7-modul. Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Rеja




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana10.12.2023
Hajmi0,97 Mb.
#114932
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-modul. Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Rеja



7-modul. Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. 
Rеja:
1. Po‘latni sementatsiyalash.
2. Po‘latni azotlash.
3. Azotlashni qo‘llash joylari.
4. Po‘latni sianlash.
5. Diffuzion metallash.
6. Termomexanik ishlov berish. 
Detal yuzasiga termik va kimyoviy ta’sir qilib uni strukturasini, tarkibini va 
xossalarini o‘zgartirib kerakli xossalarini olish jarayoniga kimyoviy-termik ishlash 
deyiladi. Kimyoviy – termik ishlash jarayonida detal yuzasini ma’lum qatlami har 
xil elementlar bilan diffuzion to‘yinadi. 
Kimyoviy – termik ishlash detal yuza qatlamini qattiqligini, ishqalanib 
yeyilishga qarshiligini, toliqishga qarshiligini, kontakt chidamliligini, elektr va gaz 
karroziyasidan himoya qilinishlikni oshirish uchun ishlatiladi. 
Kimyoviy – termik ishlash (XTI) o‘z ichiga uchta davrni oladi. 
Birinchi davrda dastlabki muhitda kimyoviy reaktsiya ketadi. Natijada aktiv 
diffuziyalovchi elementlar hosil bo‘ladi, ya’ni ionlashgan holatda. 
Ikkinchi davr jarayonida ular metallni yutuvchi yuzasi bilan o‘zlashtiriladi 
(xazm qildiriladi), ya’ni diffuziyalovchi elementlarni adsorbtsiyasi ro‘y beradi. 
Natijada yupqa yuza qatlami diffuziyalovchi element bilan to‘yinadi. 
Uchinchi davrda to‘yinuvchi (yutuvchi) metall ichiga elementlarni diffuzion 
ichiga kiradi. Bu bilan qattiq eritma yoki fazoviy qayta kristallanish bo‘ladi. 
Kimyoviy – termik ishlash jarayonini birinchi va ikkinchi davri ancha tez 
o‘tadi, ayniqsa, uchinchi davrga nisbatan. Uchinchi diffuzion davrda diffuziyali 
zonani strukturasi va xossalari shakllanadi. 
Diffuziya jarayonini rivojlanishi qatlamni hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu 
degani to‘yingan detal materiali qatlami hosil bo‘ldi degani. Bu qatlam kimyoviy 
tarkibi, demak, struktura va xossalari dastlabkidan farq qiladi. Diffuzion qatlamda 
diffuziyalanuvchi elementning taqsimlanishi, ya’ni element konstruktsiyasining 
qatlam bo‘yicha o‘zgarishi rasm da tasvirlangan. 


Rasm 1 Diffuziyalanuvchi element konstruktsiyasining qatlam chuqurligi 
bo‘yicha o‘zgarishi grafigi 
Kimyoviy – termik ishlash usullari ko‘p. Ammo, sanoatda ko‘p tarqalgani 
aktiv suyuq va gaz muhitlari bilan to‘yintirishdir. 
Kimyoviy – termik ishlash usullariga quyidagilar kiradi: tsementitlash 
(uglerodlash), azotlash, tsianlash, diffuzion legirlash va boshqalar. 

Download 0,97 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-modul. Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Rеja

Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish