|
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillar
|
bet | 7/12 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 217,28 Kb. | | #274238 |
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillar.
qonunchilikning rivojlanmaganligi, bir qancha iqtisodiy subyektarning ichki va tashqi bozorda monopol holatda ekanligi va gʻayriqonuniy faoliyat koʻrsatishi hamda ularning huquqiy intizomlarining pastligi;
iqtisodiyot subyektarining moliyaviy va shartnomaviy intizomlarining pastligi;
iqtisodiyotning kriminallashuvi va uni boshqarishda korrupsiyaning kuchayishi;
daromadlarni yashirish va soliq toʻlashdan qochish hollarining koʻpayishi;
-moliyaviy mablagʻlarni chet ellarga noqonuniy tarzda oʻtkazish (4.3- rasm.)
Tahdid ichki omillari, oʻz navbatda, ikki guruhga ajratish mumkin:
iqtisodiy tizimning siklik rivojlanish qonuniyatlariga bogʻliq tahdid omillari;
siklik rivojlanish qonuniyatlariga bogʻliq boʻlmagan omillar.
Birinchi guruh omillari harakati oqibatida ma‘lum sharoitlarda makroiqtisodiyot darajasida salbiy oqibatlar kelib chiqib, davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin.
Ikkinchi guruh omillari harakati esa uzoq muddatli davrda xoʻjalik tizimi muhim elementlarining takror ishlab chiqarilishi sharoitida toʻplangan noxush tendensiyalar tufayli yuzaga keladi.
Bu noxush tendensiyalar quyidagilarda namoyon boʻladi:
mamlakatning ishlab chiqarish, innovatsion va ilmiytexnikaviy salohiyatdan foydalanish darajasi va samaradorligi;
xoʻjalik yuritish va boshqarishning iqtisodiy munosabatlari;
ijtimoiy soha;
atrof-muhit holati;
mamlakat hududlaridagi ahvol.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida tanglik holati chuqurlashib, ishlab chiqarish keskin qisqarib ketdi. Bunday holatning oʻziyoq iqtisodiy xavf tugʻdirdi. Chunki ishlab chiqarishning qisqarishi, ichki bozorda tovar va xizmatlar miqdorining kamayib ketishi oqibatida ularning oʻrniga xorij tovarlari, ayniqsa, arzon, sifatsiz tovarlar kirib keldi. Ichki bozordan siqib chiqarilgan milliy tovarlarning oʻrnini tiklash nihoyatda ogʻir boʻldi.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
eksport tarkibida xomashyo tovarlarining ustuvorligi, an‘anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yoʻqotilishi;
mamlakatning koʻp turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramligi, bogʻliqligi;
tashqi qarzlarning oʻsib borishi;
eksport va valyuta nazoratining yaxshi yoʻlga
qoʻyilmaganligi, bojxona chegaralarining yopiq emasligi;
raqobatga bardoshli eksportni qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy va axborot infratuzilmalarning
rivojlanmaganligi hamda import tarkibining ratsional emasligi;
eksport-import operatsiyalariga xizmat koʻrsatuvchi transport infratuzilmalarining rivoj topmaganligi (4.4-rasm).
|
| |