Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdid omillari tarkibi




Download 217,28 Kb.
bet8/12
Sana09.10.2024
Hajmi217,28 Kb.
#274238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdid omillari tarkibi.
Eksport tovarlariga narxlarning keskin pasayib ketishi yoki aksincha, import tovarlariga narxlarning keskin koʻtarilib ketishi tashqi bozorga gʻoyatda bogʻliq boʻlgan iqtisodiyot uchun oʻta xavfli hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida asosiy tahdidlar rasmiy holda ta‘riflangan. Mudofaa doktrinasiga muvofiq tahdidlar ularning sabablari vujudga keladigan joyga, ya‘ni mamlakat iqtisodiyotida yoki undan tashqarida paydo boʻlishiga qarab ichki va tashqi tahdidlarga boʻlinadi. Xavfsizlik obyektlariga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizlik kengashining asosiy vazifalaridan biridir. Milliy iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlarning manbalari mamlakat hududida, tashqi tahdidlarning manbalari esa davlat chegaralaridan tashqarida joylashgan. Iqtisodiy ichki tahdidlar mazkur mamlakat holati, mamlakatdagi siyosiy jarayonlarning tavsifi, iqtisodiy yoʻnaltirilganlik darajasi, mamlakatda tabiiy resurslarning mavjudligi yoki mavjud emasligi va shu kabilar bilan shartlangan. Bular jumlasiga oʻz-oʻzini saqlab qolish va oʻzoʻzini taraqqiyotda innovatson muqaddimaning zaifligi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning samarasizligi, jamiyatni rivojlantirishning ogʻriqsiz kechadigan yoʻllarni izlab topish uchun qarama-qarshiliklarni ijtimoiy nizolarni yengib oʻtishda manfaatlarning oqilona balansi (muvozanati)ni topishini uddalay olmaslik kabilar kiradi.
Yuqorida keltirilgan ichki tahdidlar orasida iqtisodiyot tarkibining deformatsiyalashuvining kuchayishi iqtisodiyotga sezilarli ta‘sir koʻrsatadigan tahdidlardan biri boʻlib hisoblanadi. Mamlakatda iqtisodiy oʻsishni ta‘minlash uchun birinchi navbatda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish kerak boʻladi. Bunday oʻzgarishlarning mazmuni ishlab chiqarish bilan talab tarkibi oʻrtasidagi mutanosiblikni ta‘minlashda ifodalanadi. Shuni hisobga olgan holda Oʻzbekistonda olib borilgan islohotlar davomida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga alohida e‘tibor berilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish, real sektor korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash kabi masalalar birinchi navbatda hal etiladigan vazifalar sifatida Harakatlar strategiyasidan oʻrin olgan.
Mamlakatda investitsion va innovatsion faollikning susayishi ham jiddiy tahdidlardan boʻlib hisoblanadi. Respublikada iqtisodiyotga boʻladigan bunday tahdidni oldini olish maqsadida faol investitsiya siyosati olib borildi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Dastur ishlab chiqildi. Bu loyihalar yoqilgʻi-energetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va toʻqimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgan texnika hamda texnologiyalarni yangilash, ularni qoʻllab-quvvatlash investitsion jarayonlarni toʻgʻri va samarali amalga oshirishga bogʻliq. Shu boisdan ham, Oʻzbekiston Respublikasi davlat rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Buning uchun markazlashgan, markazlashmagan jamgʻarmalar mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urgʻu berilmoqda.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017-yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini oʻrtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan. Shu jumladan, ma‘nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirishga alohida e‘tibor qaratiladi.
Tashqi tahdidlar savdo borasida jahon bozorida oʻzaro ta‘sirlashuvi sheriklar boʻlishi mamlakatning siyosiy va iqtisodiy sohadagi qarshi kurashi, global iqtisodiy va boshqa muammolarning keskinlashuvi bilan shartlangan. Ular jumlasiga jahon narxlari va tashqi savdoning konyunkturasidagi oʻzgarishlar, soʻm kursidagi keskin tebranish, kapital chiqib ketishidan koʻra, kirib kelishidan ortiqligi; katta miqdordagi davlat qarzi va korporativ qarzning oshib ketishi, importga haddan tashqari qaramlik, xomashyo tovarlarini ortiqcha eksport qilish kiradi.
Tashqi omillar ichki omillar ta‘sirini kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin va aksincha. Chunonchi, tashqi omillarning uzoq vaqt ta‘sir koʻrsatish yoki oʻzaro ta‘sirlashuv turlarining kengayishi Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi iqtisodiy oʻsishining raqobatbardoshlilik va fuqarolar farovonligining oʻsish sur‘atlaridan ortda qolishiga olib keladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashning aniq va ahamiyatli yoʻllarini asoslab berish va uni ta‘minlovchi kuchlarni aniqlash uchun eng muhim boʻlgan zamonaviy tahdidlarni ajratib koʻrsatish gʻoyat muhimdir. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlovchi butun tizimning amaliy xatti-harakatini tashkillashtirish, rejalashtirish va amalga oshirishning asosi tahdid konsepsiyasini tahlil qilish, ichki va tashqi xatar hamda tahdidlarning inqirozli vaziyatlarini hamda boshqa nojoʻya omillarning real va potensial (salohiyatli) tavsiflarni baholashdan iborat. Real va potensial tahdidlar tizimi doimiy boʻlmaydi va bunday tahdidlar paydo boʻlishi hamda yoʻqolib ketishi, koʻpayib va kamayib borishi mumkin, bunda ularning iqtisodiy xavfsizlik ahamiyati ham oʻzgarib boradi.
Har xil tarixiy davrlarda milliy xavfsizlikka boʻlgan tahdidlarning turli komponentlari nisbiy ahamiyati oʻzgarib boradi. Xususan, hozirda tashqi harbiy agressiyaning imkoniyati Oʻzbekiston Respublikasi uchun ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlikdan, iqtisodiy inqirozdan, ekologik va texnologik faoliyatlardan koʻra kamroq xavf soladi. Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizlik vazifalari ustuvorliklarini quydagicha belgilab chiqish lozim:
Birinchi oʻrinda – ichki siyosat va ijtimoiy vazifalar – shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, demokratik jamiyat va davlat asoslarini qurish turadi.
Ikkinchi oʻrinda – erkin va samarali iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash, fuqarolarni farovonligini oshirishdir.
Uchinchi oʻrinda – tashqaridan boʻladigan tahdidlardan, mustaqilligimiz, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida erishilgan gʻalabalarimizni himoya qilish zarurati, ya‘ni tashqi tajovuzlarni toʻxtatib turish va milliy hududimizdan tashqarida hayotiy zarur manfaatlarni ta‘minlash turadi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligiga boʻlgan bosh tahdidlar ichki sohada joylashgan va ijtimoiy-iqtisodiy, etnik, ekologik va boshqa mazmundagi ichki muammolar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi davlati uchun eng katta xavf-xatarni ichki tahdidlar tashkil etadi. Bu quydagi omillarning amal qilishi bilan izohlanadi:

  • Ichki tahdidlar mamlakat iqtisodiy va ayniqsa, moliyaviy kuch-quvvatini zaiflashtirib, armiyani yangi tahdidlarini inobatga olgan holda saqlab turishga va modernizatsiyalashga xalal beradi.

  • Tashqi qarzlarni oʻsishi davlatning iqtisodiy zaifligiga olib keladi. Tashqi qarzlar nafaqat byudjet tanqisligi muammosini hal eta olmaydi, balki tashqi qarzlarga xizmat koʻrsatishga sarflanadigan xarajatlarning koʻpayishiga olib keladi.

  • Ichki tahdidlar, mamlakat ichida tovar ishlab chiqarishning ichki talabini qondirishga qodir emasligi iqtisodiyotning importga, tashqi bozorning tovar va moliyaviy sigmentlariga xos konyunkturasiga va birinchi navbatda, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, xalqaro kreditlar borasidagi qaramlikka olib keladi.

  • Davlat ichki tahdidlarini bartaraf eta olmasa, faol tashqi siyosat olib borishdan, mamlakat ichidagi tovar ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishdan, raqobatbardosh mahsulotlar eksportiga koʻmaklashishdan, yangi tovar bozorlarini egallashidan mahrum boʻladi.

  • Zaiflashib qolgan iqtisodiyot va nochor moliyaviy tizim sharoitida davlat xalqaro moliyaviy tashkilotlarga ta‘sir oʻtkazish imkoniyatini yoʻqotadi.



Download 217,28 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 217,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdid omillari tarkibi

Download 217,28 Kb.