|
Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta‘siri
|
bet | 9/12 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 217,28 Kb. | | #274238 |
Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta‘siri
XX asrning oxirgi choragida jahon hamjamiyatining iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalardagi rivojlanishi globallashuv jarayonlari ta‘sirida amalga oshdi. Globallashuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati birinchi navbatda xoʻjalik taraqqiyotining manbalari, omillari hamda shakllari bilan bogʻliqdir. Bu yerda gap sarmoyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi, intellektual hamda moliyaviy resurslar, boshqaruv va boshqalar toʻgʻrisida ketmoqda. Ushbu jarayonlar xalqaro savdo va investitsiya hajmlarining oʻsishi, jahon moliya bozorlari va ishchi kuchi bozorlarining misli koʻrilmagan tarzdagi diversifikatsiyasi, jahon xoʻjalik aloqalarida transmilliy korporatsiyalar rolining oshishi, global raqobatning keskinlashuvida namoyon boʻlmoqda.
Globallashuv iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga oʻtish davrining mahsuli boʻlib hisoblanadi. Demak, globallashuv jahon hamjamiyatining bugungi kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayondir. Jahon banki ma‘lumotlariga koʻra, 1995-yildayoq dunyo aholisining 90 foizi globallashuv jarayonlariga tortilgan.
―Globallashuv‖ iborasi birinchi marta 1983-yilda T. Levitt tomonidan qoʻllangan. U ―koʻpmillatli yirik korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozorlarining qoʻshilib ketish hodisasini‖ globallashuv iborasi bilan ifodalagan1. Bugungi zamonaviy dunyo qiyofasini oʻzaro uygʻunlik va teng huquqlilikning barqarorligini belgilab beruvchi sivilizatsiyalar hamda madaniyatlarning ayri holda mavjud boʻlishi tarzida tasavvur qila olmaymiz. Bu jarayonda turli madaniyatlar hamda sivilizatsiyalarning global tarzda ta‘sirlashuvi sharoitida oʻziga xos jihatlarga ega boʻlgan madaniyatlar hamda sivilizatsiyalarning global ahamiyati ortib boradi. Mana shunday bir sharoitda mahalliy madaniyat va sivilizatsiyalarning oʻziga xosligini saqlab qolish oʻta muhim ahamiyat kasb etadi.
Globallashuv – baynalmilallashuvning eng yangi bosqichi boʻlib, unda dunyo xoʻjaligi yagona iqtisodiy organizmga aylana boshlaydi. Mamlakatlararo tovar va xizmatlar, kapital va axborot oqimlarining, xalqaro miqyosda mehnat resurslari harakatchanligining keskin oʻsib borishi globallashuvning xarakterli xususiyatlaridan biridir.
Keyingi davrlarda ishlab chiqarishning milliy bozorlarga emas, koʻproq dunyo bozorlariga yoʻnaltirilganligi dunyo iqtisodiyoti globallashuvining hozirgi bosqichini harakatlantiruvchi kuchi boʻlib hisoblanadi. Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta‘siri masalalarini oʻrganishda ―iqtisodiy globallashuv‖ muammosiga koʻproq ahamiyat berish kerak boʻladi.
Transmilliy korporatsiyalarning oʻsib borishi, ya‘ni ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, xalqaro miqyoslarda pul koʻrinishidagi kapitalning turli shakllarda harakat qilishi ―iqtisodiy globallashuv‖ tushunchasiga sifat jihatdan yangi mazmun baxsh etdi.
|
| |