• 4.2-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etuvchi ichki tahdidlar.
  • Iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etuvchi ichki va tashqi tahdidlar




    Download 217,28 Kb.
    bet6/12
    Sana09.10.2024
    Hajmi217,28 Kb.
    #274238
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etuvchi ichki va tashqi tahdidlar
    Iqtisodiy tahdidlar umumlashtirilgan holda ichki va tashqi tahdidlarga ajratilib oʻrganiladi. Iqtisodiy tahdidlar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga, jamiyat, davlat, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, fuqarolarning iqtisodiy manfaatlariga bevosita xavf tugʻdiradi. Bu tahdidlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishni izdan chiqarib, aholining turmush darajasini pasayib ketishiga olib keladi, jamiyat hayotida tanglik holatlarini keltirib chiqaradi, ijtimoiy barqarorlikka putur yetkazadi.
    Ichki tahdidlar jumlasiga mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishga qodir emasligi, taraqqiyotda innovatsion asoslarning zaifligi, qarama-qarshiliklar va ijtimoiy ziddiyatlarni hal etishda manfaatlar balansiga erisha olmaslik kabilar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasida barcha ichki tahdidlar quyidagi toʻrtta yirik blokka boʻlinadi.

    4.2-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etuvchi ichki tahdidlar.
    Jahon narxlari va tashqi savdodagi oʻzgarishlar, kirib kelayotgan kapital (xorijiy investitsiyalar) hajmidan mamlakatdan chiqib ketayotgan kapital hajmining ortib ketishi, tashqi qarz miqdorining kattalashib ketishi, importga bogʻlanib qolish, eksport tarkibida xomashyo mahsulotlari ulushining oshib ketishi tashqi tahdidlar qatoriga kiradi.
    Agar mamlakat ichidagi tahdidlarning oldi olinmasa, ular bartaraf etilmasa, ichki tahdidlar iqtisodiyotni tashqi tahdidlarga sezuvchan qilib qoʻyadi. Ichki tahdidlar davlatni iqtisodiy va moliyaviy jihatdan zaiflashtirib, harbiy sohada tahdidlarni kuchayishiga olib keladi. Davlatning iqtisodiy jihatdan zaif boʻlishi mamlakatni xalqaro moliyaviy tashkilotlarga qaram boʻlib qolishiga olib keladi. Bunda davlatning byudjet mablagʻlari ijtimoiy majburiyatlarni bajarishga, masalan, byudjet sohasi xodimlariga ish haqi toʻlash, pensiya, nafaqalar berishga ham yetmay qolishi mumkin. Ichki tahdidlar milliy tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan ichki talabni qondira olmaslik natijasida iqtisodiyotni importga, tashqi bozor konyunkturasiga bogʻliqligini kuchaytirib qoʻyadi. Davlatning ichki tahdidlarga qarshi turish qobiliyatining sust boʻlishligi uni samarali tashqi siyosat olib borishdan mahrum qilib qoʻyadi va milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlay olmaydi, raqobatbardosh mahsulotlar eksportini ragʻbatlantirib, yangi tovar bozorlarini egallay olmaydi.
    Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi:

    • ilgarigi tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalashgan iqtisodiyotning meros qolganligi;

    • koʻpchilik tarmoqlarning qoloq texnologik bazaga, yuqori energiya va resurs sigʻimiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi;

    • iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi;

    • yuqori darajadagi inflatsiya;

    • infratuzilma obyektlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va mustahkam emasligi;

    • mineral xomashyo bazalarining kam oʻrganilganligi va xoʻjalik oborotiga tortilish imkoniyatlarining yetarli emasligi;

    • mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fantexnika rivojlanishining ayrim yoʻnalishlarida ilgʻor oʻrinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat obroʻsining (prestijining) tushib ketishi;

    • ichki bozorlardan chet el firmalari tomonidan vatanimizdagi tovar ishlab chiaruvchilar mahsulotlarining, shu jumladan, iste‘mol tovarlarining siqib chiqarilishi;

    • hududiy separatizm tendensiyasi va boshqarish qarorlarini qabul qilishda tarmoq lobbizmining yuqori darajadaligi;

    • investitsion faollikning pastligi;

    • kapital xarajatlar oʻrniga joriy xarajatlarni afzal koʻrish;

    • sotsial konflikt (ziddiyat)larning kelib chiqish xavfining mavjudligi. Bunday ijtimoiy ziddiyatlar mehnatga haq toʻlash mexanizmining takomillashmaganligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, aholi oʻrtasidagi tabaqalanishning keskinlashib ketishi, aholi bilim darajasi va sifatining pasayishi tufayli vujudga keladi;




    Download 217,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 217,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etuvchi ichki va tashqi tahdidlar

    Download 217,28 Kb.