• 5) Kompleks tuzlar
  • Mavzu: anorganik birikmalarning eng muhim sinflari




    Download 304,79 Kb.
    bet8/9
    Sana18.01.2024
    Hajmi304,79 Kb.
    #140201
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-MA’RUZA

    4) Qo‘sh tuzlar – kislota molekulasidagi vodorod atomlari har xil metal bilan almashinganda hosil bo‘lgan murakkab moddalar. Masalan: KAl(SO4)2, KCr(SO4)2, (NH4)2Fe(SO4)2 va h.k. Qo‘sh tuzlarni nomlash: avval valentligi katta metall nomi keyin valentligi kichik metall nomi (metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa rim raqamda qavs ichida valentlik ko‘rsatiladi)ga kislota qoldig‘ nomi qo‘shib aytiladi. Ular achchiqtoshlar ham deyiladi. Masalan: KAl(SO4)2alyuminiy kaliy sulfat, KCr(SO4)2 – xrom (III) kaliy sulfat, (NH4)2Fe(SO4)2 – temir (II) ammoniy sulfat yoki KAl(SO4)2 12H2O – alyuminiy kaliyli achchiqtosh, KCr(SO4)2 6H2O – xrom kaliyli achchiqtosh, (NH4)2Fe(SO4)2 12H2O – temir ammoniyli achchiqtosh va h.k.
    5) Kompleks tuzlar – tarkibida kompleks ion saqlagan murakkab moddalar. Masalan: K3[Fe(CN)6], K4[Fe(CN)6], Fe3[Fe(CN)6]2, Fe4[Fe(CN)6]3, Na3[Co(NO2)6], K3[FeF6], K2[PtF4], Na2[HgI4], [CrCl2(H2O)4]Cl, [CrCl3(H2O)3] va h.k. Kompleks tuzlarni nomlash: asosan tarixiy nomlar ishlatiladi, masalan: K3[Fe(CN)6] – qizil qon tuzi, K4[Fe(CN)6] – sariq qon tuzi, Fe3[Fe(CN)6]2berlin zangorisi, Fe4[Fe(CN)6]3 – turunbul ko‘ki va h.k. Bundan tashqari kompleks tuzlar sistematik quyidagicha nomlanadi: K3[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianoferrat (III), K4[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianoferrat (II), Fe3[Fe(CN)6]2 – temir (II) geksatsianoferrat (III), Fe4[Fe(CN)6]3 – temir (III) geksatsianoferrat (II), Na3[Co(NO2)6] natriy geksanitrito kobaltat (III), K3[FeF6] kaliy geksaftoroferrat (III), K2[PtF4] – kaliy tetraftoroplatinat (II), [CrCl2(H2O)4]Cl – dixlorotetraakva xrom (III) xlorid, [CrCl3(H2O)3] – trixlorotriakva xrom (III) va h.k.



    Download 304,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 304,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: anorganik birikmalarning eng muhim sinflari

    Download 304,79 Kb.