|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 15/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikLegirlangan po‘latlar texnika taraqqiyoti talablari natijasida paydo bo‘lgan. Legirlash mexanik xossalarni (mustahkamlik, plastiklik, qovushqoqlik), fizik xosssalarni (elektr o‘tkazuvchanlik, magnit xossalari, radiatsiyaga chidamliligi), kimyoviy xossalari (zanglamaslik) o‘zgartirish maqsadida qo‘llaniladi.
Legirlovchi elementlar dislokatsiyalar hisobiga, fazalar o‘zgarishi, allotropik o‘zgarishlar, karbidlar hosil qilishi hisobiga metallning mustahkamligini, qattiqligini oshiradi. Boshqa xususiyatlariga ham ta’sir qiladi. Masalan:
Cr – ishqalanib yeyilishga qarshiligini oshiradi, korroziyaga bardoshligini oshiradi. Volfram va marganes bilan harorat ta’sirida deformatsiyalanishga qarshilik qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun legirlangan ХВГ po‘latidan uzun o‘lchamli keskichlar yasaladi, masalan protyajkalar.
W – o‘t (olov)ga bardoshliligini oshiradi. Ayniqsa volfram bilan birga masalan, P18 tezkesar po‘lati. Har xil keskichlar yasaladi.
Ni – qattiqlikni, korroziyaga bardoshlilikni va h.k. xossalarini oshiradi. Ayniqsa, nikel xrom bilan birgalikda: Cr-Ni – sistemadagi po‘latlar. [5]
Quyidagi 2.1-jadvalda legirlovchi elementlarning belgilanishi keltirilgan.
2.1-jadval
Legirlovchi elementlarning belgilanishi.
A – azot
Б – niobiy
В – volfram
Г – marganes
Д – mis
|
K – kobalt
M –molibden
Н – nikel
O - qalay
П -fosfor
|
P – bor
С – kremniy
T – titan
Ф – vanadiy
X – xrom
|
Ц – sirkoniy
E - selen
Ю – alyuminiy
Ч – siyrak-yer metallari
|
Masalan: 18Х2Н4В - Uglerod-0,18%; Xrom-2%; Nikel-4%; Volfram-1%.
|
| |