|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 9/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikTayanch so‘z va iboralar: karbid, erkin uglеrоd, kulrang cho‘yan, fеrrоsilitsiy, fеrrоmarganеs, kislоta хaraktеrli, kaupеrlar, dоmna gazi, aglоmеrat, shiхta, po‘lat, detal, zagotovka, quymakоrlik, rotatsion, kоnstruksiоn materiallar, qоra metallar, rangli metallar, metall, payvandlash, kesib ishlash, xomashyo.
Savol va topshiriqlar:
1. Ruda deb nimaga aytiladi?
2. Flyusning vazifasi nima?
3. Domna pechi nima uchun 2 xil konusga ega?
4. Cho‘yan va shlak novlari bir-biriga nisbatan qanday joylashgan?
5. Asos g‘ishtli pechga qanday flyus tashlanadi.
6. Domna pechining foydalanish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
7. Temir qaytarilayotganda qanday davrlardan o‘tadi?
8. Aglomeratlash nima?
9. O‘tga bardoshli materiallarga nimalar kiradi?
10. Domna pechining ishlash tamoyili nimaga asoslangan?
2.§. PO‘LATLARNI ISHLAB CHIQARISH USULLARI
Po‘latlarni ishlab chiqarish usullari. Pech turlari
Zamonaviy metallurgik texnologiyaning rivojlanishi erituvchi agregat, yordamchi agregat yoki maxsus jihozlangan kovsh yordamida yuqori sifatli metall olish bilan xarakterlanadi. Erituvchi qurilmalarning roli asosan aniq bir tarkib va haroratdagi suyuq yarim mahsulot olishdadir. So‘nggi vaqtlarda yirik konverter, marten yoki elektr yoyli pechlarida qo‘shimchalarning oksidlanishi vannani kislorod bilan purkash orqali amalga oshirilsa sifatli po‘lat olish texnologiyasini sezilarli farqi yaqqol ko‘rinmoqda.
Turli rivojlangan mamlakatlardagi ba’zi metallurgik korxonalarda suyuq po‘latning sifatini oshirish maqsadida agregetlar konstruksiyasining yangi variantlari yaratilmoqda. Yangi jarayonlar va amaldagi jarayonlarning turli metodlari paydo bo‘lmoqda. Ammo, sifatli po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasining umumiy prinsipi yagonadir.
Turli usullar bilan quyilayotgan po‘latlar orasidagi farq o‘zgarib turadi. Hozirgi vaqtda quyidagi asosiy usullar mavjud: kislorod-konverterli (50% dan yuqori), elektr po‘lat quyuvchi (taxminan 20%) va marten pechlari (<30%dan kam).
Hozirgi vaqtda, po‘latni metallurgik ishlab chiqarish sxemasi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
temirni ma’dan yoki boyitmadan domna pechlarida tiklanishi;
po‘lat quyish agregatlarida C, Si, Mn, P ni oksidlash, oltingugurtdan tozalash, ya’ni cho‘yan dan kerakli tarkibda po‘lat olish.
Hozirgi vaqtda temirni rudadan bevosita olish texnologiyasi keng tarqalmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklash qurilmalari asosan quyidagi holatlarda quriladi:
zarurat bo‘lganda keraksiz qo‘shimchalardan holi bo‘lgan shixta olish va undan juda yuqori sifatli po‘lat eritish;
zarurat bo‘lganda yiriklashtirish qiyin bo‘lgan chang ko‘rinishidagi temir rudalarini va ishlab chiqarish chiqindilari (kaloshnik changi, changni ushlab qoluvchi qurilmalar yordamida yig‘ilgan chang va boshqalar) qayta ishlash;
kichik ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan domna sexlarini qurish iqtisodiy jihatdan rentabel bo‘lmaganligi uchun uncha katta bo‘lmagan korxonalar qurilishida. Bunday tarkibdagi korxonalar tarkibiga: to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklash qurilmasi, bir-ikkita po‘lat quyish agregati (odatda yoyli elektropechlar), tayyor mahsulotni uzluksiz quyish mashinasi. Bunday zavodlarning ishlab chiqarish unumdorligi odatda yiliga 150-250 tonnani tashkil qiladi. 8
Agar Toshkent viloyati Piskent tumani, Bekobod shahrida bunday elektropechlarni ishlayotganini va Toshkent viloyatining Parkent tumanida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao'zak tumanidagi Tebinbuloq konining temir ruda zahiralari topilganligini hisobga olsak, ushbu ko‘rinishdagi sxema ayniqsa bizning respublikamiz uchun juda ahamiyatlidir.
Yuqori metallashgan mahsulot kukunidan foydalanib to‘g‘ridan to‘g‘ri detal va tayyor buyumlar olish.
Hozirgi vaqtda dunyoda eritilayotgan po‘latning faqatgina 5% ga yaqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklovchi uskunalarda olinmoqda. Po‘latning asosiy qismi an’anaviy usullarda eritilishi qachongacha davom etishi haqidagi savolni yechishda, uzluksiz harakatlanuvchi po‘lat eritish agregatlarini (СAНД- стaлеплaвилный aгpегaт непpеpывного действия, UHPEA- uzluksiz harakatlanuvchi po‘lat eritish agregati) yaratishni, hamda, hozirgi vaqtda foydalanilayotgan yuqori samarador, qudratli agregatlarni inobatga olish kerak:
Metallurgiya sanoatlarida po‘lat olishning ko‘plab istiqbolli usullari mavjud: Masalan, kislоrоdli-kоnvеrtоr; martеn, elеktr va boshqalar. Bessemer va Tomas konvertorlarida po‘lat ishlab chiqarish usullarining qator kamchiliklari tufayli ularda sifatli po‘lat olish ancha cheklanadi.
Dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan po‘latlarning 1960 yilda 3-4%, 1965 yilda 25%, 1980 yilda 40%198, 5 yilda 60-70% dan ortiqrog‘i shu usulda olindi.
|
| |