|
-rasm. 1. Elektr yoy pechlar; 2. Induksion elektr pechlar
|
bet | 11/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik 2.2 -rasm. 1. Elektr yoy pechlar; 2. Induksion elektr pechlar.
Po‘lat ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan pechlar bu bevosita qizdiradigan yoyli va induksion tigelli pechlardir. Hozirgi vaqtda vakuum yoyli, induksion pechlar, elektr shlak, qayta eritish, plazmali pechlarda po‘lat ishlab chiqarish ham keng tarqalmoqda.
Ferroqotishma va cho‘yan ishlab chiqarishda asosan aralashma yoyli va qarshilik qizdirish usullari qo‘llaniladi.10
Elektr yoy pechlar. Ferroqotishmani tozalashda esa, po‘lat eritishda qo‘llaniladigan yoyli bevosita qizituvchi pechlardan foydalaniladi. Induksion tigelli pechlardan cho‘yanni qayta eritishda, rangli metallar va ularning qotishmalarini eritishda qo‘llaniladi. Plazmali induksion pechlar esa, maxsus sohalarda qo‘llaniladi. Masalan, yarim o‘tkazgich materialli zonali eritishda, lekin bu pechlar katta miqdorda ishlab chiqarishda energiya va mahsulot sarfi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bevosita qizdiruvchi qarshilik pechlar metallurgiyada kam qo‘llaniladi.
Bilvosita qizitadigan qarshilik pechlar metall va qotishmalarning termik qayta ishlash, yengil metallarni eritish, rangli metallurgiyaning elektro-metallurgiyasida keng qo‘llanadi. Bunda eritish pechlarning quyidagi afzalliklari asos qilib olingan: oddiy va aniq haroratni boshqarish jarayoni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, metallni o‘ta kuyishidan saqlash va boshqalardir.
Qaynab turadigan pechlar induksion pechning bir turi bo‘lib, elektro-magnit yordamida suyuq metallni ko‘tarib turib mahsulotni saqlab turadi. Bunday pechlar sosan yengil metallar olishda qo‘llanadi. Bu pechlarning asosiy afzalligi metall pechning futerovkasi bilan qo‘shilgan holda bo‘lishi olinayotgan metallni tozalashni osonlashtiradi.
Vakuumli pechlar faqat po‘lat va qotishma olishga emas, boshqa maqsadlardaa ham qo‘llanadi. Masalan, qiyin eriydigan metallarni olishda va boshqa metallurgik jarayonlarda. Vakuum pechlarni qo‘llash hozirgi zamonda keng tarqalmoqda, chunki bu jarayon toza metall olishda ko‘mak beradi.
Elektr pech devorlari magnezit g‘ishtdan terilgan bo‘lib, sirtidan po‘lat list bilan qoplangan. Pechning shift qismi va tagligi sferik shaklda bo‘ladi. Katta hajmli (70-200 t) pechlar shixtani yuklashni osonlashtirish maqsadida shifti ajraladigan qilib ishlanadi. Kichik hajmli (30 t gacha) pechlarning yon devorida unga shixta materiallarini yuklovchi darcha bo‘ladi.
|
| |