Bog'liq 7-modul. Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Rеja
Sferoidlovchi yumshatish (donador tsementit hosil qilish): 740-760
o
gacha
qizdiriladi, ma’lum vaqt tutib turib, sekin sovitiladi. Plastinkasimon tsementit
sferoidal tsementitga aylanadi: A
c1
dan yuqorida perlit Austenitga aylanadi,
ortiqcha tsementit o‘zgarmay qoladi, ya’ni geterogen struktura hosil bo‘ladi. Buni
kesib ishlash juda oson. Bu usul evtektoiddan keyingi po‘latlarga va legirlangan
po‘latlarga ishlatiladi. Bu chala yumshatishni bir turi.
Diffuzion yumshatish (gomogenlash) Quyma po‘lat tarkibi bir xil bo‘lmaydi: dendrit va zonal likvatsiyalar bo‘ladi.
Bunday po‘latni bir jinsli (gomogen) qilish uchun u A
S3
dan 180-300
o
S yuqori
qizdirib, ma’lum vaqt (12-15 soat) ushlab turib sekin sovitiladi. Po‘latni bu tur
termik ishlashni diffuzion yumshatish yoki gomogenlash deyiladi. Po‘lat yuqori
temperaturagacha (1000-1100
o
S) qizdirib, shu temperaturada uzoq vaqt ushlab
turilganda uning donalari ancha yiriklashadi. Sh/u diffuzion yumshatilgan po‘lat
quyma strukturasi yirik donali bo‘ladi.
Izotermik yumshatish Evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat A
S3
dan, evtektoiddan keyingi po‘lat A
S1
dan 20-
30
o
S yuqori temperaturagacha qizdirilib, so‘ngra A
r1
dan 50-100
o
C past
temperaturagacha tez sovitiladi va austenit ferrit bilan tsementitga (A
F+Ts)
batamom
parchalanguncha
shu
temperaturada
tutib
turiladi.
Izotermik
yumshatishning odatdagi yumshatishdan afzalligi shundaki, po‘latni izotermik
yumshatishda vaqt kam ketadi va gomogen darajasi ancha yuqori struktura hosil
bo‘ladi.
Rasm 3 Izotermik yumshatish grafigi