parmalash dastgohlari XVI asrdan ishlatila boshladi. 1645 yilda Yakov Batishchev va Ivan Osipov original konstruktsiyali dastgohlar yaratdilar. 1716 yilda A. K. Martov mexanikaviy supportli tokarlik dastgohi ko‘rdi. XIX asrning o‘rtalariga kelib, tokarlik, parmalash, frezalash, randalash, jilvirlash dastgohlari va boshqa dastgohlar barpo etildi. Ana shu davrda metallarni kesish to‘g‘risidagi fan vujudga keldi. Bu fanning asoschisi rus olimi I. A. Time bo‘ldi. U metallarni kesish jarayonining fizikaviy tabiatini nazariy jihatdan izohlab berdi. Akad. A. V. Gadolin, prof. P. A. Afanasev, prof. K. A. Zvorikinning metallarni kesish nazariyasiga kushgan xissalari juda katta. Rus olimi Ya. G. Usachev kesish tezligining va kesish zonasidagi temperaturaning ta’sirini aniqladi hamda kesish rejimlarini o‘zgartirish yo‘li bilan qirindi turini, kesish kuchini va kesilgan yuza tozaligini o‘zgartirish mumkinligini ko‘rsatdi. [1]
12.1-rasm. Zagatovkalarni ishlash sxemalari. a – yo‘nish; b – frezerlash;
v – parmalash; g randalash –; d –jilvirlash
Metallarni kesib ishlashda mehnat unumdorligini oshirish texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va qisman yoki to‘la avtomatlashtirishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina korxonalar avtomatik liniyalar bilan uskunalangan.
Novator ishchilar, injener-texnik xodimlar va olimlarning hamkorligi tufayli metallarni kesib ishlash sohasida katta-katta yutuqlar qo‘lga qiritildi va qiritilmoqda.
|
| |