3.2. Mehnat unumdorligini oshirish omillari, shart-sharoitlari va




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/27
Sana09.01.2024
Hajmi1,26 Mb.
#133135
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish yollari

 


62 
3.2. Mehnat unumdorligini oshirish omillari, shart-sharoitlari va 
zahiralari 
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralari (rezervlari) – texnika va texnologiyani 
takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash 
hisobiga mehnat unumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to‘laroq 
foydalanish imkoniyatidir. Zahiralar mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Agar biror omilni imkoniyat sifatida olib qaraydigan bo‘lsak, u 
holda bu omil bilan bog‘liq bo‘lgan zahiradan foydalanish imkoniyatning voqelikka 
aylanish jarayoni hisoblanadi. 
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralarining bir necha tasniflari mavjud bo‘lib, 
ularning hammasi ikkita katta guruhga bo‘linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan) 
foydalanishni yaxshilash zahiralari va asosiy va aylanma fondlardan yanada 
samaraliroq foydalanish zahiralari. Birinchi guruhga mehnatni tashkil etish, mehnat 
sharoitlari, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyatini oshirish, kadrlar tarkibi va ularni 
joy-joyiga qo‘yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, 
shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan moddiy va mahnaviy manfaatdorligini 
oshirishni ta‘minlash bilan bog‘liq masalalar kiritiladi. Ikkinchi guruh asosiy ishlab 
chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar va shu kabilar)dan yaxshiroq 
foydalanishi zahiralarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, 
yoqilg‘i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to‘liq foydalanishni 
o‘z ichiga oladi.
Zahiralar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo‘yicha zahira zahiralariga va 
nobud bo‘lish (bekorga sarflash) zahiralariga bo‘linadi.
Zahiralar tushunchasiga ishlab chiqarishda ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi ham 
kiradi. Bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va 
rejada ko‘zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasidir; mehnatning ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sarflanishi - mehnat qurollari va mehnat 


63 
ashyolaridan oqilona foydalanmaslik hamda belgilangan texnologiya jarayonlarining 
buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqari ortiqcha sarflanishidir. 
Zahiralar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol zahiralariga bo‘linadi. Joriy 
zahiralar texnologiya jarayonlari muhim darajada o‘zgartirilmay va qo‘shimcha kapital 
mablag‘lar sarflanmay amalga oshiriladi. Istiqbol zahiralari ishlab chiqarishni qayta 
tashkil etishni, ancha mukammal asbob-uskunalar o‘rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga 
kapital mablag‘lar va ko‘proq vaqt sarflashni talab qiladi. 
Zahiralar aniqlanish va foydalanish joyiga qarab xalq xo‘jalik, tarmoq va ichki 
ishlab chiqarish zahiralariga bo‘linadi. Xalq xo‘jalik zahiralariga tabiiy resurslar, 
ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq zahiralariga shunday 
zahiralar kiradiki, ulardan foydalanish umuman tarmoqdagi xodimlar mehnat 
unumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslashtirilishi, ishlab chiqarishning bir 
joyga 
to‘planishi 
va 
kombinatsiyalanishi, 
texnika 
va 
texnologiyaning 
takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish zahiralari mehnat unumdorligini 
oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ular joriy va istiqbol zahiralardan tashqari, ikki 
guruhga bo‘linadi: mahsulotning sermehnatlik darajasini pasaytirish zahiralari va jami 
ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish zahiralari. 
Mahlumki, mehnat unumdorligi darajasi ish vaqti birligiga to‘g‘ri keladigan 
mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Lekin boshlang‘ich hajmlar vaqtda ifodalansa, 
mehnat unumdorligi ish vaqti fondining mahsulot sermehnatlik darajasiga nisbati 
sifatida hisoblab chiqariladi: 
M
u

Мс
Ф ив

Buning mahnosi shuki, mahsulot ishlab chiqarish mehyori uni ishlab chiqarishga 
sarflangan vaqt miqdoriga to‘g‘ri proportsional va uning sermehnatlik darajasiga teskari 
proportsionaldir. Agar mehnat unumdorligi ish vaqt fondini ko‘paytirish hisobiga ortsa, 
u holda bu unumdorlikni oshirishning ekstensiv yo‘li hisoblanadi; agar unumdorlik 
sermehnatlik darajasini qisqartirish bilan ta‘min etilsa, bu ekstensiv yo‘l hisoblanadi. 
Bunda mahsulot tayyorlashga sarf etiladigan sarf xarajatlarning kamayishi yangi 


64 
texnika va texnologiya joriy etish, mehnatni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga 
sodir bo‘ladi.
Mavjud zahiralarni aniqlash ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida yoki joriy 
va oldingi davrlardagi ish turlari bo‘yicha mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasini 
tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Tahlil qilishning asosiy usuli joriy davrdagi 
ko‘rsatkichlarni 
rejalashtirilgan 
ko‘rsatkichlar 
bilan 
taqqoslashdir. 
Bunda 
rejalashtirilgan topshiriqlarning asoslanganligi ham tekshirilishi lozim, chunki ularda 
rejalashtirilgan davrdagi ishlab chiqarishning barcha xususiyatlari, shart-sharoitlari
zahiralarini to‘la hisobga olinmagan bo‘lishi mumkin. SHuningdek, yil davomida 
rejaga kiritiladigan turli aniqliklarni ham hisobga olish zarur. Ular boshqa 
ko‘rsatkichlarga - mehnat unumdorligiga, xodimlar soniga, mehnatga haq to‘lash 
fondiga turli o‘zgartirishlar kiritilishiga sabab bo‘ladi.
Ishchi kuchi tejalishini hisoblash uchun sermehnatlik darajasini pasaytiruvchi 
tadbir joriy etilishidan oldingi va keyingi u yoki bu mahsulotni tayyorlash yoki biron - 
bir ish turini bajarishga sarflangan mehnat xarajatlari taqqoslab ko‘riladi. 
Sermehnatlik darajasini norma-soatlarda o‘lchaganda ish kuchining tejalishi (Tk) 
quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
T
k

К
в
Фи
Тн

.
.
x M, 
Bu yerda: T
n
- operatsiyaga sarflangan mehnatni tejash, norma-soat hisobida; 
F
i.v.
- ishchining yillik ish vaqti foizi, soat; 
K - mazkur operatsiyada normalarni bajarishning rejadagi koeffitsienti; 
M - yil oxirigacha amalga oshirilgan operatsiyalar (buyumlar) soni. 
Ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish hisobiga mehnat unumdorligining o‘sish 
zahiralari avvalo bu vaqtning bekor sarf bo‘lishiga barham berish bilan bog‘liqdir. 
Haqiqatda ular sermehnatlik darajasining pasayishi zahiralaridan keskin farq qiladi 
hamda faqat mehnat va ishlab chiqarish yaxshi tashkil etilmaganda, mehnat 
intizomi buzilganda, mehnatni muhofaza qilish yetarli darajada yo‘lga 
qo‘yilmaganda va shu kabi hollarda sodir bo‘ladi. Bu zahiralar ko‘rsatib o‘tilgan 
kamchiliklar barham topgach tugaydi. Holbuki sermehnatlik darajasini kamaytirish 


65 
zahiralari cheksiz hisoblanadi. Ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi hisobiga mehnat 
unumdorligining o‘sish zahiralarini aniqlash maqsadida ish vaqtining haqiqiy 
balansini sinchiklab tahlil qilish uni rejalashtirilgan ish vaqti bilan taqqoslash, ish 
kunini surhatga tushirish va bu ishni mustaqil ravishda amalga oshirish yordamida 
ish vaqtining bekor sarf etilishini aniqlash, ularning sabablarini belgilash va ularni 
kamaytirish yoki to‘liq barham toptirish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralaridan biri - kadrlar tarkibini 
takomillashtirishdir. Kadrlar tarkibi deganda sanoat-ishlab chiqarish xodimlarining 
ayrim toifalari o‘rtasidagi miqdor nisbati tushuniladi. Asosiy va yordamchi 
ishchilarning miqdor nisbati, shuningdek, ishchilarning barcha xodimlar sonidagi 
nisbati eng muhim. Kadrlar tarkibining ko‘rsatkichlari: sanoat-ishlab chiqarish 
xodimlari umumiy sonida ishchilarning salmog‘i va ishchilar va butun xodimlar 
umumiy sonidagi asosiy ishchilarning salmog‘idir. Asosiy ishchilarga tovar 
mahsulot ishlab chiqarishda bevosita band bo‘lgan ishchilar, yordamchi ishchilarga 
- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishchilar (navbatchi 
slesarlar, detallarni yetkazib beruvchilar, yonilg‘i (yoqilg‘i) tashuvchilar va 
hokazolar), ya‘ni asosiy tsexlarda xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar va yordamchi 
tsexlardagi barcha ishchilar kiradi. 

Download 1,26 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  3.2. Mehnat unumdorligini oshirish omillari, shart-sharoitlari va

Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish