-rasm. Kislorod konverterining tuzilishi (a) va ishlash tamoyili (b)




Download 14,49 Mb.
bet17/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

2.5-rasm. Kislorod konverterining tuzilishi (a) va ishlash tamoyili (b)

Konvertorlarning sig‘imi 100…350 t va undan ortiq bo‘ladi. Masalan, sig‘imi 300 t li konvertorning ish bo‘shlig‘i balandligi 9 m bo‘lsa, diametri 7 m ga yaqin, og‘zining diametri 3,5 m va vanna chuqurligi 1,7 mm bo‘ladi. Odatda po‘lat 400 - 800 marta eritilgandan keyin konvertor tuzatiladi. Bu konvertorda yiliga 2-2,5 mln. tonna po‘lat olinadi.


Konvertorni ishga tushirishdan oldin ish yuzlari ishga yaroqliligiga to‘la ishonch hosil qilingach, po‘lat chiqarish teshigi o‘tga chidamli materialdan tayyorlangan tiqin bilan berkitiladi. So‘ngra uni 2.5 - rasm, b da ko‘rsatilgan «a» holatga keltirib, avval unga yuklash mashinasi yordamida og‘zidan qora metall chiqindilar (cho‘yan massasining 25 - 30% gacha, so‘ngra 1250 - 1400ºC haroratli qayta ishlanadigan cho‘yan quyiladi («b» holat), keyin ma’lum miqdorda ohaktosh (zarur bo‘lsa temir ruda) kiritilib konvertor vertikal holatga keltiriladi («v» holat). Suyuq metall sathiga 300 - 800 mm (katta konvertorlarda 3 m gacha) yetmagan holda furma naycha tushirilib, u orqali 0,9 - 1,4 MPa (9 - 14 kg/sm2) bosimda kislorod haydaladi. Bunda furma erimasligi uchun uning havol devorlaridan 0,6 - 1,0 MPa bosimda sovuq suv haydab turiladi. Odatda, har minutda haydalayotgan suv miqdori 5000 l ga yetadi.13
Suyuq cho‘yan sathiga haydalayotgan kislorod metallni shiddat bilan aralashtirib oksidlaydi, Fe ni oksidlaydi, pech harorati ko‘tariladi. Bu oksidlar ohak bilan birikib shlak hosil qiladi. Shuni ham qayd etish lozimki, fosfori ko‘p (P>0,3%) cho‘yanlardan po‘lat olishda, shlakdagi fosfor qaytarilib metallga o‘tmasligi uchun konvertorga kislorod haydashni to‘xtatib, fosforga to‘yingan shlakni konvertordan chiqarib tashlash kerak.
Metalldagi oltingugurtni ohak bilan bog‘lab shlakka o‘tkazish uchun konvertorga ko‘proq ohaktosh kiritish zarur.
Eritilayotgan po‘lat va shlakning kimyoviy tarkibi kuzatib turiladi. Buning uchun konvertordan furma chiqarilib, undan namuna metali olinib spektral analiz qilinadi. Agar, po‘lat kutilgan kimyoviy tarkibda bo‘lmasa, bunda konvertor vertikal holatga keltirilib, tuzatish operatsiyasini o‘tkazish lozim. Kutilgan tarkibga kelgach, po‘lat konvertordan kovshga quyiladi. Odatda, konvertorlardagi harorat 2000 – 2500 ºC gacha ko‘tariladi, po‘lat olish sikli 50 - 60 minut davom etadi. Konvertor bir necha o‘nlab metrdagi boshqarish pultidan boshqariladi. Jarayonning davomiyligi cho‘yan tarkibiga, massasiga, kislorodning tozaligiga, bosimiga, haydash vaqtiga va furmaning suyuq cho‘yan sathidan balandligiga bog‘liq bo‘ladi. Sig‘imi 250 t li konvertorga kislorod 0,9 - 1,4 mPa bosimda 25 - 30 minut haydalganda har bir tonna po‘lat olish uchun 50 - 60 m3 texnik kislorod sarflanadi. Shuni ham aytish kerakki, agar 300 t li konvertorda soatiga 400 - 500 t po‘lat olinsa, shunday hajmli marten pechida soatiga atigi 80 t po‘lat olinadi holos. Konvertorda olingan po‘lat narxi marten pechida olingan po‘latdan 10 - 12 marta arzon bo‘ladi.
Bu ilg‘or usul ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Suyuq cho‘yanning ko‘proq talab etilishi (1 t po‘lat uchun 820 - 830 kg cho‘yan, metall kuyindisining ko‘pligi (6 - 9%), ancha miqdorda chang ajralishi shular jumlasidandir.
Konvertorda po‘lat ishlab chiqarish hajmini υ, vaqtini t harflari bilan belgilasak, unda uning yillik ish unumini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
A = 0,5 υ/t , mln. t.
Konvertorlarning ish unumini oshirib, sifatli po‘lat olishda katta hajmli (450 - 500 t) aylanadigan konvertorlardan foydalanish, haydaladigan kislorodning bosimini oshirish hamda jarayonni boshqarishda avtomatik sistemalardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Download 14,49 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Download 14,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Kislorod konverterining tuzilishi (a) va ishlash tamoyili (b)

Download 14,49 Mb.