Birinchi tur yumshatish: maqsad: sovuqlayin bosim bilan ishlashda hosil bo‘lgan
ichki kuchlanishlari yo‘qotish, qattiqlikni pasaytirish. (600-727
o
S
ichida
qizdiriladi, ma’lum vaqt ushlab turiladi, sekin sovitiladi.)
Ikkinchi tur yumshatish: maqsad: donalarni maydalash,
barqaror va ancha
yumshoq struktura olish, dendrit likvatsiyali yo‘qotish (kimyoviy bir xil emasligi).
Bu tur bir necha xillarga bo‘linadi.
To‘la yumshatish. GSE dan 20-30
o
S yuqorida qizdirib sekin sovitiladi. Odatda
evtektoidgacha va evtektoid po‘latlar yumshatiladi – to‘la;
evtektoiddan keyingi
po‘lat chala yumshatiladi.
Issiqlayin bosim bilan ishlangan po‘latlarni va quyma po‘latlarni to‘la
yumshatkanda donalar maydalanadi, ferrit va perlit bir tekis taqsimlanadi. Po‘lat
quymalarda uchraydigan vidmanshtetteyn struktura (yirik
perlit plastinkalari bilan
ferritning bir-biriga qiya joylashgan yirik plastinkalari (ba’zam ignalari) ham
mayda donalardan iborat F bilan P ga aylanadi.
Chala yumshatish: PSK dan yuqorida qizdiriladi. Perlit qayta kristallanadi,
evtektoigacha bo‘lgan po‘latlarda Ferrit, evtektoiddan keyingi po‘latlarda tsementit
o‘zgarmay qoladi. Chala yumshatish asosan evtektoiddan keyingi po‘latlarda
ishlatiladi. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlardan prokatlangan va bolg‘alangan
buyumlargina chala yumshatiladi:
perlit qayta kristallanadi, ichki kuchlanish
yo‘qoladi.