|
Dunyo iqtisodiyotida kuzatilayotgan tendensiyalar
|
bet | 10/12 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 217,28 Kb. | | #274238 |
Dunyo iqtisodiyotida kuzatilayotgan tendensiyalar.
Ayni paytda jahon bozori, xalqaro xoʻjalik munosabatlari va institutlari milliy xoʻjalik tizimlarining oddiy davomi, ularning yigʻindisi emas, balki ulardan tubdan farq qiluvchi tashkiliy tuzilma boʻlib hisoblanadi. Iqtisodiy globallashuv bir qator xususiyatlarga ega:
Birinchidan, keyingi yillarda dunyoda sodir boʻlgan siyosiy oʻzgarishlar natijasida jahon xoʻjaligining universallashuvi, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan iqtisodiy makonning kengayishi.
Ikkinchidan, kapital harakatining erkinlashuvi hamda moliya tizimlari va valyuta nazoratini tartibga solishning qiyinlashuvi. Ushbu jarayonlarning ta‘siri natijasida xalqaro savdo hajmlari, mamlakatlar oʻrtasida moliyaviy va sarmoya oqimlari bir necha barobar oshib bormoqda.
Uchinchidan, milliy xoʻjaliklarning iqtisodiy jihatdan ochiqligining ortib borishi. Bunday holat dunyoda iste‘mol qilinayotgan tovar va xizmatlarning oʻrta hisobda deyarli yarmi toʻla yoki qisman iste‘mol qilinayotgan mamlakatlardan tashqarida ishlab chiqarilishini ifoda etadi.
Toʻrtinchidan, ishsizlikka va mamlakatlarning ish bilan bandlikning barqaror yuqori darajasini ta‘minlash qobiliyatiga ta‘siri bilan bogʻliqdir. Hozirgi kunda ilm talab qiladigan va yuqori texnologiyali tarmoqlar yuqori malakali, lekin kam miqdorda ishchi kuchi talab etadi. Keyingi yillarda mehnat, material va energiya talab etadigan tarmoqlarda band boʻlgan past va oʻrtacha malakaga ega boʻlgan xodimlar soni qisqarib bormoqda. Ularning bir qismi xizmat koʻrsatish sektorlariga oʻtmoqda, lekin katta qismi ishsizlar qatoridan joy olmoqda.
Beshinchidan, iqtisodiy jarayonlarning global muammolar, jumladan, resurslarning cheklanganligi, demografik vaziyatning va oziq-ovqat muammolarining keskinlashuvi, rivojlangan mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi texnologik hamda intellektual salohiyatdagi tafovutning chuqurlashuvi, daromadlar boʻyicha tabaqalashuvning kuchayishi, ekologik muammolarning keskinlashuvi bilan bogʻliqligidir.
Globallashuv tarafdorlari ushbu jarayonda ishtirok etadigan barcha mamlakatlar undan foyda koʻradi, degan fikrni bildiradilar. Biroq real hayotda global munosabatlarning ustunliklaridan asosan rivojlangan mamlakatlar manfaat koʻrmoqda.
Globallashuv ma‘lum ma‘noda iqtisodiyotning qutblashuvini kuchaytiradi. Mashhur venger iqtisodchisi M.Shimaining hisobkitoblariga koʻra, 1995-yilda jahon YAIMning 80 foizi dunyo aholisining 14,5 foizi yashaydigan 24 mamlakat tomonidan, 15 foizi dunyo aholisining 31,5 foizi toʻgʻri keladigan 63 mamlakat tomonidan oʻzlashtirilgan. Jahon YAIMning bor yoʻgʻi 5 foizi dunyo aholisining yarmidan koʻpi, ya‘ni 55,5 foizi istiqomat qiladigan 45 mamlakat tomonidan oʻzlashtirilgan2. 2005-yilda dunyo boʻyicha olingan daromadning bor yoʻgʻi 39 foizi dunyo aholisining 84 foizi yashaydigan jon boshiga eng past va oʻrtacha daromadli mamlakatlar ulushiga toʻgʻri kelgan. MDH hissasiga jahon Yalpi ichki mahsulotning bor-yoʻgʻi 4,1% toʻgʻri keladi, YI mamlakatlarining ulushi esa 24%ni tashkil etadi.
|
| |