I BOB. “METALLAR TEXNOLOGIYASI”




Download 14,49 Mb.
bet3/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

I BOB. “METALLAR TEXNOLOGIYASI”



  1. §. CHO‘YAN ISHLAB CHIQARISH USULLARI

    1. Cho‘yan turlari, olinish usullari, ishlatilish sohalari

Мaterialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi fanining yaratilishiga va rivojlanishiga M.V.Lomonosov (1711-1765 y.y.) metallarga xos xususiyatlarni va ulardan kutilgan xossali qotishmalarni olish yo‘llarini ko‘rsatgan bo‘lsa, P.P.Anosov (1799-1851 y.y.) metallar xossalarini strukturasiga bog‘liqligini, legirlovchi elementlar (Мg, Ni, W...) ning qotishmalar xossalariga ta’sirini, shuningdek kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan detallarning ish muddatini uzaytirish uchun sirt yuza qatlamini ko‘p uglerodli gaz muhitida uglerodga to‘yintirishini, D.I.Mendeleyev (1834-1907 y.y.) elementlarning davriy qonuniyati, ular xossalarining ichki tuzilishiga uzviy bog‘liqligini, D.K.Chernov (1889-1921 y.y.) po‘latlarning kritik nuqtalar vaziyati ularning tarkibidagi uglerod miqdoriga bog‘liqligini ko‘rsatdi va o‘z ishlari bilan u adabiyotlarda "metallografiyaning otasi" deya atalgan. Nemis olimi Ledeburning metallar strukturasi tushunchasi, ingliz fiziklari F.Laves hamda V.Yum-Rozerning yangi turdagi fazalarni kashf etishi fan rivojida katta hissa bo‘ldi.1
Po‘latlarni payvandlash mumkinligini N.N.Benardos va N.G.Slavyanovlar ilmiy nuqtayi nazardan isbotlab berdilar. XX asrning boshlarida metallografiyaning rivojlanishiga N.S.Kurnakov katta hissa qo‘shdi, u metallarni tadqiq qilishda fizik-kimyoviy tahlil usulini qo‘lladi.
Metallshunoslik va termik ishlov berish sohasining rivojlanishiga ingliz olimlaridan U.R.Austen (1843-1902 y.y.), G.Sorbi (1826-1908 y.y.), Motto, fransuz olimi F.Osmond (1849-1912 y.y.), nemis olimi A.Martens (1850-1914 y.y.), germaniyalik olim Tammana, Ganemana, amerikalik olimlar Zeytsa, Beyna va Meyla lar ham katta hissa qo‘shganlar. Rus olimi A.M.Butlerov tomonidan 1881-yilda yaratilgan jismlarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida quyi molekulali organik kimyoviy moddalardan polimerlar olish mumkinligi isbotlandi.2
S.V.Lebedev 1909-yilda xossalari jihatidan tabiiy kauchukka yaqin materialni sun’iy ravishda oldi. Hozirgi vaqtda texnika rivojini sun’iy materiallarsiz tasavvur qilish qiyin. O‘tkazuvchanligi yuqori materiallar, yarim o‘tkazgichlar, sun’iy olmos hamda uglerod asosidagi boshqa materiallar kashf etildi. Yuqorida qayd etilgan olimlardan tashqari bu fanning ayrim sohalarini rivojlanishida S.S.Shteynberg, N.A.Minkevich, G.V.Kurdyumov, A.A.Baykov, A.M.Bochvar, A.A.Bochvar (1870-1947 y.y.), K.P.Bunin, S.T.Kishkin, V.D.Sadovskiy, I.I.Sidorin, A.P.Gulyayev, Ye.O.Paton (1870-1953 y.y.), Yu.M.Laxtin, B.N.Arzamasov va boshqalar ulkan hissa qo‘shdilar. Domna pechlarida sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari natijalarini hisobga olish mumkinligi, materiallar tuzilishi va texnologik jarayon haqidagi bilimlar yanada boyidi. Turli ferroqotishmalar olish, po‘lat olishning elektrometallurgiya usullaridan foydalanish po‘lat sifatini oshirdi va juda ko‘p miqdorda legirlangan po‘latlar olish imkoniyatini yaratdi. Qotishmalar mustahkamligini oshirishning yangi usullari kashf etildi. Termik-mexanik, mexanik-termik va ikki marta qayta kristallash usulida termik ishlov berish kabi ilg‘or texnologik jarayonlar yaratildi. Korroziyagabardosh, olovgabardoshli, maxsus magnit xossalarga ega bo‘lgan va ma’lum geometrik shakllarni “xotirasida” saqlab qoluvchi qotishmalar kashf etildi.
Hozirgi zamon metallurgiya korxonalarida quyidagi asosiy usullar yordamida metall va uning qotishmalari ajratib olinadi:

  • Pirometallurgiya, bu usulda metall ishlab chiqarish uchun zarur issiqlik yoqilg‘ini yondirish hisobiga olinadi;

  • Elektrometallurgiya, ushbu usulda metall ishlab chiqarish uchun issiqlik elektr energiyasi evaziga olinadi;

  • Gidrometallurgiya, mazkur usulda ruda tarkibidagi metall erituvchiga o‘tkazilib, so‘ngra ajratib olinadi;

  • Kimyoviy metallurgiya, bu usulda kimyoviy va metallurgiya jarayonlari yordamida metall ajratib olinadi.


Download 14,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 14,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. “METALLAR TEXNOLOGIYASI”

Download 14,49 Mb.