|
-jadval Iqtisodiy xavfsizlikka har xil turdagi tahdidlarning oʻzaro
|
bet | 5/12 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 217,28 Kb. | | #274238 |
4.2-jadval Iqtisodiy xavfsizlikka har xil turdagi tahdidlarning oʻzaro
bogʻliqligi
Manbalari
|
Tahdidlar tavsifi
|
Ichki
|
Tashqi
|
Iqtisodiy manbalar
|
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy va institutsional kamchiliklar bilan shartlangan inqirozli holatlar
|
Tashqi (savdo, moliyaviy) inqirozlarning milliy iqtisodiyotga ta‘siri
|
Siyo
siy manbalar
|
Hokimiyat organlari tomonidan iqtisodiy tizimning barqarorligiga putur yetkazuvchi tadbirlarning amalga oshirilishi; ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlarning ta‘siri
|
Siyosiy bosim oʻtkazish maqsadida tashqi iqtisodiy sanksiyalar qoʻllanilishida xorijiy davlatlar iqtisodiy siyosatining salbiy ta‘sirlari
|
Iqtisodiy xavfsizlikka boʻladigan tahdidlar – mamlakatdagi iqtisodiy holatga salbiy ta‘sir koʻrsatadigan, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklab qoʻyadigan, milliy qadriyatlar va hayot tarziga xavf soladigan hodisa hamda jarayonlardir. Xavfsizlikka tahdidlar tizimi sabab – oqibat bogʻlanishlarining dinamik tizimidan iborat boʻlib, koʻp sonli konturlar, aks aloqalarga egadir. Ularning mavjudligi xavfsizlikka boʻlgan biror-bir aniq tahdidning roʻyobga chiqish natijalarini ahamiyatli darajada kuchaytirishi mumkin. Mazkur xususiyat davlatda koʻp sonli lokal tahdidlarning mavjudligi va ularni oʻzaro ta‘sirlashuvi oqibatida tez koʻpayadigan inqirozli vaziyatlar bilan tavsiflanadigan taraqqiyotining hozirgi zamon bosqichida yorqin namoyon boʻladi. Bunday oʻzaro ta‘sirlashuv namunasi 4.2jadvalda keltirilgan.
Xavfsizlikka tahdidlarning ularning oʻzaro ta‘sirlashuvi va dinamik rivojida koʻrib chiqilgan tasniflash iqtisodiy xavfsizlikni har qanday darajada, ya‘ni davlat, mintaqa yoki alohida olingan korxona miqyosida ta‘minlash masalalarini hal etishga majmuaviy, tizimli yondashish toʻgʻrisidagi xulosaga olib keladi.
Iqtisodiy rivojlanishning muayyan bosqichidagi tahdid turlarining yuqorida koʻrib chiqilgan tasnifi doimiy boʻlmagan va aniq bir vaziyatga tahdidlarning tavsifi va darajalariga bogʻliq boʻlgan katta oʻzgarishlarni boshidan kechirishi mumkin boʻlgan aniq bir ustuvorliklarni ajratib koʻrsatishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni tadqiq etish shuni koʻrsatadiki, ularni aniqlash hamda eng ahamiyatli tasniflarni ajratib koʻrsatish borasida yagona xulosa yoʻq.
|
| |