|
Hujum harakatlarini optimal hajmi, turli-tumanligi
|
bet | 3/6 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 16,71 Kb. | | #103287 |
Bog'liq Mavzu Kurash turlarida taktik tayyorgarlik to\'g\'risida tushunch-fayllar.orgHujum harakatlarini optimal hajmi, turli-tumanligi va samaradorligi
YUqori malakali kurashchilar egallashi lozim bo’lgan hujum texnik-taktik harakatlari minimumi to’g’risida hozirga qadar yagona fikr yo’q. SHunday davrlar bo’lganki, bunda kurashchilar bitta “shoh” usulni egallaganlar va uni muvaffaqiyat bilan qo’llaganlar. Biroq bunday taktika takomillashib borgan va turli taktik harakatlar bilan boyib kelgan. “SHoh” usul turli dastlabki (start) holatdan turib har xil ushlashlar bilan hamda taktik tayyorgarlikning turli usullaridan so’ng amalga oshirila boshlandi.
Ayrim kurashchilar har doim bitta “shoh” usul bilan yakunlanadigan 30 ta taktik harakat usullarini ishlab chiqqanlar. SHu bilan birga hujumni muvaffaqiyatli yakunlashning bir qancha usullarini egallagan buyuk kurashchilar ham paydo bo’la boshladi.
Bunday kurashchilar, odatda, eng yaxshi texnika uchun sovrinlar bilan mukofotlangan. Biroq yirik musobaqalarda raqobatning o’sib borishi shunga imkon yaratdiki, yuqori malakali kurashchilar, o’z texnik-taktik harakatlari ichida “shoh” usulni saqlab qolgan holda, taktik imkoniyatlarini kengaytirib borganlar. Ayrim kurashchilar ikkita, ba’zan esa uchta “shoh” usullarni egallab oldilar.
Zamonaviy kurash texnikasini tadqiq qilish shuni ko’rsatadiki, buyuk kurashchilar bitta musobaqa davomida turli hujum texnik-taktik harakatlarining 16-20 ta variantini qo’llaydi. Bundan tashqari, kuchli kurashchilar yetarli darajada samarali va ishonchli hujum qiladilar. Hujum taktik jihatdan yaxshi tayyorlangan paytdagina, ular maksimal kuch va tezkorlikni ishlatadilar. Katta kuchni talab etmaydigan taktik harakatlarni qo’llayotib, kurashchilar kuchni tejaydilar va bellashuv oxirigacha ish qobiliyatini saqlab qoladilar. 50% dan ortiq hujum harakatlarini hakamlar ustunlik sifatida baholaydilar.
Aldamchi haraktalar yordamida hujum havfini solish eng muhim taktik harakat hisoblanadi. Aniq hujum harakatlarining aldamchi hujum harakatlariga 1:2 nisbati 0,5 koeffitsiyenti bilan hujum qilish ehtimolini beradi. Bunday ehtimollikni raqib qiyinchilik bilan tushunib yetadi va aniq hujumga qarshi himoyalanishi qiyin bo’ladi.
Hujum harakatlari variantlari hajmining optimalligi kurashchi texnik-taktik mahoratining muhim tamoyilidir.
Sport amaliyoti texnik-taktik harakatlarning hujum, himoya va qarshi hujum tuzilmalarini ishlab chiqdi. Yirik musobaqalarda 400 ga yaqin usullar variantlari qayd qilingan. Sport kurashining hozirgi zamonda rivojlanish darajasi kurashchidan hamma turdagi texnik-taktik harakatlarni egallashni, ularni qo’llashni va maqsadga muvofiq ravishda o’zaro uyg’unlashtirishni bilishni taqazo etadi. Biroq hujum texnik-taktik harakatlar eng asosiysi hisoblanadi, chunki ular sport kurashi tabiati bilan bog’liq.
Hujumkor taktika - g’alabaga bo’lgan eng to’g’ri yo’l, chunki u zamonaviy qoidalar hamda yirik musobaqalardagi hakamlik qilish uslubiga ko’proq mos keladi. Jahonning eng yaxshi kurashchilari - yorqin ifodalangan hujumkor uslubdagi sportchilardir.
Hujumkor taktika kurashchidan yuqori faollikni talab qiladi. Bunday faollik a’lo darajadagi funksional va ruhiy tayyorgarlika, kombinatsion usuldagi texnik-taktik harakatlarning turli variantlarini qo’llash malakasi, to’xtovsiz aldamchi va hujum harakatlarini lahzali spurt hujumlari bilan almashtirib turilishiga bog’liq.
Hujum harakatlarining yetakchi ahamiyati tamoyili yuqori malakali kurashchilar texnik-taktik tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblandi.
|
| |