II BOB. MEHMONXONA XO'JALIGIDA XIZMAT KO‘RSATISHDA INNOVATSION FAOLIYAT TURLARINI QO’LLASH
2.1. Mehmonxonalarda innovatsion faoliyat turlari, yo’nalishlari va klassifikatsiyasi
Innovatsion faoliyatning bir necha turlari mavjud:
Ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari (ITTKI);
Yangi foydali xususiyatlarga ega mahsulotlarni yaratish;
Texnologik innovatsiyalar: mavjud mahsulot, buyum, texnikani yangi yoki samarali ishlab chiqarishni olish; ishlab chiqarishni tayyorlash va tashkil etish, yangi mahsulotni ishlab chiqarish yoki yangi texnologik jarayonni qoʻllash uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish va sifat nazorati taomillari, usullari va standartlaridagi oʻzgarishlar;
Jarayon innovatsiyalari: ishlab chiqarishni loyihalash, ishlab chiqarishning yangi usullari, yangi ishlab chiqarish jarayonlari, shu jumladan rejalar va chizmalarni, texnik spetsifikatsiyalar va boshqalar dizayni va ishlab chiqish;
Tashkiliy yangiliklar — menejment tizimini takomillashtirish;
Amalga oshirilgan texnologiyalar — oʻz texnologik maqsadiga koʻra texnologik va boshqa innovatsiyalarni joriy etish bilan bogʻliq boʻlgan mashina va uskunalar sotib olish;
Ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellardan foydalanish, nou-xauni oshkor qilish, shuningdek texnologik mazmundagi xizmatlardan foydalanish uchun patent, litsenziyalar (shartnomalar) shaklidagi amalga oshirilmagan texnologiyalarni xarid qilish; texnologik innovatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq dasturiy vositalarni xarid qilish;
Xodimlarni oʻqitish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Marketing innovatsiyalari — mahsulotlar dizayni va qadogʻidagi muhim oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan marketing usullarini amalga oshirish, mahsulot (xizmatlar) ni sotish va taqdimoti, ularni marketing bozorlarida taqdim etish va targʻib qilish, yangi narx strategiyalarini shakllantirishning yangi usullarini qoʻllash.
Innovatsion faoliyatni boshqarish masalalariga alohida menejment yoʻnalishi — innovatsion menejment bagʻishlangan.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish uchun venchur fondlari tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion rivojlanish bosqichiga kirganligini eʼtirof etilgan. “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni... aynan innovatsion gʻoyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yoʻliga oʻtishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”. Yangilanayotgan Oʻzbekistonda barcha jabhalarda yangilik, izlanish va yangicha fikrlar va zamon talablariga mos ravishda faoliyat olib borish eng muhim masaladir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu davrda yangi fikr, yangi g’oya va albatta innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 24-iyulda “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tegishli huquqiy zaminni yaratish borasidagi muhim qadam boʻldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni yanada jadallashtiruvchi yangi gʻoya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish hamda hayotga joriy etilishining ishochli huquqiy mexanizmlarini mustahkamlab benihoya muhim ahamiyat kasb etadi.Qonunda ifodalangan taʼrifga, koʻra innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qoʻllanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlaydigan yangi ishlanma. Innovatsion faoliyat esa, yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning oʻtkazilishi va amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatdir. “Innovastiya” atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan. Turli olimlar, ayniqsa xorijliklar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, R.Foster, B.Tviss, Y.Shumpeter,E.Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o’zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o’zgarishlar innovatsiyalarning o’ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o’zgarishlar vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo’ladi.[2] Innovatsiya- yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan mahsulot, xizmat yoki jarayon."Innovatsiya" atamasi lotincha "novatio" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "yangilanish" (yoki "o'zgarish") degan ma'noni anglatadi. Bunda "in" prefiksi, lotincha "yo'nalishda" deb tarjima qilinadi, agar tom ma'noda tarjima qilinadigan bo'lsa "Innovatsiya" - "o'zgarish tomon” deya tushunish mumkin."Innovatsiya" tushunchasi "yangilik", "kashfiyot", "ixtiro" so'zlari bilan sinonimlik hosil qiladi va ular ma'no jihatidan farq qilsa-da, har holda, bu tushunchalarning barchasi natija - ijodiy faoliyat, ijodkorlik bilan bog'liqdir. Shu bilan birga, mutaxasislarning fikricha, agar ijodkorlik yangi g'oyalarni ilgari surishni nazarda tutsa, u holda innovatsiyaning o'ziga xos belgisi uni amalda amalga oshirishdir.Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qilad. Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi: Ilm-fan – bu maʼlum mablagʻlarni bilimlar va gʻoyalarga aylantirish. Innovatsiyalar – bu bilimlar va gʻoyalarni– bu yangi konsepsiyani yaratish demak. Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib koʻrsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish. Yangilik - bu intellektual faoliyat natijasidir; bu yangi strategiya, biznesning yangi modeli, yangi tashkiliy tuzilma, yangi marketing usuli, yangi jarayon, yangi texnologiya, yangi mahsulot yoki ularning maʼlum birikmasi. "Innovatsiya" so'zi va yuqorida sanab o'tilgan tushunchalardan asosiy farqi shundaki, u amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha qiymat yaratadi. Bunday yondashuvda innovatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgunga qadar va natija bergunga qadar yangilik emas. Innovatsiya- amalga oshirilayotgan jarayonlar, mehnat "mahsuloti", faoliyatni tashkil etish strategiyasining ham tubdan, ham bosqichmabosqich o’zgarishini anglatishi mumkin. Shunday qilib, innovatsiya har xil nuqtai №1 2022 6 nazardan - texnologiya, iqtisodiy rivojlanish, siyosiy muammolar, pedagogik jarayonning o'zgarishi va boshqalar bilan birgalikda ko'rib chiqiladi. Innovatsiya kontseptsiyasining o'zi birinchi marta XIX asr ilmiy tadqiqotlarida paydo bo'lgan [4]. Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik iqtisodchi Jozef Alois Shumpeter (1883-1950) hisoblanadi. Mutaxassislar fikriga ko'ra aynan ushbu olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Y.A.Shumpeter ilgari surgan g'oyaga ko'ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi. Y.A.Shumpeter o'zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1911) nomli kitobida birinchi bo’lib "yangi kombinatsiyalar" (ya'ni innovatsion muammolar) masalalarini ko'rib chiqdi va yangilikning to'liq tavsifini berdi. Keyinchalik "yangi kombinatsiya" atamasi o'zgartirilib “innovatsiya” holatiga keltirildi.
2
Zamonaviy sharoitda turli mamlakatlar hukumatlari ilmiy sohaga, xususan tadqiqot va innovatsiyalarga katta miqdorda sarmoya kiritmoqda. Masalan, Germaniya tadqiqot va ishlanmalar uchun taxminan YAIMning 2,7%, AQSh - 2,8%, Yaponiya - taxminan 3,5% yo’naltiradi. Iqtisodiyoti o'tish davri mamlakatlari ancha kam: Belarusiya - YaIMning 0,74%, Rossiya - 1,04% sarflaydi . Zamonaviy tadqiqotlarda innovatsiyalarni tasniflashning turlicha yondashuvlari mavjud. Innovatsiyalarni tasniflash innovatsiyalar guruhining o’ziga xos xususiyati, uning o’ziga xoslik tomonlarini ochib beradi. Tasniflashni amalga oshirish turli tasniflash belgilaridan foydalangan holda sxemalar bo’yicha bo’lishi mumkin. Rus adabiyotlarida innovatsiyaning turli tasniflari berilgan. Masalan, A.N.Tsvetkov innovatsiyalar va ilmiy-texnikaviy innovatsiyalarni turlicha asoslashni taklif qiladi. U innovatsiya va ilmiy- texnikaviy innovatsiyalar bir-birida farq qiladi deb hisoblaydi. Uning takidlashicha innovatsiya- bu jarayon, ba’zi bir yangiliklarni amalda qo’llashga asoslangan jarayon. I.Stepanovaning fikriga koʻra, “innovatsiya” tushunchasi ilmiy-texnika salohiyatini real, yangi mahsulot va texnologiyalarni yuzaga chiqaradigan jarayon sifatida talqin etiladi.
L.Vodachek va O.Vodachkova innovatsiyalarni “korxona faoliyatining tizim sifatida maqsadli oʻzgarishi” deb taʼriflaydilar. “Innovatsiya” tushunchasining yuqoridagi taʼriflari oʻzgarishlarni mikroiqtisodiy xususiyatini aks ettiradi va bu yerda ular tashkilot faoliyatini modernizatsiyalash omili sifatida koʻrib chiqilgan. B.Santoning fikriga koʻra, innovatsiya- bu yuqori sifatli texnologiyalar yaratiladigan texnik, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. L.A.Bayev va E.V.Shugurov fikriga koʻra, “innovatsiya” tushunchasini aniqlashda quyidagi yondashuvlar mavjud: obyektga koʻra yondashuv; jarayonli yondashuv; obyekt-naflilik yondashuvi; jarayon-naflilik yondashuvi; jarayonli-moliyaviy yondashuv.
Obyektga koʻra yondashuvga asosan, ilmiy-texnik taraqqiyotning natijasi
- yangi texnika va texnologiya
– innovatsiyalar boʻlib xizmat qiladi.
Obyekt mezoni quyidagilarni alohida ajratib koʻrsatish imkonini beradi:
- bazis innovatsiyalar
- yirik ixtirolarni amalga oshirishdan iborat, texnologiyalarning yangi avlodini yaratishga sabab boʻlgan innovatsiyalar;
- takomillashtiruvchi innovatsiyalar, yaʼni ilmiy-texnologik siklning barqaror rivojlanishi bosqichida koʻp uchraydigan kichik ixtirolarni amalga oshiruvchi innovatsiyalar;
- soxta innovatsiyalar (ratsionalizatorlik innovatsiyalar) texnika va texnologiyalarning eskirgan avlodlarini qisman takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, odatda texnik taraqqiyot sekinlashishiga olib keladilar, chunki ular jamiyatga hech qanday samara bermaydi yoki salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Obyekt-naflilik yondashuviga koʻra, innovatsiya yangi ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish asosida ishlab chiqarilgan yangi isteʼmol qiymati sifatida taʼriflanadi. Bu yerda innovatsiyaning naflilik vazifasi ustunlik qiladi - jamiyatning yuqori naflilikka ega boʻlgan ehtiyojlarini qondirish qobiliyati. Jarayon-naflilik yondashuvi doirasida obyekt-naflilik yondashuvdan farqli oʻlaroq, “innovatsiya” kategoriyasiga yangi amaliy vositani barpo etish, tarqatish va qoʻllashning yaxlit jarayoni sifatida qaraladi. Jarayon-moliyaviy yondashuv nuqtai nazaridan, innovatsiya - bu yangiliklarga sarmoya kiritish, yangi asbob-uskunalar, texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslarni investitsiyalash jarayoni. I.Abdurahmonovning fikriga koʻra, “Ilm mablagʻga aylansa, ana shu innovatsiya” deb taʼriflaydi.
|