|
Iqtisodiy manfaatlar va tahdidlar
|
bet | 2/12 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 217,28 Kb. | | #274238 |
Insonning faoliyatga olib keluvchi motivatsiya, ma‘lum harakatlarni amalga oshirish uchun uni uygʻotuvchi, harakatlantiruvchi kuchlar yigʻindisi sifatida tushuniladi. Bu kuchlar insonning oʻzida va uning tashqarisida joylashgan boʻlib, uni anglagan yoki anglamagan holda ayrim harakatlarni qilishga majbur etadi. Bunda alohida kuchlar va inson harakati oʻrtasida juda murakkab oʻzaro munosabat tizimi turadi, natijada har bir inson bir xil kuchlar ta‘siri ostidagi bir xil harakatlarga turlicha munosabat va ta‘sir bildiradilar.
A.Maslou inson ehtiyojlarining murakkabligi va ularning motivatsiyaga ta‘sirini aniqladi. Uning fikricha, inson ehtiyojlarini beshta asosiy toifaga boʻlish mumkin. Uning zamondoshi, Garvard universiteti ruhshunos olimi Murrey Maslouning fikriga asoslanib, ehtiyojlarning ierarxiyasini shakllantirdi.
Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi qat‘iy tuzilmaga ega. Uning fikricha, quyi darajadagi ehtiyojlar insonning xulqiga yuqori darajadagi ehtiyojlardan avval ta‘sir etadi va ularning qondirilishi keyingi darajadagi ehtiyoj motivatsiyasini keltirib chiqaradi. Har bir aniq paytda inson shu vaqtda uning uchun muhim boʻlgan va kuchli sezayotgan ehtiyojini qondirishga intiladi. Keyingi darajadagi ehtiyoj inson xulqida kuchli omilga aylanishi uchun quyi darajadagi ehtiyoj qondirilgan boʻlishi kerak.
Inson oʻz ehtiyojlari va ularni qondirish zarurligini anglaganda manfaat yuzaga keladi. Manfaat esa mehnatga, faoliyatga undovchi motivatsiyani vujudga keltiradi. Iqtisodiy manfaatlarni roʻyobga chiqarishning ichki va tashqi shartsharoitlari mavjud boʻlib, ichki sharoitlarga shaxsning rivojlanishi, konstitutsion tuzumning mustahkamlanishi, mamlakat
hududlarining yaxlitligi va boʻlinmasligini ta‘minlash hamda xoʻjalik va boshqa faoliyatlar: favqulodda vaziyatlar, tabiiy ofatlar, falokatlar ta‘sirida vujudga keladigan noxush ekologik holatlardan kishilar salomatligini saqlash kiradi. Tashqi sharoitlarga esa sherikchilik va oʻzaro hamkorlik asosida xalqaro aloqalarning samarali tizimini shakllantirish va rivojlantirish, tashqi agressiyalarni qaytarish imkoniyatlarini ta‘minlash, oʻzining iqtisodiy, harbiy-siyosiy, intellektual salohiyatiga mos ravishda xalqaro hamjamiyatda oʻziga munosib oʻringa ega boʻlish kiradi. Ushbu iqtisodiy manfaatlarning roʻyobga chiqishiga toʻsqinlik qiluvchi turli-tuman tahdidlar, xavf-xatarlardan himoya qilish davlat zimmasiga yuklatilgan.
Iqtisodiy manfaatlarga tahdidlar ularning ta‘sirida vujudga keladigan noxush va salbiy oqibatlar bilan bogʻliq ravishda qaralib, xavf-xatar manbai sifatida izohlanadi.
|
| |