• III-bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mehnat unumdorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari va istiqbollari 3.1.
  • Мавзу: Айланма фондлардан фойдаланиш муаммолари ва уни такомиллаштириш




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/27
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #133135
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
    Bog'liq
    sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish yollari

    Manba: muallif ishlanmasi 
    2.2.2-jadval. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari. 
    Mehnat unumdorligining kompleks tahlilida bir soatlik ish unumining o‘sish 
    surhatlari va ish vaqtini yo‘qotish sabablari o‘rganiladi. Buning uchun ishlab 
    chiqarilgan mahsulot hajmi unga sarflangan vaqt bilan taqqoslanadi. Bunday 
    taqqoslash natijalarining quyidagi variantlari mavjud: 
    a) mahsulotni ishlab chiqarish uchun mehnat sarfi qisqargan holda mahsulot 
    hajmining ortishi; 
    b) mahsulot hajmi o‘sishining mehnat sarfiga nisbatan yuqori surhatlarda 
    o‘sishi; 
    v) mehnat sarfi o‘zgarmagan holda mahsulot hajmining or-tishi; 
    g) mehnat sarfining qisqarish darajasiga nisbatan mahsulot hajmi 
    kamayishining sekinlashishi. 
    Mehnat unumdorligini
    oshirish rezervlarining 
    asosiy manbalari 
    Mahsulot hajmini oshirish, 
    imkoniyatlarni ishga solish
    _________________________ 
    Mahsulot ishlab chiqarish uchun mehnat 
    sarflarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, 
    mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, 
    mehnatni intensivlash darajasini oshirish. 


    58 
    III-bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mehnat 
    unumdorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari va istiqbollari 
     
    3.1. 
    Iqtisodiyotni 
    modernizatsiya 
    qilish 
    sharoitida 
    mehnat 
    unumdorligini oshirishning ahamiyati 
     
    Mehnat unumdorligi - rivojlanib boruvchi ko‘rsatkichdir. U ko‘pgina sabablar va 
    omillar ta‘sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Ulardan bir xillari mehnat 
    unumdorligi oshishiga yordam bersa, boshqalari uni pasaytirishga sabab bo‘lishi 
    mumkin. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi va o‘sishiga mehnat jarayoni 
    kechadigan sharoit ham ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. SHart-sharoitlar qulay bo‘lsa, u yoki 
    bu omilning ta‘sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo‘lsa, bu ta‘sirni zaiflashtiradi. 
    Masalan, tabiiy-iqlim sharoitlari qishloq xo‘jaligidagi mehnat natijalariga va uning 
    unumdorligiga jiddiy ravishda ta‘sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish vositalarining 
    mulkchilik shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoitlar, shuningdek, ishlab 
    chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan shart-sharoitlar boshqa teng sharoitda 
    ham mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. 
    Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko‘pgina omillar ta‘sir 
    qiladi. Omillar deb mehnat unumdorligining o‘zgarishiga ta‘sir ko‘rsatadigan 
    harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga aytiladi. Ulardan ayrimlari mehnat 
    unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab 
    bo‘lishi mumkin. Omillarning birinchi guruhiga mehnat vositalarining samarasini 
    ortishi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatkashlar ijtimoiy guruhlari 
    sharoitining yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbirlar kiradi; ikkinchi guruhi 
    - tabiiy sharoitlarning noqulay ta‘sir ko‘rsatishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil 
    etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning ta‘sir ko‘rsatishi 
    kiradi.
    Ayrim korxona yoki tashkilot darajasidagi omillarni qarab chiqqanda, ularning 
    hammasini ichki va tashqi omillarga bo‘lish mumkin. 


    59 
    Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, 
    qo‘llanilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning 
    energiya bilan ta‘minlanishi darajasi, tatbiq etilayotgan rag‘batlantirish 
    tizimlarining ta‘sirchanligi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, kadrlar 
    tarkibining yaxshilanishi kabi korxonani rahbarlariga bog‘liq bo‘lgan barcha 
    narsalar kiradi. Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat 
    buyurtmalari va bozordagi talab hamda takliflarning o‘zgarishi munosabati bilan 
    mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining o‘zgarishi; jamiyat va 
    mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlari; mehnatni kooperatsiyalashuv 
    darajasi, moddiy texnika ta‘minoti tabiiy shart-sharoitlar va hokazolar. 
    Barcha omillarni o‘z ichki mazmuni va mohiyatiga ko‘ra, uchta guruhga 
    bo‘lish mumkin: moddiy-texnika, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy. Mehnat 
    unumdorligini oshirishning moddiy asosi fan, texnika va texnologiyani 
    rivojlantirish, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. SHuning uchun 
    ham moddiy-texnika omillari guruhini, odatda, yetakchi va qolgan barcha 
    omillarni belgilovchi guruh deb qaraladi. 
    Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy-texnika omillariga fan-texnika 
    taraqqiyotini uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan 
    ta‘minlanishini oshirish kiradi. Ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyotining asosiy 
    yo‘nalishlari quyidagilardir: ishlab chiqarishning avtomatlashtirishga o‘tish munosabati 
    bilan uni mexanizatsiyalash; mehnatning energiya bilan ta‘minlanish darajasini oshirish 
    asosida mashina va asbob-uskunalar quvvatining ortishi; ishlab chiqarishni 
    elektrlashtirish; sanoat va qishloq xo‘jaligining bir qancha tarmoqlarida ishlab 
    chiqarishni kimyolashtirish; butunlay yangi texnologiyalarning yaratilishi (ular ishlab 
    chiqarish intensivligini oshirishni ta‘minlaydi va jonli mehnat sarfini keskin 
    qisqartiradi); ishlab chiqarishga material sarflanishining pasayishi va moddiy 
    resurslarning tejalishi; mashinalar va asbob-uskunalar ixtisoslashuvining chuqurlashuvi 
    va shu kabilar. Energiyaning yangi qudratli manbalari - atom, ichki yadro, geoterial, 
    kosmik va hokazo turlarining o‘zlashtirilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.


    60 
    Moddiy - texnika omillari ta‘siri natijasida mehnat unumdorligi ortadi va 
    mahsulotning sermehnatlik darajasi (t) pasayadi. Sermehnatlilik darajasi ko‘rsatkichi 
    bo‘yicha mehnat unumdorligining o‘sishi quyidagi formulalar bilan aniqlanadi: 

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Мавзу: Айланма фондлардан фойдаланиш муаммолари ва уни такомиллаштириш

    Download 1,26 Mb.
    Pdf ko'rish