30
Nazorat-o’lchov
asboblari
Electronics
Workbench
dasturiy
kompleksining Instruments panelida quyidagi ettita asbobni o’z ichiga oladi:
1)
multimetr;
2) ostsillograf;
3) funktsional generator;
4) ACHX va FCHXlarning o’lchagichi;
5)
mantiqiy signallar generatori;
6) 16-kanalli mantiqiy signallarning analizatori;
7) mantiqiy o’zgartkich.
Asbobning tasvirida sichqonchaning chap tugmasini to’xtovsiz ikki
marta bosib asbobning kattalashtirilgan oynasi hosil qilinadi. Unda asbobning
parametrlari sozlanadi.
2.12-rasm. Multimetr (Multimeter)
Multimetr (
Multimeter) (
2.12-rasm) tok va kuchlanishning o’rtacha
kvadratik (ta`sir qiluvchi yoki effektiv) qiymatlarini va qarshiliklarni o’lchash
uchun mo’ljallangan. O’lchash rejimi mos knopkani bosish yo’li
bilan
tanlanadi. Kuchlanishni detsibellarda o’lchash uchun dV knopkasi bosiladi.
Bunda multimetr α=20Ig(|X|) formula bilan aniqlanuvchi (X-o’lchanayotgan
kattalik) α koeffitsientni ko’rsatadi.
Multimetrning oldingi panelida (2.13-rasm) o’lchash natijalarini aks
ettiruvchi displey, sxemaga ulash uchun klemmalar va boshqarish knopkalari
joylashgan.
31
2.13-rasm. Multimetrning paneli
Setting knopkasi bosilsa multimetr panelida dialog oynasi ochiladi (2.14-
rasm, b), unda quyidagi belgilanishlar mavjud:
- Ammer resistance —ampermetrning
ichki qarshiligi;
- Voltmeter resistance —voltmetrning kirish qarshiligi;
- Ohmmeter current — nazorat qilinayotgan ob`ektdan o’tayotgan tok;
- Decibel standard — kuchaytirish va pasaytirishni detsibellarda o’lchash
uchun V1etalon kuchlanishni o’rnatish (sukut bo’yicha V1=1V).
Bunda uzatish koeffitsienti uchun
2
1
log
20
]
[
V
V
B
K
formuladan foydalaniladi, formulada V2 — nazorat
qilinayotgan nuqtadagi
kuchlanish.
2.14-rasm. Voltmetr va ampermetr
O’zgarmas va garmonik tok va kuchlanishlarni o’lchash uchun
multimetrdan tashqari voltmetr va ampermetrlardan (2.15-rasm) foydalanish
mumkin. Ular Indicators bo’limida joylashgan.