|
-jadval Tahdidlarning tasniflanishi
|
bet | 4/12 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 217,28 Kb. | | #274238 |
4.1-jadval Tahdidlarning tasniflanishi
Tasniflash belgisi
|
Tahdidlarning asosiy turlari
|
Tahdidlarning obyektga nisbatan joylashuvi
|
Ichki va tashqi
|
Yuzaga kelish sohasi
|
Huquqiy, harbiy-siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy, ilmiytexnikaviy
|
Obyektning miqyosi
|
Korxonalar va shaxslarning iqtisodiy xavfsizligiga boʻlgan xalqaro, milliy
|
Mavjud boʻlish vaqti
|
Dolzarb va salohiyatli(potensial)
|
Roʻy berishlar soni
|
Doimiy va tasodifiy
|
Muqarrarlik darajasi
|
Oshkora va yashirin
|
Roʻyobga chiqish ehtimoli
|
Real va potensial
|
Bashorat qilish imkoniyati
|
Bashorat qilish mumkin va bashorat qilib boʻlmaydigan
|
Obyektga ta‘siri
|
Aktiv va passiv
|
Oqibatlari
|
Umumiy va lokal
|
Kutilayotgan zararning miqdori
|
Halokatli, ahamiyatli darajada qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan
|
Inson faoliyatiga munosabati
|
Obyektiv va subyektiv
|
Tahdid obyektlariga – tahdid manbai ta‘sir etishi mumkin boʻlgan tashkiliy tuzilmalar, jismoniy va yuridik shaxslar, xoʻjalik subyektining moddiy va nomoddiy aktivlarining hisob birliklari (texnik va infratuzilma obyektlari, koʻchmas mulk obyektlari, tovar va moddiy boyliklar, naqd pullar qimmatbaho qogʻozlar, hujjatlashtirilgan majburiyatlar, axborot resurslar va h.k.) kiradi.
Tahdid predmeti – tavakkalchilik hodisasi natijasida sarflanadigan (yoʻqotiladigan) xoʻjalik subyektining resurslari (ijtimoiy-iqtisodiy tizimi) boʻlib hisoblanadi.
Iqtisodiy sohada tahdidlarning manbai boʻlib, davlat va jamiyat taraqqiyotiga bogʻliq boʻlgan, individual va korporativ manfaatlar emas, balki umumjamiyat manfaatlari boʻlgan davlatning iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishga tahdid soluvchi yuridik va jismoniy shaxslar boʻlib hisoblanadi. Xavfsizlikka tahdid shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlariga xavf-xatar soluvchi yalpi shart-sharoitlar va omillar yigʻindisiga aytiladi.
|
| |