ACHX va FCHX o’lchagich (Bode Plotter)




Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana31.01.2024
Hajmi1,99 Mb.
#149036
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
matlab

ACHX va FCHX o’lchagich (Bode Plotter). ACHX va FCHX o’lchagich 
(2.17-rasm) to’rt qutbli sxemalarning amplituda-chastotaviy (Magnitude) va faza-
chastotaviy (Phase) xarakteristikalarini olish uchun xizmat qiladi. Sxemaning
kirishlari o’lchagichning In klemmalariga, chiqishlari Out klemmalariga va
klemmalarning o’ng kontaktlari korpusga ulanadi. Zanjirning kirishiga garmonik 
kuchlanish manbasi ham ulanishi kerak. 


34 
 
2.17-rasm. ACHX va FCHX o’lchagich
Keyin chiziqli yoki logarifmik masshtab tanlanadi va chastotalar 
diapazoni ko’rsatiladi.
O’lchagich ACHX (Magnitude knopkasi bosilganda) va FCHX (Phase 
knopkasi bosilganda) larni logarifmik yoki chiziqli masshtabda (Log yoki Lin 
knopkalari bosilganda) tahlil qilish uchun xizmat qiladi. O’lchagichni sozlash 
vertikal o’q bo’yicha uzatish koeffitsientlarini va gorizontal o’q bo’yicha 
chastotalarni o’rnatish yo’li bilan amalga oshiriladi (F- maksimal qiymatlar, I-
minimal qiymatlar). ACHX-FCHX larning qiymatlari vizir chiziqni surish yoki 
← va → knopkalarni bosish yo’li bilan o’qiladi. O’lchagichning In va Out 
kirishlari tadqiq qilinayotgan qurilmaning kirishi va chiqishiga ulanadi.
2.18-rasm. Mantiqiy signallar generatori (Word Generator)


35 
Mantiqiy signallar generatori (Word Generator) (2.18-rasm) chiqishlarida
berilgan chastota (Frequency) bilan qaytariluvchi 16 razryadli ikkilik signalni
hosil qilish uchun mo’ljallangan. Signallarning o’n oltilik qiymatlari
klaviatura yordamida chap katta oynaga yoziladi. O’lchamlari kichikroq
bo’lgan boshqa ikkita oynaga signalning ikkilik (Binary) yoki ASCII-kodlardagi
qiymatini yozish mumkin.
Masalan, 2.18-rasmda chiqish klemmalarida o’n oltilik 003F songa mos 
keluvchi ikkilik son o’rnatilgan.
Signallarning boshlang`ich (Initial) va so’nggi (Final) nomerlarini o’rnatish
va kerakli signalni topish uchun Address blokidan foydalaniladi. Address 
blokida tahrir qilinadigan (Edit) va chiqishdagi (Current) signallarning adreslarini 
ham o’rnatish mumkin.
Odatda, generatorning oldingi front bo’yicha ichki (Internal) 
sinxronizatsiyasi (Trigger) va mantiqiy signallarni tsiklik berish rejimidan 
(Cycle) foydalaniladi. Sinxronizatsiya uchun berilgan (Frequency) chastotali 
ma`lumotlar tayyorligining mantiqiy (Data ready) signalini ham berish mumkin. 
Mantiqiy signallar analizatori (Logic Analyzer) (2.19-rasm) ikkilik kodlarni
aks ettirish uchun mo’ljallangan. Mantiqiy signallarni to’g`ri ko’rsatish uchun 
Set knopkasini bosib asbobning ichki chastotasini mantiqiy signallar 
generatorining chastotasidan yuqoriroq qilib qo’yish va impulslar sonini (Clock 
per division) 1-3 olish kerak. Asbobda kursor yordamida siljitiluvchi ikkita vizir 
liniya bor. 


36 
2.19-rasm. Mantiqiy signallar analizatori (Logic Analyzer) 
Mantiqiy o’zgartkich (Logic Converter) (2.20-rasm) kombinatsion sxemalar
bilan amallar bajarish uchun mo’ljallangan. Uning yordamida quyidagi 
o’zgartirishlarni amalga oshirish mumkin:
• haqiqiylik jadvalini mantiqiy funktsiyaga;
• mantiqiy funktsiyani haqiqiylik jadvaliga;
• haqiqiylik jadvalini qurilma sxemasiga;
• qurilma sxemasini haqiqiylik jadvaliga;
• mantiqiy funktsiyani qurilma sxemasiga;
• mantiqiy funktsiyalarni soddalashtirish va h.k.


37 
2.20-rasm. Mantiqiy o’zgartkich (Logic Converter) 
Masalan, 2.20-rasmda mantiqiy o’zgartkichning oynasida A va V
kirishlarga ega bo’lgan kombinatsion qurilmaning haqiqiylik jadvali va hosil
qilingan mantiqiy funktsiya ko’rsatilgan. Mantiqiy funktsiyani SIMP
yozuviga ega bo’lgan knopkani bosish yo’li bilan soddalashtirish mumkin. 
Ularga mos keluvchi qurilmalarning sxemalari
yoki 
tugmalarni bosish yo’li bilan hosil qilinadi (2.23-rasm, a va 
b).
2.21-rasm. Mantiqiy o’zgartkich yordamida hosil qilingan sxemalar


38 
 

Download 1,99 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish