61
mehnat unumdorligini pasaytiradi, ish vaqti bekor sarf bo‘lishini qisqartirish esa
mehnat unumdorligining ortishini ta‘minlaydi.
Tashkiliy omillar tizimida kadrlar tarkibining
yaxshilanishi - boshqaruv
xodimlari sonining nisbiy qisqarishi va sanoat - ishlab chiqarish xodimlari umumiy
sonida ishchilar salmog‘ining, bular orasida esa asosiy ishchilar salmog‘ining ortishi
muhim o‘rin tutadi. Sanoat - ishlab chiqarish xodimlari
umumiy sonida ishchilar
salmog‘i qanchalik yuqori bo‘lsa, bitta xodimga to‘g‘ri keladigan mehnat unumdorligi
ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta‘siri shu narsa bilan bog‘liqki, fan-texnika
taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya)
moddiy asosining
ta‘minlashuvi va xilma-xil, ko‘p hollarda esa ancha murakkab tashkiliy tadbirlarning
amalga oshirilishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, balki faqat
ijtimoiy ishlab chiqarish
ishtirokchilari bo‘lgan insonlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo‘ladi.
Bu mehnat faoliyatining harakatlantiruvchi kuchi - muayyan natijani qo‘lga kiritishga
bo‘lgan qiziqishdir. U o‘z navbatida ishlab chiqarish ishtirokchilari bo‘lgan
insonlarning moddiy va mahnaviy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Bundan
tashqari, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat qatnashchilari muayyan mehnat faoliyati
natijasini qo‘lga kiritishga intilishi bilan bir qatorda yetarli darajadagi mehnat
qobiliyatiga, ishbilarmonlik va shijoatkorlik kabi zarur shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishlari,
shuningdek, tadbirkor va hushyor bo‘lishlari lozim.
Mehnat unumdorligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi eng
muhim ijtimoiy-iqtisodiy
omillarga quyidagilar kiradi:
mehnat natijalaridan moddiy va mahnaviy manfaatdorlik;
xodimlarning malaka darajasi, ularning kasbiy tayyorgarligi sifati va
umumiy madaniy-texnikaviy saviyasi;
mehnatga munosabat va mehnat intizomi darajasi;
mehnat jamoalari o‘z-o‘zini boshqarishining rivojlanishi.