O‘quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishda




Download 133 Kb.
bet4/7
Sana03.01.2024
Hajmi133 Kb.
#129716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish axborotning analitigi 1

3.O‘quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishda multimedia, elektron materiallar va elektron resurslardan foydalanish.

Matbuotda axborot va kompyuter madaniyati haqida fikrlar ko‘plab uchraydi. Avvaldan kutubxonachilik ishida kitobxon madaniyati, o‘qish madaniyati tushunchalari ishlatilgan. Zamonaviy xususiyatlar ta’sirida axborot va kitobxon madaniyati tushunchalari mazmunan bir-biriga yaqin ma’noda qo‘llanilishi ko‘zga tashlanyapti. Bu tushunchalar shunisi bilan dolzarbki, zamon axborotlashib bormoqda, axborot olami kengayib ketdi. Endi har bir kishi vaqtidan unumli foydalangan holda o‘zi uchun zarur


axborotni o‘z vaqtida olishga ulgurishi kerak. Axborot olamidan o‘zi uchun

kerak axborotni tanlab olish, uni qayta ishlab chiqish dengiz tubidan gavhar qidirish bilan teng. Hozirgi kun ta'lim va tarbiya tizimida kishilami, ayniqsa, bolalarni kelgusida axborotlashgan jamiyat hayotida faol yashashga tayyorlash muammosi turibdi. Buning uchun maktab o‘qituvchilarini va kutubxonachilarni axborot madaniyatiga o‘qitish


zaruriyati tug‘iladi. Axborot madaniyati — axborotni qidirish, axborot resurslari


(matbuot nashrlarining barcha turlari) bilan ishlay olish, axborotni qidirish, topish, u bilan ishlash, analitik va sintetik tahlil qilish, shaxsiy hayotida va mehnat faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasi darajasi. Har bir kishi buni bajarish jarayonida quyidagi savollarga javob bera olishi zarur:

— Men nima qilishim kerak?


— Axborotni topish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?


— Axborotni qanday yo‘l bilan olishim kerak? (Axborot uchun aniq resurs tanlash)


— Qaysi resurslardan foydalanishim zarur?


— Resurslardan qanday foydalanishim kerak? (Tanqidiy tahlil qila bilish)


— Undan nimani yozib olishim kerak? (Axborotni saralash va tanlash)


— Zarur axborotni ola bildimmi? (Tahlil, sintez, baho berish)


— Uni qanday va qay yo‘l bilan taqdim etish kerak? (Natijaga baho berish)


Axborot madaniyatini tarbiyalash maktab va bolalar kutubxonasi xodimlarining asosiy vazifasi. Chunki kitobxon kitobxonlik umrining asosiy vaqtini shu kutubxonalarda o‘tkazadi. Shuning uchun kutubxonachi-pedagog kasbini tayyorlash vazifasi muhim vazifalardan biri. Masalan, Rossiya maktablarida kutubxonachilar kichik sinf o‘qituvchilariga kitobxonlik va axborot madaniyatini shakllantirishda yordam berish bo‘yicha maxsus

dasturlar yaratilgan. Axborot bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida o‘rta sinflarda kutubxonachilik-bibliografik bilimlar targ‘ib qilinadi, o‘rgatiladi. Yuqori sinflarda esa axborot madaniyati asoslaridan darslar o‘tiladi. Bizning xalqimiz avvaldan kitobxon xalq. Ammo kitobxonlik madaniyatini yuqori


darajaga ko‘tarish lozim. O‘zbekcha maktab o‘quvchilariga o‘zbek adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyoti


haqida ko‘proq tasavvur va tushuncha hosil qildirishimiz kerak. Shuningdek, adabiyotni davrlar bo‘yicha, mamlakatlar bo‘yicha, janrlar bo‘yicha ham ajrata olishlari zarur. Bunday tushunchani, bilimni shakllantirish, avvalo,


adabiyot fani o‘qituvchilarining ishi bo‘lsa, ikkinchidan, kutubxonachining

ham vazifasidir. Kutubxonachilar axborot madaniyatini tarbiyalashda quyidagilarga e’tiborni qaratishlari kerak:


— tarixiy va huquqiy madaniyatni rivojlantirish


— davlatqonunlarini, rasmiy hujjatlarni bilishga yo‘llash;


estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati ko‘nikmalarini tarbiyalash;


— bibliografik madaniyat;


— zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasini va madaniyatini tarbiyalash;


— muloqot madaniyatini shakllantirish.


Bu xususiyatlar hamma uchun zarur. Iste’molchilar bilan ish olib borishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi: rejalilik; ketma-ketlik; bosqichma-bosqich olib borish; alohida-alohida ish olib borish (kitobxonning yoki iste’molchining bilim saviyasi, darajasini hisobga olgan holda yondashish). Buning uchun axborot ko‘rgazmalari, stendlar, turli bibliografik, uslubiy plakatlar, kompyuter dasturlari bo‘yicha bilim berishga oid turli xil qo‘llanmalar, varaqalar, bukletlar, mustaqil ma’lumot yig‘ish va qidirishga oid maslahatlar, savol-javob o‘yinlari, turli videonamoyishlardan foydalaniladi.

O‘quvchi bolalar va o‘smirlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish shakllari turlicha, ular guruhiy va yo‘naltirilgan, rasmlar orqali taqdim etilgan va boshqalar bo‘lishi mumkin. Kitobxonlikka qiziqtirishda AKT dan foydalanib, multimedia va elektron materialar, elektron resurslar hamda kutubxona saytini yaratish, o‘quvchilar bilan ishlashda tarmoq interaktiv shakllardan foydalanish kabi omillar bo‘lishi mumkin.


Bundan tashqari, o‘quvchilar tomonidan ham mustaqil elektron resurslar yaratilishiga va ular bilan kutubxona fondini boyitish ham e’tibor qaratish lozim. Elektron va multimediya materiallarini yaratish zamonaviy kutubxona resurslarining asosiy qismini tashkil etishi zarur. Elektron resurslarni yaratishda kutubxonachilarning ham tashabbuslari muhim o‘rin tutadi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘quvchilarga qo‘shimcha tavsiya etiladigan adabiyotlar, maktab kitob fondi portfeliosi, mavzuli elektron adabiyotlar va resurslar sharhi, annotatsiyalangan va bezatilgan kartotekalar, adabiyotlarning bibliografik ko‘rsatkichlar va boshqalar.


Xususan, maktab kutubxonasi ish faoliyatida ham AKTni joriy etilishi

yo‘lga qo‘yilgan. Dars jarayonida maktab o‘quv darsliklari va qo‘shimcha


materiallarelektron resurslaridan (Ziyonet ta’lim portali bazasidan foydalanish


asosida) foydalanish. Mavzularga oid «O‘quvchi bolalar tomonidan yaratilgan


bukletlar, refletlar, tavsiyali ko‘rsatkichlar». Multimediali «Sevimli kitoblarim» mavzusidagi taqdimotlar.Janrlar bo‘yicha: ertaklar, she’rlar, fantastik asarlar, sarguzashtlar,detektiv asarlar, tengdoshlari haqidagi asarlar ko‘rsatkichlari bo‘lishi mumkin. Yozuvchi va mualliflar tarjimai hollariga bag‘ishlangan qo‘llanmalar ko‘rsatkichlarini yaratish. Ko‘rsatkichlar sodda va istalgan vaqtda foydalanish hamda yangilarini kiritishga qulay bo‘lishi zarur.





Download 133 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 133 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishda

Download 133 Kb.