2.Kutubxonalarda MARC formatlarining yaratilishi tarixi
MARC 21 yangi asr formati. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishi foydalanuvchilar orasida axborot almashinuv hajmi va sifatini ortishiga olib keldi. Mazkur imkoniyatlar kutubxonachilikka ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Hozirgi kunda, AQSHning ko‘plab ilmiy kutubxonalari o‘z fondiga kelib tushayotgan adabiyotlarning 10—20%nigina mustaqil kataloglashtiradi. Qolgan qismini esa bibliografiyalashtiruvchi tashkilotlar tizimlaridan ko‘chirib oladilar. Bibliografik yozuvlarni almashirish jarayonida, bir tizimdagi axborotni ikkinchi bir
tizimga benuqson olib o‘tishda MARC (Machihe Readable Cataloguing — mashina o‘qiy oladigan kataloglashtirish) formatlarining o‘rni beqiyosdir. Bibliografik axborotlarni EHM yordamida qayta ishlashga mo‘ljallangan formatlarning ilk namunasi sifatida MARCl-loyihasi 1965—1966-yillarda ishlab chiqildi. Loyihaning asosiy vazifasi elektron kutubxona kataloglarini yaratish edi. MARC1-loyihasi bilan bir vaqtda Britaniya milliy kutubxonasi ham BNBMARC formatini ishlab chiqdi. Mazkur format «Britaniya milliy bibliografiyasi»ni yaratishda zaruriy bo‘g‘in sifatida paydo bo‘ldi. 1968-yilda elektron katalogni shakllantirish jarayonida ichki format hamda kommunikativ sifatida foydalanish uchun MARC2 Ingliz-Amerika loyihasi ilgari surildi.
Hozirgi kunda jahonda MARC format oilasiga kiruvchi 50 dan ortiq formatlar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ma’lum bir mamlakat tomonidan, ayrimlari esa bir necha mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilgan. Aynan bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan format asosan shu mamlakatning kataloglashtirish qoidalarini inobatga olgan holda yaratilgan. Bunday formatlarga misol sifatida
USMARC (AQSH),
UKMARC (Buyuk Britaniya),
DANMARC (Daniya),
AUSMARC (Avstraliya),
CANMARC(Kanada),
RUSMARC (Rossiya Federatsiyasi)
kabi formatlarni keltirish mumkin. Bir nechta mamlakatlar hamkorligida ishlab chiqarilgan MARC formatlarga misol sifatida INTERMARC formatini keltirish mumkin. Mazkur format Fransiya va Belgiya tomonidan yaratilgan. MARC formatlarning ko‘payishi boshqa bir muammoni, har xil formatda bo‘lgan bibliografik yozuvlarni bir-biriga mos kelishlik muammosini yuzaga keltirdi. Har xil formatlar asosida ishlovchi muassasalar o‘rtasida bibliografik yozuvlarni (BYo) almashinish nihoyatda qiyinchilik tug‘dirdi. Xalqaro kommunikativ format MARC2ni yaratilishi bu muammoni hal qilish uchun qo‘yilgan ilk qadam edi. 1969-yilda Kopengagenda bo‘lib o‘tgan IFLAning (The International Federation of Library Associations and Institutions — Kutubxonachilik uyushmalari va tashkilotlarining xalqaro federatsiyasi) 35-sessiyasida, nashr ishi davlat bibliografiyasida MARC formatni rivojlantirish loyihasi ko‘rib chiqildi. 1974-yilda Buyuk Britaniyada 12 ta mamlakat vakillari yig‘ilib, MARC tarmog‘ini yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar va milliy bibliografik m a’lumotlarini ayirboshlashni tashkil qilish uchun MARC-UBCIM (Universal Bibliographic Control) xalqaro tarm og‘ini yaratish bo‘yicha xalqaro dastur ishlab chiqildi. 1977-yiIda IFLAning ishchi guruhi tomonidan xalqaro UNIMARC universal
kommunikativ formati ishlab chiqildi. Ushbu formatning ishlab chiqarilishidan asosiy maqsad, mazkur format boshqa MARC formatlar orasida vositachi bo‘lishi edi. Har xil MARC formatlarga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tarmoqlarga UNIMARC formatidagi bibliografik yozuvlarni import-eksport qilish funksiyasi kiritilishi bilan har xil MARC formatdagi bibliografik yozuvlarni almashinish muammosi hal qilindi. 1980-1990-yillarda UNIM ARC va USMARC formatlari takomillashtirildi, mazkur formatlardan foydalanish uchun yo‘riqnomalar va har xil turdagi qollanm alar yaratildi. Bu esa USMARC formatini ham keng tarqalishiga olib keldi. Hatto USMARC formati, ayrim tashkilotlarning ichki formati sifatida ham ishlatila boshladi. Ta’kidlash joizki, bibliografik yozuvlarni USMARCda 200 dan ortiq maydonda, UNIM ARCda 150 maydonda tasvirlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari (25 ga yaqin) maydon ostilari ham mavjud. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ikki formatning moslik darajasi 80% ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda MARC 21 AQSHda juda keng tarqalgan format hisoblanadi. Lekin yoddan chiqarmaslik kerakki, MARC21 formati doimiy yangilanishda. Bunga sabab, hujjatlarning yangi turlarini, axborot tashuvchi moslamalarning yangi turlarini paydo bolishi, telekommunikatsiyaning takomillashuvi, axborotlarni qayta ishlash usullari texnologiyasi va vositalarining takomillashuvidir. Shu o‘rinda, MARC 21 formatiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
1999-yilda USMARC va CANGMARC formatlari sintezidan MARC21 formati yuzaga keldi. Mazkur format shu paytdagi axborot texnologiyalarning imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan. MARC
formati MARC-8 yoki UTF-8 shaklidagi kodirovkali alifbolarni qo‘llab-quvvatlaydi. MARC-8 IS02022ga asoslangan bo‘lib, mazkur kodirovka Yaxudiy, Kirill, Arab, Grek va Sharqiy Osiyo alifbolaridagi yozuvlarni ishlatish imkoniyatini beradi. UTF-8 kodirovkasi Unicode qo‘llab-quvvatlaydigan barcha tillar yozuvlarini tavsiflash imkoniyatini beradi. Mazkur formatdagi yozuvlarni o‘qib tushunish insonlarga qiyinchilik tug‘diradi, bundan tashqari bunday axborotlarni qayta ishlash uchun standart dasturiy vositalar to‘plami mavjud emas. 2002-yilda XML tili asosida MARCXML format ishlab chiqildi. MARCXML formati yuqorida biz ko‘rgan yozuv formatidan farqli o‘laroq, maydonlar bir-biridan maxsus teglar yordamida ajratiladi, bu esa ularni tushunishni
osonlashtiradi. Ma’lumki, hozirgi kundagi zamonaviy dasturlash tillarida
XML formatidagi axborotni qayta ishlovchi standart dasturiy vositalar mavjud. Bundan tashqari Metadata Object Description
Schema (MODS) sxemasi mavjud bo‘lib, u MARCXML yozuvidagi ma’lumotlarni noraqamli tavsiflash, ya’ni matnli teglar yordamida tavsiflash imkoniyatini beradi.
Dublin core formati. Dublin core (DC) — metama’lumotlar to‘plamidan tashkil topgan bo‘lib, kutubxonashunoslik va axborot texnologiyalari sohasidagi standart hisoblanadi. Mazkur standart asosan elektron hujjatlarni, xususan Internet tarmog‘idagi ma’lumotlarni (matnli, ovoz, video, rasm va boshqa shakldagi) tavsiflash hamda ularni izlab topishni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dublin Core Metadata Initiative — metama’lumotlar standartini takomillashtiruvchi, mazkur standartlar- bo‘yicha seminar va har xil tadbirlar o‘tkazuvchi tashkilotdir.
Title — sarlavha;
Creator — resursni ishlab chiqaruvchi (muallif);
Subject — sohasi;
Description — qisqacha ma’lumot;
Publisher — nashriyot;
Contributor — ishtirok qiluvchilar (hammualliflar);
Date — sana;
Type - turi;
Format — format;
Identifier — identifikatsiya (ISBN, ISSN va boshqa raqamlar)
Source — manba (mazkur resurs joylashgan joy);
Language — til;
Relation — bog‘lanish;
Coverage — o‘z ichiga olgan ma’lumotlar;
Rights — mazkur resursga murojaat huquqi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, hozirgi kunda mazkur standart kundan-kunga foydalanuvchilar orasida keng tarqalmoqda. Mazkur standart resurslarni nafaqat kataloglashtirish balki o‘zaro almashinishda ham qulay vosita vazifasini bajarmoqda. Bundan tashqari MARC formatdan farqli ravishda mazkur standartda maydon nomlari so‘zlar bilan belgilanganligi hamda unda maydonlar sonining kamligi tufayli foydalanish jarayonida maxsus bilim talab qilinmaydi. Ushbu bo‘limda biz BY larni kataloglashtirish jarayonida foydalaniladigan MARC formatlarni va DC standartini ko‘rib chiqdik. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, AAKT ishlab chiqarishda ixtiyoriy MARC formatga asoslanish mumkin, biroq boshqa AAKTlar bilan BY almashinish jarayonida UNIMARC yoki MARC21 formatlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Elektron kutubxonalar yaratishda esa MARC formatlarga emas, balki DC standartiga asoslangan ma’qul. Chunki,
mazkur format elektron resurslarni tavsiflash uchun mo‘ljallangan maxsus standart hisoblanadi.
Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida elektron kutubxonalar barpo etish, korporativ tarmoq orqali ma’lumotlar almashish, virtual muhitda xizmat ko‘rsatish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar jahon andozalariga mos, jahon talablari doirasida bajarilishi yuqorida ta’kidlanganidek, muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishda bir qator loyihalar amalga oshirildiki,'ular nafaqat respublika kutubxonachilik ishini rivojlantirishga, balki, jahon
andozalariga mos ravishda shakllantirishga xizmat qilayapti. Shu o‘rinda bu borada Yevropaning yetakchi mamlakatlarida raqamli kutubxonalar barpo etish borasida amalga oshirilgan ish tajribalarini o‘rganish, tahlil etish va o‘z faoliyatimizda qo‘llash elektron kutubxonalarni shakllantirish ishlarini yanada rivojlantirishda katta natija berishi aniq. Shu maqsadda Yevropa mamlakatlarida raqamli kutubxona fondlarini yaratish loyihalarini o‘rganib qisqacha sharhlab o‘tamiz. Yevropada dastlabki raqamli kutubxonalar yaratish loyihasi boshlanganiga o‘n yildan ziyod vaqt o‘tdi. Bu davr mobaynida raqamli kutubxonalar rivojlanishi bolalik davridan yetuklik davrga o‘tib, o‘z rivojlanishining muqobil bosqichiga yetib keldi. Raqamli kutubxonalar tushunchasi, ularning mavjud bo‘lishlik mazmuni haqida fikr yuritar ekanmiz, Internet tarmog‘ida juda ko‘p raqamli kutubxonalarning mavjudligi, ularning ko‘pchiligi qat’iy standartlarga mos emasligini ta’kidlash mumkin.Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanishi juda sermahsul. Oddiy kuzatuvchi sifatida Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanish yo‘nalishlarini, raqamli kutubxonalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarni sharhlaymiz. Yevropa raqamli kutubxonalarining rivojlanish tajribasini o‘rganish asosida mutaxassislar o‘z raqamli kutubxonalarini yaratishdagi faoliyatlarini tizimli tashkil
etishda foydalanamiz.
|