• Ikki asosli kislotalar
  • To‘rt asosli kislotalar
  • Besh asosli kislotalar
  • Mavzu: anorganik birikmalarning eng muhim sinflari




    Download 304,79 Kb.
    bet5/9
    Sana18.01.2024
    Hajmi304,79 Kb.
    #140201
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-MA’RUZA

    Bir asosli kislotalar – molekulasida bitta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: HOCN – Sianat kislota, HMnO4 – Permanganat kislota, HIO3 – Yodat kislota, HBrO4 – Perbromat kislota, HBrO2Bromit kislota, HBr – Bromid kislota, HI – Yodid kislota, HCl – Xlorid kislota, H3PO2Gipofosfat kislota, HCOOH – Metan (CHumoli) kislota, CH3COOH – Etan (Sirka yoki atsetat) kislota va h.z.
    Ikki asosli kislotalar – molekulasida ikkita vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H2FeO4 – Ferrat kislota, H2UO3 – Uranit kislota, H2MnO4 – Manganat kislota va h.z.
    Uch asosli kislotalar – molekulasida uchta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H3VO4 – Vanadat kislota, H3AsO4Arsenat kislota, H3PO4 – Ortofosfat kislota, H3AlO3 – Alyuminat kislota va h.z.
    To‘rt asosli kislotalar – molekulasida to‘rtta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H4P2O7 – Difosfat (Bifosfat) kislota, H4SiO4 – Ortosilikat kislota, H4MnO4 – Ortomanganit kislota, H4PbO4 – Ortoplyumbat kislota va h.z.
    Besh asosli kislotalar – molekulasida beshta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H5IO6 – Peryodat kislota va h.z.
    Kislotalarning nomlanishi
    Kislotalar 1979 yilda IYUPAK qabul qilgan nomenklaturaga asosan nomlanadi.
    1. Kislorodsiz kislotalar kislota hosil qilgan element nomiga “id” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HF – ftorid, HCl – xlorid, HBr – bromid, H2S – sulfid, HCN – sianid, HN3 – azid, H2Se – selenid, H2Te – tellurid, HCNS – rodonid va h.z.
    2. Kislorodli kislotalar kislota hosil qiluvchi elementning oksidlanish darajasiga (valentligiga) asoslanib nomlanadi:
    a) Eng past oksidlanish darajasida bo‘lsa “gipo” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO – gipoxlorit, HBrO – gipobromit, HIO – gipoyodit va h.z.,
    b) O‘rtacha oksidlanish darajasida bo‘lsa “it” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO2 – nitrit, H3PO3 – fosfit, H3AsO3 – arsenit, H2SO3 – sulfit, H2SeO3 – selenit, HClO2 – xlorit, HBrO2 – bromit va h.z.,
    v) Yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “at” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO3 – nitrat, H3PO4 – fosfat, H3AsO4 – arsenat, H2SO4 – sulfat, H2SeO4 – selenat, HClO3 – xlorat, HBrO3 – bromat va h.z.,
    g) Bir element bir xil oksidlanish darajasida turli kislotalar hosil qilsa, vodorod atomlari kamiga “meta”, ko‘piga “orto” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HBO2 – metaborat, H3BO3 – ortoborat, H2SiO3 – metasilikat, H4SiO4 – ortosilikat, HPO3 – metafosfat, H3PO4 – ortofosfat va h.z.,
    d) Kislota hosil qiluvchi element juda yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “per” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO4Perxlorat kislota, HBrO4 – perbromat kislota, HIO4 (H5IO6) – peryodat kislota, HMnO4 – permanganat kislota va h.z.
    e) Ikki molekula bir xil kislota birikib, bir molekula suv chiqib ketishidan hosil bo‘lsa, bunday kislotalar “piro” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: H4P2O7 - pirofosfat (Bifosfat) kislota, H2S2O5 - pirosulfit kislota, H2S2O7 – pirosulfat kislota va h.z.



    Download 304,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 304,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: anorganik birikmalarning eng muhim sinflari

    Download 304,79 Kb.