Detallarni metallar va nometallar bilan diffuzion to‘yintirish
Sanoatda detal yuzalariga har xil talablar qo‘yiladi. Bularni amalga oshirish
uchun detal yuza qatlamlari turli materiallar bilan diffuzion to‘yintiriladi. Detal
yuza qatlamlarini har xil metall va metall emas materiallar (Cr, Al, Mo, W, Si, S)
bilan to‘yintirish jarayoni
diffuzion to‘yintirish yoki
diffuzion legirlash deyiladi.
Detalning sirtqi qatlami xromga to‘yintirilsa, bu jarayon diffuzion xromlash
deb, alyuminiyga to‘yintirilsa, diffuzion alyuminiylash deb ataladi.
Xromlash
Xrom
bilan
to‘yintirilgan
qatlam
qattiq
yeyilishga
chidamli,
karrroziyabardosh va olovbardosh bo‘ladi. Xromlash ham 3 xil muhitda olib
boriladi: qattiq, suyuq, gaz.
Qattiq muhitda xrom bilan diffuzion to‘yintirishda detallar aralashma (60-
65% ferroxrom, 30-35% giltuproq-alyuminiy oksidi, 5% xlorid kislota) solingan
yashikka joylashtiriladi. Qopqog‘i maxkam berkitilib, suvalib, qizdiriladi: 1050-
1150
0
S, 12-15 soat ushlab turiladi, so‘ngra 700-600
0
S haroratgacha pech bilan
birga sovitiladi, shundan keyin havoda sovitiladi.
Suyuq muhitda xromlashda aralashma sifatida 20% xrom xloridi CrCl
2
va
80% bariy xloridi VaCl
2
aralashmasi ishlatiladi. Parchalanishdan ajralib chiqqan
xrom 950-1100
0
S haroratda sirt qatlamiga diffuziyalanadi. 4 soat davomida 0,04-
0,1 mm. Qalinlikda diffuziyalanadi.
Gaz muhitida xromlashda detallar xrom solingan retortaga joylashtiriladi.
Retorta 950- 1050
0
S ga qizdirilgach undan vodorod xlorid aralashmasi o‘tkaziladi.
Kam uglerodli po‘latlarni xromlashgan qatlami qattiqligi uncha katta emas:
HV=200-250. Lekin, ko‘p uglerodli po‘latlarniniki ancha yuqori HV=1380.
Shular kabi detal yuzalarini siliytsiylash (kremniy bilan to‘yintirish),
sulьfidlash (oltingugurt bilan to‘yintirish), bor bilan to‘yintirish va boshqa
kimyoviy-termik ishlash usullari ham sanoatda keng qo‘llaniladi.