• 2.1.2. Elektr pechlarida po‘lat olish
  • - rasm. Kislorod konvertor pechi Bessemer pechi Tomas pechi




    Download 14,49 Mb.
    bet10/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    2.1- rasm. Kislorod konvertor pechi Bessemer pechi Tomas pechi
    Mamlakatimizda 1953-yildan boshlab asosli konvertorlarga quyilgan qayta ishlanadigan cho‘yan sathiga texnik toza kislorod haydash yo‘li bilan turli markali uglerodli va kam legirlangan po‘latlar olish usullari qo‘llanila boshladi. Bu usul oddiyligi va ixchamligi, yoqilg‘i talab etmasligi, po‘latda azot va vodorod gazlarining kamligi, kapital mablag‘larini kam talab etishi, chiqindalarni ko‘proq qayta ishlashga imkon berishi sababli sanoatda borgan sari keng qo‘llanmoqda.
    Hоzirgi vaqtda ilg‘оr va unumli bo‘lgan kislоrоdli-kоnvеrtоr pеchlarida po‘lat olish usulidan keng fоydalaniladi. Bu usulda suyuq po‘lat sоlingan kоnvеrtоrga yuqоri tоmоndan kislоrоd haydaladi. Balandligi 11 m, diamеtri 10 m bo‘lgan hоzirgi zamоn kоnvеrtоrlarining ish unumi yuqоri (400 t).
    Metalldagi oltingugurtni ohak bilan bog‘lab shlakka o‘tkazish uchun konvertorga ko‘proq ohaktosh kiritish zarur.9
    Bu ilg‘or usul ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Suyuq cho‘yanning ko‘proq talab etilishi (1 t po‘lat uchun 820 - 830 kg cho‘yan, metall kuyindisining ko‘pligi (6 - 9%), ancha miqdorda chang ajralishi shular jumlasidandir.
    2.1.2. Elektr pechlarida po‘lat olish
    Ma’lumki, marten pechlarida va konvertorlarda olingan po‘latlarning pech gazlari bilan birmuncha ko‘proq to‘yinganligini, ko‘p legirlangan asbobsozlik va maxsus xossali po‘latlar olishning cheklanganligi tufayli yanada takomillashgan usullar ustida izlanishlar olib borish XIX asr oxiri XX asr boshlarida elektr pechlarda po‘lat olish usulinining yaratilishiga olib keldi. (Rossiyada dastlabki elektr pech 1909 yilda Obuxov zavodida qurilgan.)
    Elektr pechlar tuzilishining oddiyligi, turli muhitlarda va vakuumda ishlay olishi, haroratining yuqoriligi va oson rostlanishi, arzon shixta materiallardan yuqori sifatli uglerodli, ko‘p legirlangan va maxsus xossali po‘latlar olish imkonini berdi.
    Po‘lat ishlab chiqarishda foydalaniladigan elektr pechlarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin:


    Download 14,49 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Kislorod konvertor pechi Bessemer pechi Tomas pechi

    Download 14,49 Mb.