|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 18/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikTayanch so‘z va iboralar: po‘lat, konverter, marten, elektr yoy, kislorod-konverter, shixta, kaloshnik changi, uzluksiz harakatlanuvchi po‘lat eritish agregatlari, Bessemer, Tomas, induksion pechlar, plazmali pechlar, o‘ta kuyish, elektrod, tigel, ferrit, perlit, sementit, asbobsozlik po‘latlari, martensit, shlak, furma, kaupеrlar, detal, zagotovka, qоra metallar, rangli metallar, metall, payvandlash, kesib ishlash, xomashyo.
Savol va topshiriqlar:
1. Ruda deb nimaga aytiladi?
2. Flyusning vazifasi nima?
3. Asos g‘ishtli pechga qanday flyus tashlanadi.
4. Temir qaytarilayotganda qanday davrlardan o‘tadi?
5. Aglomeratlash nima?
6. O‘tga bardoshli materiallarga nimalar kiradi?
7. Domna pechining ishlash tamoyili nimaga asoslangan?
Po‘lat deb qanday qotishmaga aytiladi?
Uglerodli po‘latlar tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab qanday turlanadi?
Uglerodli po‘latlar vazifasiga qarab necha turga bo'linadi?
Uglerodli po‘latlar sifatiga qarab qanday turlarga bo'linadi?
Uglerodli po‘latlar qaytarilish darajasiga qarab qanday turlanadi?
Oddiy sifatli po‘latlar qanday markalanadi?
Uglerodli sifatli po‘latlar qanday markalanadi?
Yuqori uglerodli po‘latlar qanday markalanadi?
Avtomatli po‘latlar qanday markalanadi?
Uglerodli asbobsozlik po‘latlari qanday markalanadi?
Doimiy qo'shimchalar (C, P, S, N, O, Si, Mn) ning po‘lat xossasiga ta'siri?
3.§. METALLARNING ICHKI TUZILISHI
Metallarda bog‘lanishning metall turi
Ma’lumki metal atоmlardagi tashqi valentli elektrоnlari yadrо bilan nisbatan sayoz bоg‘langan. Mоddalarning suyuq hоlatdan qattiq (kristall) hоlatga o‘tishi natijasida mоdda atоmlari bir-biriga shunchalik yaqinlashadiki, ulardagi valentli elektrоnlar o‘z atоmlarini tark etib, kristall panjara bo‘ylab erkin harakat qilish imkоniga ega bo‘lib оladi. Natijada kristall panjarada deyarli bir хil manfiy zaryadga taqsimlanishi vujudga keladi (3.1.–rasm).
|
| |