• Qayta ishlanuvchi (oq) cho‘yan.
  • Qora metallurgiya kombinatlarining ishlash prinsipi




    Download 14,49 Mb.
    bet4/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Qora metallurgiya kombinatlarining ishlash prinsipi

    Ma’lumki, qora metallarning asosiy mahsulotlari temir va uning qotishmalari ya’ni cho‘yan va po‘lat hisoblanadi.
    Temir tabiatda sof holda mavjud bo‘lmaydi, u temir oksidlari ko‘rinishidagi mineraldir. Temir minerallarida temirdan tashqari boshqa metallar ham uchrashi mumkin.
    Cho‘yan deb, tarkibida 2,14% dan 6,67% gacha uglerod bo‘lgan temir-uglerod qotishmasiga aytiladi. Cho‘yanlar po‘latga nisbatan arzon hisoblanadi. Erish harorati pastroq, quymakorlik xossalari yuqori. Shu nuqtai nazardan cho‘yanlardan murakkab shaklli quymalar olish mumkin.
    Cho‘yanlarning juda ko‘p qismi qayta eritilib, undan po‘lat olinadi.
    Cho‘yanlar tarkibidagi uglerod holatiga qarab ikki turga bo‘linadi: a) quyma cho‘yanlar, ular tarkibida uglerod erkin holatda bo‘ladi; b) qayta ishlanuvchi (oq cho‘yan), bunda uglerod bog‘langan – kimyoviy birikma Fe3C holatida bo‘ladi.
    Quyma cho‘yanlar o‘z navbatida uglerod miqdoriga qarab uch guruhga bo‘linadi: 1) kulrang; 2) bolg‘alanuvchan; 3) juda puxta cho‘yan.
    Qayta ishlanuvchi (oq) cho‘yan. Bunday cho‘yanlardan yasalgan namunani sindirganda ko‘ndalang kesimini ko‘rinishi xira oq rangda bo‘ladi. Shuning uchun oq cho‘yan deb ham aytiladi. Yuqorida qayd qilinganidek, barcha uglerod bog‘langan holatda-sementit ko‘rinishida bo‘ladi. Oq cho‘yanlar БЧ harflari bilan markalanadi. БЧ – ruscha "белый чугун" so‘zidan olingan bo‘lib, oq cho‘yan degan ma’noni anglatadi (1.1-rasm).

    1.1-rasm. Qayta ishlanuvchi oq cho‘yan mikrostrukturasi (x200): a) – evtektikadan keyingi oq cho‘yan (C=5,5%); b) – evtektikagacha oq cho‘yan (C =2,5%)

    Bu cho‘yan yuqori qattiqlikka ega (HB=450-550) va juda mo‘rt. Shuning uchun mashina detallari bu cho‘yandan yasalmaydi. Bu cho‘yanlardan grafitlashtiruvchi yumshatish yo‘li bilan bolg‘alanuvchan cho‘yan olinadi.


    Oqartirilgan cho‘yan – quymalarning ustki qatlami (t=12-30mm) oq cho‘yan strukturali; o‘zagi – o‘rtasi kulrang cho‘yan strukturasiga ega. Bunday cho‘yanlardan ustki qatlami ishqalanishga chidamli detallar yasaladi: list prokatlash stanoklari jo‘valari, g‘ildiraklar, tormoz kalodkalari, tegirmon sharchalari va boshqalar.

    Download 14,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qora metallurgiya kombinatlarining ishlash prinsipi

    Download 14,49 Mb.