Mavzu: Ekologik monitonng olib boradigan joylarni tanlash Reja. Monitoring olib boriladigan joyning fizik-geografik ta'rifi Mikroklimat Tuproq




Download 58,27 Kb.
bet5/5
Sana05.02.2024
Hajmi58,27 Kb.
#151622
1   2   3   4   5
Bog'liq
18 Mavzu Ekologik monitonng olib boradigan joylarni tanlash

Qulay joyni tanlash usullari
Tanlab olingan kulay deb hisoblangan joy ushbu mikrorayon hududida eng ma'qul joy bo'lishi kerak. Tanlab olingan joyda kuzatuvlar ikki joyda ish Olib boradi:

  1. Tajriba maydoni;

  2. Nazorat maydoni.

Olib boriladigan kuzatuvlar har ikkala tajriba maydonida bir paytda bir kunda, bir xil sharoitda borishi, xatto tuproqni ifloslantiruvchi manbalar ham bir xil bo'lishi kerak. Tajriba maydoni uchun daryo vohasi tanlangan bo'lsa nazorat maydoni ham shu erda bo'lishi lozim, agarda kuzatishlar tog' yonbag'ridan tanlangan bo'lsa nazorat maydoni uchun undan sal pastroq joy tanlab olinadi.
Har ikkala maydonda tuproq tipi, o'simliklar qoplami, daraxtlaming yoshi, biotsenoz va boshqalar juda o'xshash bo'lishi to'g'ri ma'lumotlar olishga imkon beradi.
Tajriba maydonining hajmi olib boriladigan kuzatuvlarning vazifasi bilan bog'liq bo' ladi, monitoring olib boriladigan maydonlar o'rmonzorlarda tanlab olinsa, hajmi 25x25 m, tekis joylarda IOx10 m qilib olinsa etarli bo'ladi. Ammo aniq kuzatuvlar uchun ushbu tanlab olingan maydon ichidan yana kichik uch maydm ajratib olinadi,ulaming hajrni IXI yoki 0,25 m2 hajmdagi 8-10 kichik maydoncha bo'lishi mumkin. Kuzatish olib boriladigan hududda bir necha maydoncha aniqlanib bir qator kuzatishlami olib borish belgilab olinadi. Har bir kuzatuv aniq belgilangan reja asosida olib boriladi. Kuzatuv olib boriladigan maydon to'rtburchak, uchburchak shaklida belgilab olinadi va har bir uchastkaga tartib raqami beriladi.
Monitoring o'tkazilgan maydonning belgi va xususiyatlari o'z navbatida hudud ekopasportiga qayd qilib boriladi.
Kuzatuv maydoni tuprog'ini aniqlash
O'rganish ishlari olib boriladigan maydonda albatta tuproq kesimi olib boriladi, bunda tuproq gorizontlari alohida ta'rif beriladi, ushbu ma'lumotdar ham joy ekopasportiga kiritiladi.
Tuproq kesimini olish uchun kavlanadigan chuqurning uzunligi 120-150 smkengligi 60-80sm hajmda bo'lishi kerak, chuqurning bir tomoni yuza tomon deb hisoblanib qo'yoshga garab turishi lozim. Tuproq yuzasi dagi qatlamlar yaqqol ko'rinib turgandagina gorizontlaming tavsifini aniq yozish mumkin bo'ladi. Kavlaganda chiqqan tuproqlar bir tomonga to'plab quyiladi, bunda bir tomonga yuqori qatlam yoki gumusli qatlamdan chiqqan tuproqlar uyulsa, ikkinchi tomonga esa pastki qatlamdan olingan tuproqlar tashlanadi. Chuqur 75100 smgacha bo'lishi mumkin, tuproq qatlami yozib olingandan so'ng tuproqlar chuqurga tashlanib oldin pastkiqatlamdan olingan tuproqlar, so'nga yuza qismidan olingan tuproqlar tashlanib kumib tashlanadi.
Chuquming yuza qismini ta'riflash uchun maxsus pichoqni olib tuproq gorizontlari belgilanadi va ularga ma'lum qonuniyatlar asosida ta'rif benlaffı: Bunda yuqori qatlam AO ning quvvati sm bilan, tarkibi nimalardan iborat ekanligi yozib boriladi. Pastki gorizontlar tartib bilan yozib boriladi va quyidagi belgilarga e•tibor beriladi :
- quvvati sm da hisoblanib eming ustki qismidan ma'lum chuqurlikkacha bo'lishi, masaları 4-20 sm, 20-25, 25-70 sm va xokaza tarzda aniqlab boriladi;
Quruq holdagi tuproq rangi, buning uchun oppoq qog'ozga tuproq to'kiladi va uning qurishi kutiladi:
Namlik holati besh xil ko'rsatkich bo'yicha o'rganiladi: quruq tuproq; sal nam tuproq (qo'lga sovuq seziladi); nam tuproq, (qo'lda eziladi); ho'l tuproq (siqsa suvi chiqadi); suyuq tuproq (suvda erigan oqib ketuvchi );
Tuproq gorizontining mexanik tarkibi olti xil qilib olinadi: qum tuproq (tuproq qo'ldan to'kilib ketadi); qumoq (qo'lda dumaloqlash mumkin); engil soz tuproq (cho'zinchoq shakllar tayyorlash mumkin); o'rtacha soz tuproq (cho'zinzilgan shaklni buksa yorilib ketadi va sinib qoladi); og'ir soz tuproq (loydan xalqa yasalganda katta yoriqlar paydo bo'ladi); soz tuproq (loydan xalqa yasalganda yorilib yoki sinib ketmaydi). Birinchi uch xil tuproqlarga odatda engil tuproqlar deyiladi, keyingi uch xil tuproq og'ir tuproq deb yuritiladi.
Struktura deganda tuproqning donadorligi tushuniladi ushbu belgilariga kura donador bo'lishi rnumkin. bunday tuproqlar asosan daryolarning vohalarida ko'p uchraydi;eng ko'p tarqalgan tuproq turi bo'laldangan kesak (yirik, o'rtacha, mayda); yopishqoq loy tuproq bir-biriga yopishgan tuproq massasi; yong'oqsimon uchlari o'tkirkesaklardan iborat; strukturasiz (mutloq sochiluvChan unumdorligi past tuproqlar);
Zichligi-tuproq ning birlashish xususiyatiga aytiladi. Tuproq qatlami gorizonti sochiluvčhan (chang, kum), g'ovak (belkurak yoki pichoq ning qiynalmasdan kirishi), zich (belkurakning og'ir kirishi), qattiq (belkurakning tuproqqa kirishi juda qiyin), o'ta qattiq belkurak mutloqa tuproqqa kirmaydi).
Yangi xosil bo'lgan moddalar-rivojlanish jarayonida tuproqning yuza qismida moddalar to•planadi va ulardan gumus xosil bo'ladi, doirno gumus Al gorizontda xosil bo'ladi.
Begona jismlar- ularning tuproq xosil bo'lish jarayoniga aloqasi yo'q, ammo vaqt o'tishi bilan tuproqqa qo'shilib boradi, bular o'sirnlik ildizi, turli suyaklar, g'lsht qoldiqlari, mayda toshchalar bo'lishi mumkin.
Gorizontlarning biridan biriga o'tishi ko'z bilan chamalab quyidagicha vizuaľ baholanadi (o'tkir, navbatli, tekis, buralgan va sezilmas).
Tuproq kesimini yozib bo'lgandan keyin albatta tuproqning to'liq nomi yoziladi, bu erda tuproq tipi, mexanik tarkibi, tuproq xosil qiluvchi jinslar etiborga olinib tuproqning nomi aniqlanadi, masalan o'tloq-botqoq tuproq yoki hokazo. Tuproqning ushbu xususiyatlari aniqlanayotganda eroziyaga uchragan tuproqlar haqida ham ma'lumotlar olish mumkin. Respublikaning ko'pgina agrosenozlarida sUv. shamol eroziyasiga uchragan tuprpoqlar ko'p kuzatiladi. eroziyaga uchragan tuproqlar ham bir necha turga bo'linadi: sal eroziyaga uchrash, o'rtacha, kuchli, o•ta kuchli eroziyalanish,
2.5. Tabiiy muhit va obyektni monitoring dasturi bo'yicha ekologik baholash
Tabiiy muhitda kuzatishlar olib borilar ekan kuzatish olib borilgan joy bir necha obyektda borishi kerak ,aks holda olingan natijalarga ishonish qiyin bo'ladi. Kuzatishlar bir necha joyda olib borilsa ulami taqqoslash va xulosa qilish imkoniyati yuqori bo'ladi, Bir marta yoki bir yillik ma'lumotlar ishonchsiz bo'ladi, tajribalami bir necha yil davomida olib borish va olingan
natijalardan qilish mumkin bo'ladi. Masalan, tuproq yoki o'simlik o'rganilayotgan bo'lsa bir necha marta ular yaxshilab o'rganiladi va bir-biri bilan taqqoslanishi hamda yilning turli vaqtlarida olib ko'rilishi ham yaxshi natija beradi.
Maktab ekologik monitoringi bo'yicha olib boriladigan biota monitoringi, atrof-muhitni hamda texnogen ta'sirlar kelib chiqadigan obyektlami o'z ichiga oladi.
Biota monitoringi o' simlik va hayvon bioxilmaxilligini, turlaming hayotchanligini, yashash areali bo'yicha turlar soniga qarab o'zgarib borishi, o'simliklaming fenologik fazalarini aniqlash, kapalak, ninachi, qushlar va boshqa hashoratlaming paydo bo'lishini hamda yo'qolishini, o'simliklar qaysi florada yaxshi o'sishini (madaniy yoki tabiiy holda) va xokazolami baholashni o'rgatadi.
Atrof-muhitning o'zgarishiga qarab har joyning o'z bioindikatorlari tanlanadi ,qachonki ular tashqi muhitda bo'layotgan o'zgarishlami birinchi bo'lib qabul qiladi va sezadi. Bioindikator o'simlik va hayvon o'zigi yashash uchun tabiiy xavfni sezsa ular yashasha joylarini o'zgartiradilar. Ular sonidagi o'zgarishlar, kimyoviy moddalar bilan ifloslanish va turlaming tashqi muhitga reaksiyasi, bir tuming kamayib borishi kabilar bioindikator organizrnlar tomonidan tez qayd qilinadi.
Tajriba olib boriladigan hududda imkon darajasida atrof-muhitning holati biodiagnostika qilib boriladi.
l. Fitosenomi yozib o'rganish (davriy bo'lib bir yilda bir marta o'tkaziladi); Bunda:

  • o' simlik qoplami yaruslar bo'yicha;

  • o' simlik turlari soni, foyiz hisobida;

  • eng ko'p tarqalgan o'simlik turi, shkalada 1-5 ball hisobida;

  • o' simliklaming fenologik fazalarini o'rganish;

  • hayotchan turlar, shkalada 1-3ball hisobida;

2. Faunani yozib borish;
Bunda:
-Tuproq va tuproq ostida faunada yashovchi turlar soni (yoz davomida 2-3 marta o'rganiladi);
-qushlar va daraxt kavagiga uya qo'yuvchilar soni ( yoz paytida bir marta sanaladi).
Atrof-muhit va texnogen obyektlarta 'şirini o'rganish monitoringi quyidagi ko'rsatkichlar orqali baholaydi.
Xavoning ifloslanish darajasini baholash (bir yifda bir marta);

  • terak va archalardagi morfologik va anatomik o'zgarishlarga qarab (tashqi ko'rinishi. shoxlarining zararlanishi, o'rtacha bir yilda o'sishi, poya diametrining yo'g'onlashuvi, yillik o'suv muddati, generativ organlarining shakllanishi);

  • qoming kimyoviy tarkibi, atmosfera yog'inlarining tarkibidagi kislotalik miqdori:

  • Chang miqdoriga (bir kecha-kunduzda tushadigan yoki o'tiradigan Chang miqdori);

Tuproqning ifloslanishini baholash darajasi (bir yilda bir marta);

  • indikator o'simliklar orqali tuproqning xosildorligi, namligi, sho'rlanishi, kislotaligi baholanadi;

  • tuproqning xossalari undagi umurtqasiz hayvonlar turiga qarab aniqlanidi, ular tuproqning indikatorlaridir;

  • tuproqning mikrobiologik aktivligi (organik moddalarning parchalanishiga, nafas olishiga, foydali rizobium bakteriyalariga qarab bir mavsumda 2-3 marta);

  • turli o'simliklardagi changchi donalarining sifatini aniqlash (g'uza, bug'doy, pomidor, yovvoyi o'simlik turlari, turli daraxtlar); - suvning ifloslanganligini baholash (yilda 1-3 marta):

  • suvning fizik, kimyoviy xossalariga, o'simlik indikatorlaga, biotik indeksga, suvdagi qattiq moddalar miqdorigi;

tur populyatsiyalarining zichligi - suv havzalarining bioindikatorlari bo'lib ular qancha yuqori bo'lsa shuncha ko•p ball olishi orqali baholanadi.


Download 58,27 Kb.
1   2   3   4   5




Download 58,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ekologik monitonng olib boradigan joylarni tanlash Reja. Monitoring olib boriladigan joyning fizik-geografik ta'rifi Mikroklimat Tuproq

Download 58,27 Kb.