|
Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi
|
bet | 11/12 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 217,28 Kb. | | #274238 |
Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi.
Globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligi – koʻp qirrali tushuncha boʻlib, hozircha uning yagona talqini qabul qilinmagan. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi kuchayib bormoqda.
Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash nafaqat mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim masalalardan biriga aylanib boradi. Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta‘sir koʻrsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni bashorat qilish va bartaraf etish qiyinlashib boradi. Bir paytning oʻzida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan aniq mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf-xatarlar vujudga keladi.
Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini keng xalqaro hamkorliksiz ta‘minlash mumkin emas. Chunki yuzaga kelayotgan muammolarni faqat milliy vosita va mexanizmlar yordamida hal etib boʻlmaydi. Shu bois ―milliy iqtisodiy xavfsizlik‖ va ―xalqaro iqtisodiy xavfsizlik‖ kabi tushunchalar oʻrtasida aloqadorlik kuchayib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning muhim sharti sifatida qaraladi.
Globallashuv mamlakatlar iqtisodiyotini tashqi omillar ta‘siriga ochiq qilib qoʻyadi. Masalan, XX asr 70-yillarining oʻrtalarida OPEK a‘zolarining xatti-harakatlari natijasida neft mahsulotlariga jahon narxlari oshib ketdi. Jahon miqyosida energiya iste‘molining muntazam oʻsib borganligi va energiya resurslarining cheklanganligi sharoitida koʻp mamlakatlar oldida energetika xavfsizligini ta‘minlash muammosi dolzarb boʻlib qoldi.
XX asr 70-yillarining boshlarida Bretton-Vuds xalqaro valyuta tizimining parokandalikka yuz tutganligi va 1976-yilda Yamayka kelishuvlari asosida ―suzuvchi‖ valyuta kurslariga oʻtilganligi, rivojlangan mamlakatlar tomonidan kapital harakatlari ustidan nazoratni sekin-asta susaytirilganligidan dalolat beradi.
Oʻtgan asrning 80-90-yillarida Lotin Amerikasi va Janubisharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida sodir boʻlgan hamda jahon moliya bozorlarida halokatga olib kelgan inqirozlar natijasida moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash zaruriyati paydo boʻldi.
Yer yuzi aholisi sonining koʻpayib borishi, buning natijasida xomashyo va mahsulotlarga boʻlgan talabning oshishi va natijada chiqindilarning katta miqdorda toʻplanib borishi atrof-muhitga salbiy ta‘sir koʻrsata boshladi. Bu jarayonlar global xarakterga ega boʻlganligi bois, dunyo miqyosida tahdidga aylanib, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash zaruriyatini keltirib chiqardi.
Oʻzbekiston Respublikasida va jahonning ayrim mamlakatlarida hamda mintaqaviy guruhlarida iqtisodiy oʻsish sur‘atlari toʻgʻrisidagi ma‘lumotlaridan koʻrinadiki, tadqiq qilinayotgan davrda jahon iqtisodiyoti oʻrtacha yillik 3,5% oʻsishni tashkil etmoqda. Xususan, jahon xoʻjaligining iqtisodiy oʻsish sur‘atlari 2012-yilda 3,5 foizga, 2014-yilda 3,4 foizga, 2016-yilda 3,1 foizga, 2018-yilda 3,1 foizga oʻsgan boʻlsa, 2020yilda bu koʻrsatkich 3,2 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, tashkilotning prognoz ma‘lumotlariga koʻra jahon xoʻjaligining iqtisodiy oʻsish sur‘atlari 2021-yilda 3,5 foizni 2022-yilda 3,9 foizni tashkil etishi koʻzda tutilgan.
Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotida rivojlangan davlatlarda iqtisodiy oʻsish sur‘atlarining pasayishi va aksincha, rivojlanayotgan davlatlarda ayniqsa, Hindiston va Xitoyda oʻsish sur‘atlarini yuqori darajada ekanligi bilan tavsiflanadi. Natijada Hindiston YAIM 2018-yilga kelib, 2000-yilga nisbatan 303,1%ga, Xitoy YAIM 412,3%ga oʻsdi. Buning asosiy omili boʻlib tadqiq etilayotgan davrda globalizatsiyaning ta‘siri natijasida jahon mamlakatlari guruhlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni taqsimlanishida rivojlangan davlatlar ulushi 20052007-yillarda 66%dan 2020-yilga kelib 41%ga tushib qolganligi va aksincha rivojlanayotgan davlatlarning ulushi 30%dan 55%gacha oʻsganligi bilan baholash mumkin.
Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotining muhim mintaqaviy guruhlari boʻlgan rivojlangan, rivojlanayotgan va MDH davlatlarining iqtisodiy koʻrsatkichlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi YAIM hajmini yuqori sur‘atlarda oʻsish tendensiyasiga ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Jahon bankining ma‘lumotlariga koʻra, COVID-19 pandemiyasi va u yuzaga keltirgan inqiroz butun jahon ishlab chiqarishida 9 trillion AQSH dollariga teng yoʻqotishlarga, 500 milliondan ortiq ish oʻrinlarining qisqarishiga sabab boʻldi. Afsuski, ushbu salbiy holat mamlakatimizni ham chetlab oʻtgani yoʻq 3. Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining hisob-kitoblariga koʻra rivojlangan mamlakatlarning YaIM oʻsish sur‘ati 2021-yilda 5,1% ni 2022yilda esa 3,6% ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Bozor qiqtisodiyoti shakllanayotgan va riojlanayotgan mamlakatlarning YaIM 2021-yilda 6,7% ga, 2022-yilda esa 5% ga oʻsishi kutilmoqda 4.
Ekologik jihatdan sof texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkor joriy etish, iqlim oʻzgarishlarining salbiy oqibatlari va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish tadbirlarini moliyalashtirishni qoʻllab-quvvatlash va rivojlanish maqsadida rasmiy koʻmak koʻrsatish, soliq va soliqqa tortish borasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashish, xalqaro moliyaviy xavfizlikni ta‘minlash, qochoqlar va migrantlar bilan bogʻliq muammolarni hal etish borasida xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish talab etiladi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida qayd etish mumkinki, O‘zbekiston yuritayotgan ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Qo‘shni davlatlar O‘zbekistonning ishonch va yaqin qo‘shnilik muhitini yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholamoqda, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqani barqaror, xavfsiz, hamkorlikda gullab-yashnagan makonga aylantirishga tayyorliklarini izhor qilmoqda. Bu esa mintaqa davlatlari iqtisodiyotlarning tezkor taraqqiyotiga yordam beradi.Global tahdidlarga bag’ishlangan tahlilnomaga ko’ra, hanuz davom etayotgan iqtisodiy inqiroz sababli ko’plab mamlakatlar ekologik muammolarni hal qilishga ojiz. Dunyo bo’ylab boy va kambag’allar o’rtasidagi jarlik yanada kengayishi, hukumatlar qarzi kattalashib borishi bashorat qilinmoqda.
Mualliflardan biri Li Xauellning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, bugungi kunda ekologiyaga e’tibor past. Hammaning diqqati byudjet muammolarida.
“Tabiiy ofatlar tez-tez kuzatilayotganiga aslida atmosferani bulg’ayotgan gazlar sababchi. Iqlim o’zgarishiga tayyorlanmaslik jiddiy muammo, chunki xalqaro hamjamiyat ayni damda hammani tashvishlantirayotgan masalalar, xususan iqtisodga e’tibor qaratib, byudjet qanchaga yetishi va nimaga sarflanishi kerakligini o’ylayapti. Vaholanki, ekologik muammolarni hal etish uchun uzoq muddatli sarmoyalar zarur, infratuzilma yangilanishi kerak”, - deydi Xauell.
To’fon-u dovullardan tiklanishga millionlab dollar mablag’ sarflanyapti, lekin inqiroz paytida bunday loyihalarga qo’shimcha pul topish qiyin, deydi Li Xauell, kelajakni ko’zlashni tavsiya etib.
Jahon iqtisodiy forumi tahlilnomasida global tahdidlar iqtisod, ekologiya, geosiyosat, jamiyat va texnologiya singari kategoriyalarga bo’lingan. Hammasi bir-biriga bog’liq.
Masalan, organizmda antibiotik preparatlarga qarshilik kuchayayotgani ham xavf sifatida sanab o’tilgan.
“Bu intellektual mulk tizimidagi nuqsonlar bilan bog’liq masala. Qanday tibbiy preparatlar ustida izlanishlarni davom ettirish keragu, qaysilarini to’xtatish lozim? Ikkinchidan, agar global epidemiya boshlansa, antibiotiklar samaradorligi asosiy masalaga aylanadi. Epidemiya boshlansayu, uni davolaydigan dori bo’lmasa, haqiqiy fojia bo’ladi”, - deydi tadqiqot muharriri Li Xauell.
Tahlilnomada keltirilgan ma’lumotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, global tahdidlarga yoshlarning e’tibori keksalarga qaraganda kuchliroq. Tezkor choralar ko’rish kerak, degan bayonotlar, ayniqsa, Shimoliy Amerikada balandroq yangramoqda.
Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o’z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la boshlagan. Iqtisodiy xavfsizlik o’zining ob’ekt va sub’ektlariga ega bo’lib, uning ob’ekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik obektlariga quyidagilar kiradi: - tabiiy boyliklar; - inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi; - ishlab chiqarish fondlari; - ko’chmas mulk; - moliyaviy resurslar; - xo’jalik tizimlari; - mintaqalar; - oila; - inson. Iqtisodiy xavfsizlik subektlari quyidagilardan iborat: - funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari; - soliq xizmatlari; - bojxona xizmatlari; - banklar; - birjalar; - sug’urta kompaniyalari; - qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo’mita va komissiyalari; - mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko’rsatuvchilar; - iste’molchilar jamiyatlari. Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud: - ishlab – chiqarish –texnologik sohalardagi xavfsizlik; - sanoat sohasidagi xavfsizlik; - oziq-ovqat xavfsizligi; - demografik xavfsizlik; - moliyaviy xavfsizlik; - axborot xavfsizligi; - tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xavfsizlik va h.k. Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi indikatorlari ajratib ko’rsatiladi: 5 - yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi; - aholining turmush darajasi va sifati; - inflyatsiya darajasi; - ishsizlik darajasi; - iqtisodiyot tarkibi; - davlat qarzi; - jamiyatning mulkiy tabaqalanishi; - iqtisodiyot va jamiyatning kriminallashuvi; - ishlab chiqarishning texnik va texnologik holati; - raqobatbardoshlik; - importga bog’langanlik; - xufiyona iqtisodiy faoliyat miqyosi; - oltin valyuta zahiralari. Iqtisodiy xavfsizlikni mezonlarga asoslangan holda o’rganish deganda, iqtisodiyot holatini umumlashtirilgan holda, ya’ni resurs salohiyati va uning rivojlanish imkoniyatlari, resurslardan foydalanish samaradorligi darajasi, raqobatbardoshligi va hokazolarni baholash tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi bo’lganligi bois ham uni ta’minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
|
| |