• Kulrang cho‘yanlarni markalanishi
  • Juda puxta cho‘yan.
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet5/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Kulrang cho‘yan. Bu cho‘yandan yasalgan namuna sinig‘ining yuzasi kulrang ko‘rinadi. Shuning uchun uni kulrang cho‘yan deb nomlanadi. Aslida, uni GOST bo‘yicha “Plastinkasimon grafitli quyma cho‘yan” deb nomlanadi. Quyma so‘zi uning quymakorlik texnologik xossalari yuqoriligidan kelib chiqqan (qolipga quyilish xossasi). Kulrang cho‘yan asos metall va plastinkasimon shaklli grafitdan iborat.
    Kulrang cho‘yan tarkibidagi uglerodning juda ko‘p qismi yoki hammasi grafit tarzida bo‘ladi. Uglerod cho‘yan sifatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi; grafit miqdorini o‘zgartirish va quymakorlik xususiyatlarini o‘zgartirish hisobiga bo‘ladi. Oltingugurt zararli qo‘shimcha, mexanik va texnologik xossalarni pasaytirib, darz ketishga moyilligini oshiradi.

    1.2-rasm. Kulrang cho‘yanlar mikrostrukturalari, х200:
    a – perlit asosidagi kulrang cho‘yan; b – ferrit – perlit asosidagi kulrang cho‘yanlar; c – ferrit asosidagi kulrang cho‘yan


    Kulrang cho‘yanlarni markalanishi: “СЧ” harflari va ikki xonali ikkita son bilan markalanadi (GOST 1412-85). Masalan: СЧ 15-32. СЧ – ruscha "сеpый чугун" degani; birinchi son cho‘yanning cho‘zilishdagi mustahkamligi (kg/mm² hisobida) ko‘rsatadi; ikkinchi son egilishdagi mustahkamlash chegarasini (kg/mm² hisobida ko‘rsatadi: demak: σv=15 kg/mm² (150 МPa); σegilish=32 kg/mm² (320 МPa).
    Juda puxta cho‘yan. Bu cho‘yanlarda grafit sharsimon shaklda bo‘ladi. Juda puxta cho‘yanlar ozroq miqdorda magniy qo‘shib suyuqlantirib olinadi; bu jarayonni “modifikasiyalangan” deyiladi, ya’ni magniy bilan modifikasiya qilishdir. Lekin, toza magniy quyish davrida alangalanib ketishi mumkin, shuning uchun o‘rniga “ligatura” qo‘shiladi (masalan, magniy va nikel qotishmasi). Kimyoviy tarkibi: C=3-3,6%; Si=1,8-2,9%; Mn=0,4-0,7%; Mg=0,02-0,08%; P≤0,15%; S≤0,03%. Bu cho‘yanlar yuqori puxtalikka va birmuncha plastiklikka ega.
    Juda puxta cho‘yan ВЧ harflari va ikki xil son bilan markalanadi. ВЧ – cho‘yanning yuqori puxtaligini (ruscha – “высокопpочный чугун” so‘zlaridan оlingan), sonlarning birinchisi cho‘yanning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini (σv – kg/mm² hisobida), ikkinchisi nisbiy uzayishini (δ - % hisobida) ko‘rsatadi. Masalan, ВЧ 45-5; bu yerda σv = 45 kgs/mm², mustahkamligi, δ -5 % - nisbiy uzayishi.3
    Juda puxta cho‘yanlardan prokatlash stanlari jo‘valari (og‘irligi 12 t. gacha), bug‘ turbina korpuslari, tirsakli vallar va h.k. yasaladi
    Juda puxta cho‘yan mikrostrukturasi 1.3-rasmda ko‘rsatilgan.



    1.3-rasm. Juda puxta cho‘yan mikrostrukturasi, x100: a) ferrit asosidagi va b) ferrit – perlit asosidagi yuqori puxtalikdagi cho‘yan



    Download 14,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.