|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 13/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikOddiy sifatli po‘latlar (GOST 380-90) prokat ko‘rinishida chiqariladi. (prutok, balka, list, ugolok, quvur, shveller va h.k.) Xossalariga va ishlatish sohasiga qarab oddiy sifatli po‘latlar uch guruhga bo‘linadi: A. Б. В.
Belgilanishi:, birinchi harf «Ст» deb yozilib yoniga raqam qo‘yiladi (0 dan 6 gacha): Ст.0; Ст.1… Ст.6; Raqamlar po‘lat markasida uglerod miqdorini emas balki sifat darajasini ko‘rsatadi. Lekin raqam ortishi bilan po‘latdagi uglerod miqdori ham ortadi.
«A» guruh po‘latlarini mexanik xossalari kafolatlangan qilib ishlab chiqariladi, kimyoviy tarkibi ko‘rsatilmaydi. Bu po‘latdan issiqlayin deformatsiyalanmaydigan mahsulotlar, metall konstruksiyalar yasaladi.
«Б» guruh po‘latlarini kimyoviy tarkibi kafolatlangan bo‘ladi, mexanik xossalari esa kafolatlanmagan. Bu po‘latlar issiq holda deformatsiyalanadi, bolg‘anadi, payvandlanadi, termik ishlanadi.
«В» guruh po‘latlarini mexanikaviy xossalari ham, kimyoviy tarkibi ham kafolatlanadi. Tannarxi birmuncha qimmat bo‘lganligi sababli mas’uliyati yuqori bo‘lgan detallar uchun ishlatiladi.
Oddiy sifatli po‘latlarini kamchiliklariga uning sovuqdan darz ketishiga moyilligidir. Ayniqsa, Sibir va uzoq shimol sharoitida payvandlangan konstruksiyalarning yetarli mustahkam emasligi. O‘zi mexanik xossalari past. Bu kamchiliklarni termik mustahkamlab hamda kam legirlangan po‘latlarni qo‘llash bilan hal qilish mumkin. [5]
Uglerodli sifatli po‘latlar tarkibida oddiy sifatli po‘latlarga nisbatan zararli qo‘shimchalar va metallmas qo‘shimchalar ancha kam. Sanoatda bu po‘latlar prokat, pokovka, har xil profillarni mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlangan holda olish uchun ishlatiladi.
Uglerodli sifatli po‘latlar GOST 1060-88 bo‘yicha ishlab chiqariladi: oltingurgurt va fosfor har birining miqdori 0,03-0,04% ortishi mumkin emas. Belgilanishi – markalanishi: ikkita raqam bilan belgilanadi: 05; 08; 10; 15; 20...75; 80; 85; bu raqamlar uglerod miqdori 100 dan bir ulushda ko‘rsatiladi. Masalan, Стaль20 po‘latda С=0,20%, Стaль45 дa С=0,45% mavjud.
Bu uglerodli po‘latlarga ko‘p marganesli po‘latlar ham kiradi 15Г; 20Г; 25Г...70Г. Bularda marganes miqdori Мn=0,7÷1,0% toblanish qobiliyati yuqori, kritik diametri 25-30 mm.
Yuqori uglerodli po‘latlar Стaль60, 65, 70, 75, 80 va 85, hamda marganesi ko‘p bo‘lgan po‘latlar 60Г4 65Г; 70Г; purujina, ressor, yuqori puxtalikdagi simlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bular toblanadi, o‘rta haroratda bo‘shatiladi. Qovushqoqligi qoniqarli, mustahkamligi yaxshi (σв>800Mpa) bo‘ladi.
|
| |