Rasm 2 Kam uglerodli po‘latni tsementitlangandan keyingi diffuzion
qatlam mikrostrukturasi. 1- evtektoiddan keyingi zona; 2- evtektoidli zona; 3-
evtektoidgacha zona.
Eng ustki qatlam evtektoiddan keyingi qatlam – zonada uglerod S>0,8%
ko‘p bo‘ladi va strukturasi perlit va ikkilamchi tsementitdan iborat qatlamni o‘rta
qismi evtektoid yig‘indisidan iborat, perlitdan tashkil topgan. Chuqurlashgan sari
o‘zagiga qarab, uglerod miqdori kamayadi, evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat
strukturasiga o‘xshaydi: o‘zakka yaqinlashgan sari perlit miqdori kamayadi.
Tsementitlash davrida o‘zoq vaqt qizdirib turilgani uchun yirik donali
struktura hosil bo‘ladi.
1.
Bir marta toblab, past temperaturada bo‘shatish.
Detalning sirtqi qatlami yirik ninasimon martensitdan iborat. Bo‘shatish
bilan ichki kuchlanish yuqoladi.