Mavzu: Maktab kutubxonalari xizmatini ko‘rsatishda multimedia resurslarini o‘rni Reja




Download 133 Kb.
bet5/7
Sana03.01.2024
Hajmi133 Kb.
#129716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish axborotning analitigi 1

4.ZiyoNET —axborot taʼlim tarmogʻi.


ZiyoNETOʻzbekistondagi jamoat axborot taʼlim tarmogʻidir.

ZiyoNET („ziyo“ soʻzi arabcha soʻzdan olingan boʻlib, „nur“, „shuʼla“ maʼnosini, „NET“-NETworkning qisqartmasi boʻlib—inglizchadan „toʻr“, „tarmoq“ maʼnosini bildiradi. ZiyoNET" — nur, ziyo tarqatuvchi tarmoq maʼnosini bildiradi.) Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻi 2005-yil 28-sentyabrda tashkil etilgan. ZiyoNET axborot taʼlim tarmogʻi resurslarini yaratish boʻyicha asosiy masʼul etib „Yagona integrator UZINFOCOM“ MCHJ belgilangan.


ZiyoNET jamoat axborot taʼlim tarmogʻi Oʻzbekiston Respublikasi




Prezidenti ning 2005-yil 28-sentyabrdagiPQ-191-sonli „Oʻzbekiston

Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻini tashkil etish tơgʻrisida“gi


Qaroriga muvofiq tashkil topgan .


ZiyoNET tarmogʻining asosiy maqsadi taʼlim oluvchilar uchun taʼlim olish tizimida keng koʻlamli axborot-kommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan iborat. ZiyoNET tarmogʻi yoshlar, murabbiylar, shuningdek barcha portal foydalanuvchilari uchun kerakli axborotlarni jamlash bilan bir qatorda, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli maʼlumotlarni berish, oʻzaro muloqot qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berish vazifasini ham oʻz zimmasiga oladi.


ZiyoNET portali — sayt, ZiyoNETtarmogʻining asosiy resurslari ziyonet.uz manzilida joylashgan.


ID.UZ tizimidan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarga ZiyoNET portali oʻz imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan:



  • uchinchi darajali „zn.uz“ domenida sayt-satellitlarni yaratish;




  • guruhlar yaratish, yaratilgan guruhlarda mavzular yaratish, guruhlarga qatnashchilarni taklif qilish va boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan mavzularda ishtirok etish;




  • „Savollar va javoblar“ boʻlimida oʻz savollarini berish va boshqa foydalanuvchilar bergan savollarga javob berish;




  • „Oʻyinlar“ boʻlimining foydalanuvchilari reytingida ishtirok etish;




  • ZiyoNET axborot resurs tarmogʻining turli tanlovlarida qatnashish

Internet tarmogʻida mahalliy axborot taʼlim resurslarini yaratish va shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim jarayoniga singdirishga koʻmaklashishdan iboratdir.


Yoshlar uchun: ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga; oʻsib kelayotgan yosh avlodning Vatanga muhabbat tuygʻusini, Oʻzbekistonning boy tarixi, xalqning milliy anʼanalari va maʼnaviy qadriyatlarini bilishga asoslangan yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlashga; faol hayotiy mavqega ega boʻlgan barkamol shaxsiy voyaga yetkazishga qaratilgan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish;


Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, yoshlarning maʼnaviy, aqliy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashadigan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tahliliy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-taʼlim hamda boshqa axborotdan keng koʻlamda foydalanishni taʼminlash;


yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, har xil sport turlarini ommalashtirish;


respublika oʻquvchilari va yoshlari uchun masofaviy taʼlim usullarini, boshqa axborot-kommunikatsiya xizmatlarining keng kompleksini taʼlim tizimiga joriy etishda koʻmaklashish.




Tarixi

2006-yilda — ZiyoNET tarmogʻi Resurs markazi portalining birinchi talqini ishlab chiqildi va www.ziyonet.uz manzili boʻyicha ishga tushirildi.


2007-yil avgustda — ZiyoNET portali tubdan oʻzgartirildi va uning 2-talqini yaratildi. Uning bosh sahifasida oxirgi maʼlumotlar va Kutubxonada joylashtirilgan materiallar hamda muhokama uchun mavzular koʻrsatila boshlandi.


2007-yil oktyabrda — ZiyoNET barcha foydalanuvchilar uchun bepul sayt-satelitlarni yaratish imkoniyatini yaratdi.


2008-yilda — saytning asosiy sahifasi takomillashtirildi va bosh sahifada sayt-satelitlarlarda nashr etilgan maʼlumotlar berila boshlandi.

2009-yil yanvarda — ZiyoNet Portalining oʻzbek tilidagi talqini ishga tushirildi.


2009-yilda — Uz milliy domeni Internet-festivalida „Fan va taʼlim sohasidagi eng yaxshi sayt“ nominatsiyasida 3-oʻrinni egalladi.


2009-yil oktyabrda sayt-satellitlar uchun bepul xostingni yaratish va qoʻllab-quvvatlash tizimi ishga tushirildi.


2010-yilda — Portalning 3-talqini ishga tushirildi. Tegishli boʻlimlar va loyihalarda resurslarning yangilanishini koʻrishda qulayliklar yaratish uchun barcha yangi materiallar bosh sahifaning bloklarida chiqarilishi boshlandi. Portalda quyidagi boʻlimlar mavjud edi: „Taʼlim“, „Abituriyent“, „Muassasalar“, „Saytlar“, „Imkoniyatlar“, „Aksiyalar“.


2011-yilda — Portalning asosiy sahifasida Fikr.uzdan eng yaxshi „Hafta yangiligi“ va uTube.uzdan eng yaxshi „Hafta videosi“ berila boshlandi.


2013-yil — „Xorijiy tillar“ va „Rivojlantiruvchi oʻyinlar“ boʻlimi yaratildi.


2014-yil 8-may ZiyoNET.uz portalining navbatdagi talqini yaratildi. Yangi logotip va yangi interfeys ishlab chiqildi:


— ijtimoiy tarmoq ishlashni boshladi, ijtimoiy mavzuli guruhlarni yaratish imkoniyati yaratildi. Guruhda mavzularni muhokama qilish, izohlash, medifayllarni joylashtirish, fotoalbomlarni yaratish mumkin. Sinflar va taʼlim muassasalari uchun guruhlar ham yaratish mumkin.


— „Savol-javoblar“ servisi yaratilib (2014-yil 31-may), unda savollar berib, boshqa foydalanuvchilarning savollariga javob berish mumkin. Bir yildan kamroq vaqt oraligʻida, yaʼni 2015-yilda, „Savol-javoblar“ boʻlimidagi savollar — 3 392 dan oshgan boʻlsa, 2016-yilda savollar 5 880 taga yetdi.


— „Kutubxona“ boʻlimi interfeysi yangilandi, kutubxonadagi resurslar oʻqiladigan formatda matnli va grafik shaqlda taqdim etildi.


— Portalda roʻyxatdan oʻtish ID.UZ tizimi orqali amalga oshiriladi.


— Tashrif buyuruvchilar uchun, foydali saytlar tavsiya etiladi.


— 2015-yil yanvar oyida asosiy sahifaning dizayni oʻzgartirildi va ZiyoNET portalining boʻlimlariga yoʻnaltirilgan vidjetlar namoyish etildi.


— 2015-yil iyunda ZiyoNET Portalining barcha sahifalarining chap tomonida


„Translit“ boʻlimi yaratildi.


— 2015-yil iyulda „ZiyoNET“ taʼlim tarmogʻiga 1069-sonli AOKAning litsenziyasi berildi.

— 2018-yilda asosiy sahifaning dizayni yangilandi.





Download 133 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 133 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Maktab kutubxonalari xizmatini ko‘rsatishda multimedia resurslarini o‘rni Reja

Download 133 Kb.