• 2.1.3. Induksion elektr pechlar
  • Po‘latlarning markalanishi
  • -rasm. Elektr pechning umumiy ko‘rinishi




    Download 14,49 Mb.
    bet12/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    2.3-rasm. Elektr pechning umumiy ko‘rinishi
    Eritilgan po‘latni pechdan teshik orqali chiqarish uchun uni maxsus mexanizm yordamida teshik tomon 40-45 ºC buriladi. Pech bo‘shlig‘ida esa o‘z tutqichlariga o‘rnatilgan elektrodlar maxsus mexanizm bilan shift teshiklari orqali tushiriladi, ularning diametri pech hajmiga qarab 200 - 600 mm, uzunligi esa 3 m ga yetadi.Pechni ishga tushirishdan oldin, pechga shixta materiallar yuklanib unga elektrodlar tushirilib transformatordan egiluvchi mis kabellar orqali hajmiga qarab kuchlanishi 100-600 voltli 1-10 kA tok yuborilib elektrodlar bilan shixtaning metall qismi orasida elektr yoy hosil qilinadi. Yoy issiqligi ta’sirida shixta qizib eriydi. Shuni qayd etish kerakki, ko‘mir elektrod yongan sari yoy uzunligi rostlanadi. Zarur bo‘lsa yangi elektrodlar rezba hisobiga burab uzaytiriladi.11
    2.1.3. Induksion elektr pechlar
    Induksion elektr pechlardan yuqori sifatli, korroziyabardosh, yuqori temperaturaga chidamli va boshqa maxsus xossali po‘latlar olishda foydalaniladi.

    2.4- rasm. Induksion elektr pech

    Induksion elektr pech o‘ziga xos havo transformatori bo‘lib, uning suv bilan sovitilib turiluvchi mis o‘ramli trubkasi (induktori) birlamchi chulg‘am, tigeldagi shixta materiallar tarkibidagi temir - tersaklar ikkilamchi chulg‘am vazifasini bajaradi.


    Pechlarning tigeli asosli yoki kislotali o‘tga chidamli materiallardan tayyorlanadi va sig‘imi 50-3000 kg oralig‘ida bo‘ladi. Agar induktoriga chastotasi 500-2000 Gs li bir fazali o‘zgaruvchan tok yuborilsa, unda o‘zgaruvchan magnit kuch hosil bo‘lib, shixtaning metall qismida kuchli induksion tok paydo bo‘ladi. Bu tok ta’sirida shixta tezda qizib suyuqlanadi. [10]
    Induksion elektr pechlari elektr yoy pechlariga qaraganda elektrodlarning yo‘qligi, gazlardan ancha toza, yuqori sifatli va ko‘p legirlangan maxsus po‘latlar olinishi, kuyindining ozligi kabi afzalliklarga ega.

      1. Po‘latlarning markalanishi

    Qora metalurgiyaning asosiy mahsuloti bu po‘lat hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan po‘latlarning 85% uglerodli po‘lat, 15% legirlangan po‘latdir.
    Sanoatda olinayotgan uglerodli po‘latlarning kimyoviy tarkibi murakkab. Bu po‘latlarning tarkibida temir 97,0-99,5% ni tashkil qilishi mumkin, qolganlari qo‘shimchalar. Qo‘shimchalarni bir qismi ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq (marganes, kremniy). Qo‘shimchalarni ba’zilarini metall tarkibidan to‘la chiqarib tashlash mumkin emas (oltingurgurt, fosfor, kislorod, azot, vodorod). Tasodifan kirib qoladigan qo‘shimchalar ham mavjud: xrom, nikel, mis. Bulardan tashqari nometall materiallar ham kirib qolishi mumkin.
    Po‘lat deb, tarkibida 0,025% dan 2,14% gacha uglerod bo‘lgan Fe-C qotishmasiga aytiladi. Uglerodli po‘latlar quyidagi asosiy me’zonlar bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
    1. Po‘lat tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab:
    a) kam uglerodli : С<0,3%;
    b) o‘rta uglerodli С=0.3÷0,7 %;
    v) yuqori- ko‘p uglerodli С>0,7%.
    2. Vazifasiga qarab: a) konstruksion; b) asbobsozlik. Konstruksion po‘latlarni ishlatilish joyi juda keng: qurilish inshootlari, mashina detallari, quvur, rels va boshqalar. Uglerodli konstruksion po‘latlarga mustahkamlik, plastiklik va yaxshi texnologik xossalar talablari qo‘yiladi. Bundan tashqari har bir konstruksion po‘lat turiga qo‘yilgan talab va ishlab chiqarish sharoitiga ko‘ra o‘zining alohida talabini ham qo‘yish mumkin. Shu nuqtai nazardan konstruksion po‘latlar odatdagi oddiy sifatli va sifatli po‘latlar turlariga ham bo‘linadi.
    Asbobsozlik po‘latlari tarkibida uglerod miqdori 0,7-1,7% bo‘ladi. Uglerodli asbobsozlik po‘latlariga qo‘yilgan talablar: yetarli mustahkamlik va qattiqlik; ishqalanib yeyilishga qarshilik, issiqqa bardoshlik va h.k. Asbobsozlik po‘latlari qirqib ishlash asboblari uchun, shtamp qismlari, o‘lchov asboblari uchun ishlatiladi.
    3. Sifatiga ko‘ra: a) oddiy sifatli b) sifatli v) yuqori sifatli po‘latlarga bo‘linadi. Po‘latlarning sifati ularning kimyoviy tarkibini bir xilligi, strukturasining bir xilligi, xossalarini turg‘un va bir xilligi, texnologikligi bilan belgilanadi. Bularni o‘zi ko‘p jihatdan po‘latdagi gazlarning (kislorod, vodorod, azot) mavjudligi va zararli qo‘shimchalarini (oltingurgut va fosfor) mavjudligi hamda miqdoriga bog‘liq. Oddiy sifatli po‘latlar tarkibida S<0,06%; P<0,007% ; sifatli po‘latlarda S<0,04% ; P<0,035% ; yuqori sifatli po‘latlarda S<0,025% P<0,025% ; o‘ta yuqori sifatli po‘latlarda S<0,015% ; P<0,015% bo‘ladi.
    4. Qaytarilish darajasiga va qotish xarakteriga ko‘ra: a) to‘la qaytarilgan – «СП» (спокойный); b) chala qaytarilgan – «ПС» (полуспокойний); v) qaytarilmagan – «КП» (кипяший).
    Po‘latni qaytarish – bu suyuq metall tarkibidan kislorodni yo‘qotish jarayonidir, ya’ni FeO dan kislorodni chiqarib Fe olishdir. Bundan maqsad issiqlayin deformatsiyalashda mo‘rt sinishning oldini olishdir.
    «СП» po‘latlar kremniy va alyuminiy bilan qaytariladi; kislorodi kam; qotganda osongina gaz chiqarmasdan qotadi. «КП» po‘latlar marganes bilan qaytariladi. Kislorodi ko‘pligi sabab kristallanishda kislorod uglerod bilan birikib СО ko‘rinishda ajralib chiqadi. СО pufakchalarining ajralib chiqishi xuddi, po‘lat qaynayotganday tuyiladi.
    To‘la qaytarilgan po‘latlarga («сп») indeks qo‘yilmaydi. qolganlariga indeks qo‘yiladi : Masalan, 05кп; 08кп; 10кп; 15кп; 20кп.
    5. Strukturasiga qarab: a) evtektoidgacha (strukturasi ferrit va perlit); b) evtektoid (strukturasi perlit); v) evtektoiddan keyingi po‘latlar (strukturasi perlit va ikkilamchi sementit).
    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, barcha konstruksion uglerodli po‘lat tarkibida 0,3-0,8% Мn va 0,17-0,37% Si bo‘ladi Shuning uchun ferritning qattiqligi НВ=60-80 MPa bo‘ladi. [9]

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Elektr pechning umumiy ko‘rinishi

    Download 14,49 Mb.