• 2.5-rasm. Marten pechining sxemasi.
  • Marten, konvertor pechlaridan po‘latlar olish texnologiyasi va afzalliklari




    Download 14,49 Mb.
    bet16/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Marten, konvertor pechlaridan po‘latlar olish texnologiyasi va afzalliklari

    Suyuq po‘lat olish uchun pechning ish bo‘shlig‘ida (vannasida) yuqori harorat bo‘lishi zarur. Buning uchun pechning ish bo‘shlig‘iga regeneratorlarda qizdirilgan yonuvchi gaz bilan havo kiritiladi. Ish bo‘shlig‘i gorizontal yo‘nalishda cho‘zilgan kameradan iborat bo‘lib, old devorida shixta materiallarini yuklash uchun bir necha yuklash darchalari, orqa devorida esa suyuq po‘latni va shlakni pechdan chiqarish uchun tarnov o‘rnatilgan teshiklar bor. Pechning ish bo‘shlig‘i pol sathidan 4,5-8 metr balandlikda joylashgan. Pechga kiritilayotgan havo va gazni qizdirish uchun pechning yon tomonlarida pol sathidan ancha pastda ikki juft regeneratorlar o‘rnatilgan. Birinchi juft regeneratorlar pechga kiritilayotgan havo va gazni qizdirsa ikkinchi juft regeneratorlar pechdan chiqayotgan havo hisobiga qizdiriladi. Pechdan chiqayotgan yonish mahsulotlarining harorati regeneratorni yuqori qismida taxminan 1600 oC ga yaqin bo‘lib, bu gazlar regeneratorning kanallaridan o‘tib katak-katak devorini 1100-1200 oC qizdirib mo‘riga chiqib ketadi. Birinchi juft regeneratorlar havoni yetarli harorat (1100o C) gacha qizdira olmaydigan darajagacha soviganda, maxsus klapanlar yordamida havo oqimini harakat yo‘nalishi o‘zgartiriladi. Eng ko‘p tarqalgan statsionar pechlarning sig‘imi 50-185 tonna oralig‘ida bo‘ladi. 500 tonna sig‘imli pechlar ham mavjud. Pechlarda sutkasiga 2-5 martagacha po‘lat olish mumkin. [10]

    2.5-rasm. Marten pechining sxemasi. 1-regenerator; 2— pech shifti; 3— suv bilan sovutib turiluvchi kislorod furmasi; 4— shixta kiritiladigan darcha; 5— pechning old devori; 6— shixta; 7— mash’al; 8— mo‘ri; 9— suyuq po‘lat chiqish quvuri; 10— pechning orqa devori; 11— pechning tomi; 12— pechning tubi

    Olinayotgan metall va shlak tarkibini tekshirish uchun pech vannasidan maxsus cho‘mich vositasida ozgina po‘lat namunasi olinib, qoliplarga quyiladi. Maxsus laboratoriyada po‘latning kimyoviy tarkibi 5-10 minut ichida aniqlanadi. Undan tashqari po‘latni mexanik xususiyatlari tekshiriladi va cho‘g‘ holida bolg‘alanadi. Bolg‘alash po‘lat tarkibida temir (II)-oksid yoki oltingugurt borligini aniqlashga imkon beradi. Bu holda bolg‘alangan metallda yorilishlar paydo bo‘ladi.


    Hоzirgi vaqtda ilg‘оr va unumli bo‘lgan kislоrоdli-kоnvеrtоr pеchlarida po‘lat olish usulidan keng fоydalaniladi. Bu usulda suyuq po‘lat sоlingan kоnvеrtоrga yuqоri tоmоndan kislоrоd haydaladi. Balandligi 11 m, diamеtri 10 m bo‘lgan hоzirgi zamоn kоnvеrtоrlarining ish unumi yuqоri (400 t). Kоnvеrtоrning ishlash prinsipi sхеmasi quyida keltirilgan.


    Download 14,49 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marten, konvertor pechlaridan po‘latlar olish texnologiyasi va afzalliklari

    Download 14,49 Mb.