• Qarorlarni bajarish
  • Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish
  • Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni




    Download 40.77 Kb.
    bet8/9
    Sana12.03.2024
    Hajmi40.77 Kb.
    #170318
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3-Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
    1- Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlani-fayllar.org
    Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni
    Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni tanlash bilan bevosita bog’liq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantlarni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni tahlil qilishda matematik, grafik, mantiqiy va boshqa usullar qo’llaniladi. Tanlab olingan variantning maqsadga muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik va boshqa mezonlar bo’yicha umumiy tarzda baholanadi. Bunda mezonlar, aniq omillar va sharoitlarni tanlashga o’tiladi. Shundan so’ng qaror tayyorlashning navbatdagi bosqichiga o’tiladi. Bu bosqichda qo’yilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi.

    Qarorni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin. Odatda, yakkaboshchilik ko’pchilik fikri bilan birgalikda qo’shib olib boriladi, ya'ni:



    • tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;

    • qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani tasdiqlash va hokazolar) bilan rasmiylashtiriladi;

    • qaror ijro etuvchi shaxslarga yetkaziladi.



    Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori bo’g’inda qabul qilingan rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi bo’g’inlar (tsex, uchastka, brigada, smena, har bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir. qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so’ngra u ma'muriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va hokazolar ko’rsatilgan bo’ladi.

    Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish - bu firma, korxona, tsex, uchastka, brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonida rahbarlik qilish bo’yicha aniq masalalarni hal etish demakdir.

    • Bunda har bir bo’linma o’zining funktsional vazifasini bajarish bilan band bo’ladi. Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv bo’linmalari bir-biriga o’zaro ta'sir ko’rsatib, bosh rejalarning bajarilishini ta'minlaydi.

    • Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq uyushtirishdan va o’zi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shug’ullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.


    Download 40.77 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 40.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni

    Download 40.77 Kb.