• Uglerodli asbobsozlik po‘latlari.
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet14/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Avtomatli po‘latlar. Bu po‘latlarni qirqib ishlash nisbatan oson. Bunga po‘lat tarkibiga oltingugurt bilan fosforni ko‘proq qo‘shish bilan erishiladi. Har ikki element keskich turg‘unligini oshiradi.
    Eng samarador usul metallurgik jarayon davrida oltingugurt, selen, tellur, kalsiylarni po‘lat tarkibiga kiritishdir. Bular metallmas qo‘shimchalarni tarkibini o‘zgartiradi. Avtomatli po‘latlarni kimyoviy tarkibi GOST 1414-75 bilan markalanadi. Markalanishi: A11; A12; A20; A30; A40Г; AС14; A35Е; A– avtomatli degani; raqamlar: 11, 12, 20, va h.k. uglerod miqdorini yuzdan bir ulushda, ya’ni 0,11%; 0,20%. Agar po‘lat qo‘rg‘oshin bilan legirlangan bo‘lsa, “С” qo‘yilib, AС deb belgilanadi. Po‘latni issiqdan darz ketishi yuz bermasligi uchun po‘latdagi marganes miqdori oshiriladi. “Г” – marganes qo‘shilgani degani, “Е” – selen qo‘shilgani.12
    Po‘lat tarkibiga qo‘rg‘oshin, selen va tellurning qo‘shilishi keskich materiallari uchun sarflanadigan xarajatlarni 2-3 barobar kamaytiradi.
    Uglerodli asbobsozlik po‘latlari. Asbobsozlik po‘latlari kesuvchi asboblarni va sovuq hamda isssiq holda deformatsiyalaydigan shtamplarni yasashda ishlatiladi. Bu po‘latlarga qo‘yilgan asosiy talab bu ishqalanib yeyilishga chidamlilik va issiqqa bardoshlilik. Ishqalanishdan yeyilishga qarshilik yetarli bo‘lishi lozim. Asbobni formasini ushlab turish uchun material mustahkam va qovushqoq bo‘lishi kerak. Issiqqa bardoshligi – harorat ta’sirida o‘zini mexanik xossalarini saqlashi bu mehnat unumini ko‘rsatkichi sanaladi.
    Uglerodli asbobsozlik po‘latlari keskich materiallari orasida eng arzonidir. Bular asosan kam ma’suliyatli keskichlarni va shtamplarni yasashda ishlatiladi.
    Uglerodli asbobsozlik po‘latlari (GOST 1414-75) ikki xil ko‘rinishda chiqariladi:
    a) sifatli (У7, У8, У9...У13).
    b) yuqori sifatli (У7A, У8A, У9A...У13A).
    Markalanishdagi У harfi uglerodli po‘lat degani. Raqamlar po‘lat tarkibidagi uglerod miqdorini yuzdan bir ulushda bildiradi. У7A da uglerod miqdori С=0,7%, У12A da С=1,2%; “A” harfi po‘latni yuqori sifatliligini bildiradi: ya’ni undagi zararli chiqindilar, ayniqsa, fosfor va oltingugurt miqdori 0,025% dan oshmagan deyilgani.
    Uglerodli po‘latlarni toblanish chuqurligi (qalinligi) past bo‘lgani uchun mayda asboblar uchun ishlatiladi. Ko‘ndalang kesim 25 mm dan ortganda po‘lat o‘zagi toblanmay qoladi; ustki yuzasi esa qattiqlashadi (metchiklar, razvyortkalar, egovlar yasaladi).
    У7, У8, У9 po‘latlari to‘la toblanadi, bo‘shatiladi (275-300°С da). Shunda qattiqlik НRС=48-51 olinadi – strukturasi troostit strukturali bo‘ladi.
    Evtektoiddan keyingi po‘latlar У10, У11, У12, У13 lar chala toblanib, past bo‘shatiladi (150-180°С). Bunda martensit struktura olinadi va qattiqligi НRС=62-64 bo‘ladi.
    Evtektoiddan keyingi po‘latlar o‘lchov asboblari (kalibrlar), keskichlar (egov, arra, metchik, parmalar), katta bo‘lmagan shtamplar (sovuqlay cho‘zish va cho‘ktirish) yasash uchun va yuqori bo‘lmagan kuchlanish tushadigan detallarni tayyorlashda ishlatiladi.
    У13 yuqori qattiqlikni talab qiladigan asboblar uchun ishlatiladi: shaberlar, gravirovkalar.
    Uglerodli asbobsozlik po‘latlarini kamchiligi ularni 200°С dan yuqorida mustahkamligi (issiqqa bardoshligi) ni yo‘qotishidir.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.