• Vazifalar hal qilinishiga professional texnologik xarakatlar va operatsiyalarni bajarish xisobiga erishiladi
  • Maqsadga yerishish uchun yesa texnikaviy menejmentning quyidagi asosiy vazifalarini xal yetish zarur




    Download 290,5 Kb.
    bet8/11
    Sana14.05.2024
    Hajmi290,5 Kb.
    #233430
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MEHMONXONA XO\'JALIGIDA INNOVATSION FAOLIYATNI QO\'LLASH ZARURLIGI VA INNOVATSIYA TURLARI..2

    Maqsadga yerishish uchun yesa texnikaviy menejmentning quyidagi asosiy vazifalarini xal yetish zarur:

    • moddiy texnika va texnologik baza yaxlitligini saqlab qolish;

    • texnologik tizimlar ishlash talab yetiladigan ishonarli sifat darajasini ta’minlash;

    • resurslarni tejash;

    • turistik kompleks moddiy-texnika bazasiga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha personal mexnatini yengillashtirish.



    Vazifalar hal qilinishiga professional texnologik xarakatlar va operatsiyalarni bajarish xisobiga erishiladi

    1. binolar, inshootlar, texnikaviy tizimlar, undan yetarlicha foydalana olish.




    2. texnik asbob-uskunalar va texnologik operatsiyalarni tubdan yangilash, innovatsiyalarda yeng yangi texnika yutuqlarini tatbiq etish.

    Mehmonxona - uzluksiz xizmat ko‘rsatish rejimida ishlaydigan korxonadir, shunday yekan, unga nisbatan yuksak sanitariya-gigiyenaga oid talablar qo‘yiladi. 3


    Mehmonxona qaysi toifaga mansub bo‘lmasin, uning o‘zi xam, shuningdek, unga tutash bo‘lgan xudud xam xar doim ozoda saqlanishi lozim. Bu narsa mehmonxona personalining xududni, xovlini, turarjoy va ma’muriy xonalarni yig‘ishtirish bo‘yicha keng ko‘lamli kundalik mexnatni talab yetadi. Shuning uchun xam obodonlashtirish va yig‘ishtirish, tozalikni ta’minlash ishlarini qanday qilib yaxshiroq tashkil yetish va o‘tkazishni bilmoq kerak.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada innovatsiyani qo‘llash muhim ahamiyat kasb yetadi. Innovatsion muhitni shakllantirish doimiy ravishda mahsulotni yangilash, ishlab chiqarish fondlarini yangi texnika asosida yangilash, umumjamiyatni rivojlantirish imkoniyatini yaratish holatlariga sharoit barpo yetadi.
    Innovatsiya iborasi inglizcha “innovation” so‘zidan olinib yangi ilmiy texnik yutuqni ifodalab, yangi mahsulotni amalda qo‘llanilish jarayoniga aytiladi. Ilmiy adabiyotlarda ushbu jarayonni tashkilotdagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish va respublikamizdagi sotsial-iqtisodiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga ta’sirini ko‘rib o‘tilgan1. Asosiy ye’tiborni bo‘lajak menejerlarni yuqori raqobat sharoitida yeng oqilona variantlarni tanlash, foydalilik darajasini ta’minlash va korxona faoliyatini jadallashtirish masalalariga qaratilgan.
    Ilmiy izlanishning hozirgi davrda bizning respublikamizda iqtisodiyot rivojlanish holati va barcha tarmoqlardagi strukturaviy o‘zgarishlarga mos ravishda olib borilishi iqtisodiyotda bo‘layotgan o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishga olib kelmokda. Ayniqsa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangilik kiritish jarayoni bo‘yicha ko‘p muammolar paydo bo‘lmoqda va ularni o‘z vaqtida hal yetish, kerakli kadr, moddiy texnika bazasi, tashkiliy va uslubiy tadbirlarni talab yetadi.
    Bugungi kunda milliy iqtisodiyot tarkibida «…faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni… texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil yetishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida ye’tibor qaratildi»
    Bozor iqtisodiyotida turli xil mulk shaklida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning muammolari innovatsion jarayonlarni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin. Korxonalar o‘z faoliyatlarida innovatsiyalarni qo‘llashdagi muammolarni hal yetishga yo‘naltirsalarda, ma’lum holatlarda qiyin sharoitga tushib qolish yextimoli ko‘p uchraydi. Chunki innovatsiyalarni qo‘llash har qanday korxonada amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun innovatsiyalarni amalga oshirish ayrim korxonalar faoliyatidagina kuzatish mumkin. Masalan, korxonalar yangilik joriy yetish jarayonida, xorijdan investitsiyalar jalb yetish va raqobatdosh mahsulot chiqarish borasida hal yetilmagan masalalar va vazifalarga duchor bo‘lib, ularni yechimini topishga intiladilar.
    Biroq shunday korxonalar borki, ularda yeski texnika va texnologiyasini yangilanish jarayoni sust olib borilmoqda, mahsulot sifati va yekologiya talablari dunyo standartlariga mos kelmasligini ko‘rish mumkin. Bunday korxonalarda innovatsiyani qo‘llashda jiddiy muammolar yuzaga keladiki, ularni bartaraf yetish uchun katta mablag‘lar talab yetiladi.
    Korxonalarda innovatsiyalarni qo‘llash orqali yangicha raqobatga asoslanish mumkin. Boshqacha aytganda raqobatlashuv tendensiyalarida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Mukammal raqobat jamiyat uchun juda kuchli stimul bo‘lib, ishlab chiqarish harajatlarini minimumlashtirishga va ish haqini uning me’yoriy unumdorligiga maksimal yaqinlashtiradi.
    Innovatsiyalarni qo‘llashdan olingan foyda yesa korxona faolligini yanada oshirishga olib keladi. Bu foydani Y.Shumpeter (1883-1950) statik foyda deb atadi3. Bunda iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishni yangi darajaga olib chiqishga qodir yemas. Yangi daraja innovatsiya bilan bog‘liq, u yesa ortiqcha xarajatni talab qiladi.
    Novatorlik raqobatning yangi tipini shakllantiradi. Bu holat yangi tovar, yangi texnologiya, umuman biror xil yangilikka, ustunlikka yega bo‘lganda sodir bo‘ladi.
    Novator boshqa korxonalar yashashiga halaqit bera boshlaydi. Chunki novatorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan raqib boshqalardan sakrab-sakrab oldinga ketib qoladi va o‘z sohasida monopolistga aylanishi mumkin. Buni Shumpeter «yaratuvchi buzg‘unlik» deb aytgan. “Ishni yaxshilash (takomillashtirish) novatorlarni (yangilik kirituvchilarni) talab qiladi va davomli takomillashtirish hamma (joyda) hamma vaqt davomchi (davom yetuvchi) novatorlarni talab qiladi” –deya yozgan yedi Djeffri Liker o‘zining “Toyota Uey” nomli kitobida. Innovatsiya doimiy ishni takomillashtirish oqibatidan (sababidan) ham sodir bo‘ladi. Mehmonxona ishlarida ham u xuddi shu usul bilan sodir bo‘ladi. Mehmonxona biznesi innovatsiyani yuqori boshqaruvda chegaralab qo‘yadi yoki ishga javobgar bo‘lishida ishni takomillashtirishni hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni kafolat berishlarini hisobga olmaydi, albatta uning tashkiliy o‘rganishlari va bilimlarini cheklab qo‘yadi.
    Mehmonxona ishlari (operatsiyalari) uchun hammaboproq (tushinarliroq) innovatsiya, ko‘payadigan innovatsiya yoki takomillashtirish uchun davom yetadigan ish nafaqat menejerlar tomonidan hamda xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan ham bajariladi.
    Bizning bilimimiz xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardir!. Davomi takomillashtirish ishi hamda oshib boruvchi innovatsiya RBTX (reja,bajarish, tekshirish, harakat) orqali bajariladigan jarayon deb ataladi. Deming tomonidan birinchi bo‘lib rivojlantirildi va Toyota ishlab chiqarish tizimida juda muvoffaqiyatli amalga oshdi. RBTX bizning mehmondo‘stlik ish tizimida ham ibodat (yoki muqaddas so‘z) bo‘lishi kerak. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘qitilgan (o‘rgatilgan) bo‘lishi kerak va har bir ish jarayonida undan foydalanadi va muammolarni tashqariga olib chiqadigan qobiliyatli bo‘lishi kerak. Ular yextiyotkorlik bilan ularni aniqlay oladigan bo‘lishi kerak. Har bir (servis) xizmat ko‘rsatish xodimi o‘zini menejeri bilan birga muammoni asosiy sababini izlaydi (o‘rganadi). U qarshi choralar yoki vaqtinchalik rejani rivojlantirish uni (bu tajribani) isbotlashi, yaqindan tekshirishi va natijalarini tahlil qilmog‘iga to‘g‘ri keladi.
    Shunday qilib, biz oddiy misol keltiramiz: bizning ovqat va ichimliklar bo‘limida muammo bor yedi. Inventarizatsiya (tahlilidan)dan keyin biz chetga chiqish (og‘ish) ni topdik: ya’ni singan shisha idishlarni o‘rniga sotib olish xarajatlarini oshganligi. Keyin biz muammoni asosiy sababini tahlil qildik. Bir necha marotoba Why-nima uchun?-deb so‘radik, nima uchun bu sodir bo‘ldi?-deb so‘radik. Biz muammoni asosiy sababini o‘rganishga kirishdik. Bir necha ofitsiantlar asosan vaqtinchalik ishlaydigan agentlik xodimlari mehmonxona banket xizmatida ishlaganda bajariladigan ish tartibiga amal qilmadilar. Shunday qilib biz muammoni to‘g‘rilash uchun qarshi chora tuzdik va uni qo‘lladik. Ammo xarakat rejalashtirilib uni amalda qo‘llash yetarli yemas, biz uni yaqindan tekshirishimizga to‘g‘ri keladi. Bu ishni takomillashtirish uchun asosiy misol. Ammo o‘ylab ko‘ring sizning jamoangizdan kimdir balkim juda qobiliyatli xodimni ajoyib (zo‘r) fikrga ega. Nima uchun biz butun jarayonni qaytadan o‘ylab ko‘rmaymiz va ofitsiantlarni barcha narsalarni yuvish uchun olib kelganda ko‘p yurmaslikka majbur qilamiz. Biz ularning yuradigan yo‘llarida texnik xizmat ko‘rsatish xizmatini yaratishimiz mumkin va shisha idishlarni maxsus quti ichiga joylashtirishga majbur qilamiz. Shunday qilib biz uni amalga oshiramiz va keyin biz yana yaqindan uni tekshiramiz. Yaxshi narsa shuki olti oydan keyin biz uni saqlab qoldik. Shishali idish singanligi va uni almashtirish 5000 yevro bo‘lishi mumkin. Hozir tassavur qiling boshqa mehmonxonalar guruhda yoki mehmonxonalar zanjirida bu yeng yaxshi amaliyot bo‘ladi. Agar ular bu oddiy yeng yaxshi amaliyotni baham ko‘rsak (bo‘lsak), qancha pulni kompaniya bu oddiy takomillashtirish ishidan tejab qoldi.
    Biror narsadan oldin innovatsiya birinchi jarayon hisoblanadi. Innovatsiyani xoxlagan natijasini olish uchun biz birinchidan o‘sha maqsad uchun o‘zimiz tashkil qilishimiz shart. Keyin biz o‘zimizning inovatsion maqsadlarimizga yerishishimiz yoki yerishishimiz mumkin yemas. Balki agar innovatsion jarayon asosiy qiymat kabi yaxshi o‘rnatilsa biz yaxshi mehmondo‘st tashkilot bo‘la olamiz. O‘zining xodimlarini ko‘pchiligi bilan ichki jarayonlarni va xizmatlarni rivojlantirish maqsadida xaridorlarga balandroq qiymat (baho) yoki ish me’yorlarini yaxshilashni taklif qiladi.
    Innovatsiya oldingi (o‘tmishdagi) jarayonning natijasi bo‘lib, u muvaffaqiyatga yerishmog‘i mumkin yoki ko‘p shakllarda muvoffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Innovatsion jixatidan tayyor bo‘lganlik kafolat bermaydi. Biz yillik ko‘proq daromad qilamiz, o‘zimizning xarajatlarimizni ahamiyatli darajada qisqartiramiz (kamaytiramiz va o‘zimizning mehmonlarimizni (xaridorlarimizga) baho (narx) bilan ta’minlaymiz. Biroq mehmonxondo‘stlik menejmentda innovatsion maqsad bilimda va nau-xauda ustunlik (afzallik) qidirib (izlab) topishdir. Biz ko‘rib turibmizki bu mehmonxona o‘zining harakatlari (operatsiyalari) va xodimlaridan davomli ravishda o‘rganadi.
    Shuning uchun agar innovatsiya bizning kompaniyaga quyidagi natijalarni keltiradi.
    Mehmonlarga ko‘proq qiymat (baho, narx) bilan ta’minlagan holda yuqoriroq yillik daromad olinsa, yoki xarajatlarni qisqartirish yoki nihoyat xarajatlarni yeng yaxshi optimizatsiya qilinsa innovatsiya bizga mehmondo‘stlikda muhim afzallik olib keladi. Biz yillik daromadlarni oshirib hamda o‘zimizning xarajatlarimizni ham sotib olib oshirish bilan biz birinchi maqsadimizga yerisha olamiz. Hali ham foydali bo‘lib kelmoqda. Yoki o‘zimiz xarajatlarimizni qisqartirish ish jarayonini takomillashtirish bilan biz operatsiyalarda innovatsion natijalarni olishimiz mumkin. Shuning uchun yeng yaxshi inovatsion yechim va qiyinroq o‘sha vaqtni o‘zida ikkala maqsadga yerishish bilan olinishi mumkin ya’ni yillik daromadlarni oshirish va mehmonlarga baho (narx, qiymat) berib, hatto ko‘proq yeksplatatsion xarajatlarni kamaytirish mumkin5.
    Ko‘proq yillik daromad olishda innovatsion bo‘lish. U boshqa manbalardan ananaviylariga qaraganda mahsulotlar yoki xizmatlardan daromad topishni anglatadi. Xonalarda (nomerlarda) boshqa xizmatlar yoki mahsulotlarni yetkazish oziq-ovqat yoki boshqa mehmonxona xizmatlari bilan ta’minlash orqali mehmonlarning talabini qondirish usuli (yo‘li) bormi? Haqiqatdan ham biz mehmonlarga qiymat (narx-baho) bilan ta’minlaysizmi yoki mulk uchun faqat daromadmi?
    Masalan, Wi-Fi servis xizmatiga pul to‘lash bizning yillik daromadimizni oshirishi mumkin, lekin innovatsion yechim bo‘lmog‘i uchun hech qachon o‘zimizning mehmonlarimizga qiymatini (narh-baho) ta’minlaymiz.
    Xarajatlarni pasaytirib (qisqartirib), innovativ (novator) bo‘lish.
    Agar xodim faqat yekspert bo‘lmasa va u o‘zini ishini juda yaxshi bilsa u mumkin bo‘ladi, ammo agar u ish jarayonini yegiluvchan aql idrok bilan takomillashtirishni tahlil qilsa va ye’tiborini qaratish mumkin. Ko‘p yillar oldin Deming ta’kidlab o‘tganidek men ishlagan vaqtimda xarajatlarni (pasaytirish) qisqartirish uchun men nima qildim?-deb har kuni xodimlar o‘zlariga savol berishlari kerak. Eksplatatsion xarajatlarni qisqartirishda mug‘ombirlik (ayyor) ishi biz uni bajarayotganimizda o‘zimizning sifat darajasi yoki bizning mehmonlarimizning qoniqtirishimizga biz ta’sir qilmaymiz.
    Turizmni rejalashtirish jarayonining ajralmas qismi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda turistlik tumanlarning qabul qilish saloxiyatini hisobga olish va uni saqlagan holda yekologik barqaror rivojlantirish tamoyili muhim rol o‘ynaydi.
    Atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun yaxshi rivojlangan infrastrukturaga yega ma’lum zonalarda turistlik ob’ektlarning to‘planishi, yekologik ob’ektlarni doimiy nazorat qilib borish va turizmni rivojlantirishga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritib borish muhim ahamiyat kasb yetadi. Bundan ko‘zlangan maqsad – uning salbiy ta’sirini yo‘q qilish yoki yeng kam darajaga tushirishdir. Ayniqsa turistlik mavsum avjiga chiqqan paytlarda yekologik muammolar ko‘proq vujudga keladi. Ayni shu paytda turizm infrasturkturasi zo‘riqib ishlaydi natijada diqqatga sazovor joylar, ob’ektlar va xizmatlardan haddan ortiq foydalanish yuzaga keladi. 4



    Ekologik salbiy
    ta’sirlardan
    qutulish
    jumlasiga
    quyidagilar
    innovatsiya
    lar
    kiradi:

    -mehmonxonalar uchun suv va elektr ta’minoti,
    kanalizatsiya, qattiq chiqindilarni yo‘q qilish va suv tarnovlari qurishda loyihalarga qat’iy amal qilish,
    to‘plangan suvlarni tozalash va qayta ishlash, isitish uchun batareyalaridan foydalanishni keng joriy qilish va sh.k. Rejalarda bundan foyda olgan holda mahalliy aholining ehtiyojlari uchun foydalanishni ham nazarda tutish;

    -ekologik toza transpot va yo‘l tizimlaridan (elektr dvigatelli avtobuslar) foydalanish

    Agar tumanda ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilayotgan bo‘lsa, u holda ular haqida ushbu choralarga rioya qilish maqsadida turistlarga bu haqda xabar qilinishi kerak.


    Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini hisoba olgan holda yekologik rejalashtirish tamoyillarini amalga oshirish ko‘plab yekologik muammolarning oldini olishga xizmat qiladi. Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB)ni turizmni rivojlantirishning har bir aniq loyihasi bo‘yicha amalga oshirish zarur. Agar birorta ko‘rib chiqilayotgan loyiha yekologiyada salbiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlansa, uni tuzatishlar kiritmay turib tasdiqlash mumkin yemas. Turizmni rivojlantirishning barcha bosqichlarida AMTB choralarini qo‘llash tartibi mamlakat qonunlari bilan belgilanadi.
    AMTB ta’sirning barcha turlari yekologik, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy ta’sirlarni rejalashtirish jarayonini to‘la qamrab olishi kerak.
    Bugungi kunda O'zbekistonda mehmonxona sanoati jadal rivojlanmoqda. O‘zbekistonda jami 1500 ga yaqin mehmonxona mavjud bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 9000 ta xonani tashkil etadi2. O'zbekiston mehmonxonalari har qanday did va byudjetga mos keladigan qulay ikki yulduzli mehmonxonalardan besh yulduzli hashamatli mehmonxonalargacha bo'lgan bizning did va dunyo qarashlarimizni ifoda etib turuvchi dizaynlar asosida barpo etilgan. Hozirgi kunda O'zbekistonning yirik shaharlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch hududida xalqaro miqyosda mashhur nomga ega va jahon andozalariga javob beradigan mehmonxonalar mavjud. O'zbekistondagi yulduzlarni tasniflashning rasmiy tizimi xona o'lchamlari, xizmatlar, liftning mavjudligi, dekoratsiya, xodimlarning malaka darajasi va shu kabi standart omillarga asoslanadi. 2019-2022-yillarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar sonini tahlili, o’sib boruvchi dinamikani ko‘rsatmoqda. 2019-yilda pandemiyadan oldingi davrda yurtimizga 6,7 mln, 2022-yilda esa 3,6 mln nafar xorijiy fuqarolar tashrif buyurgan. 2021 yilda mehmonxonalarda istiqomat qilgan soni 37,6 ming bo’lib, 2022-yilda bu ko’rsatkich deyarli ikki barobarga oshgan. 2022-yil mart oyida mehmonxona xizmatlaridan foydalangan O‘zbekiston mehmonlari tarkibida mahalliy sayyohlar va mamlakat fuqarolaridan tashqari Rossiya – 23,4 foiz, Qozog‘iston – 18,9 foiz, Tojikiston – 14,4 foiz, Turkiya – 7,7 foiz, Qirg‘iziston – 6,3 foizi, Belarus – 4,6 foizi, Xitoy – 3,2 foizi, Fransiya – 1,7 foizni tashkil etdi. Ayni paytda O‘zbekiston hududi xorijiy sayyohlarni qabul qilishga har tomonlama tayyor. Xorijlik sayyohlar uchun keng ko’lamli imkoniyatlar yaratilmoqda. Xitoy rahbariyatining ushbu xatarlardan xabardorligining dastlabki belgilaridan biri 1999 yilda qabul qilingan “995 dasturi” bo‘lib, uning amalga oshirilishi Xitoyga o‘zining texnologik bazasini yaratishga imkon berdi va milliy mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun asos bo‘ldi, bu esa, mamlakatga zamonaviy qurollarni ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori darajaga erishishi uchun zamin yaratdi. Xitoyning har tomonlama ilmiy-texnik rivojlanishida 2015-yilda tasdiqlangan, 2025-yilgacha mo‘ljallangan “Xitoyda ishlab chiqarilgan” dasturi alohida o‘rin tutadi. Dastur maqsadi mahalliy ishlab chiqarishda yuqori texnologiyali komponentlar ulushini oshirishdan iborat. 2020 yilga kelib 40% gacha va 2025 yilga kelib 70% gacha. Dasturda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tarmoqlar uchun ustuvor subsidiyalar, soliq imtiyozlari va arzon kreditlar ko‘zda tutilgan. Faqat so‘nggi 10 yil ichida Xitoy texnologik qaramlikni bartaraf etish uchun katta miqdorda pul sarfladi. Shunday qilib, 2010 yildan 2020 yilgacha Xitoyda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari(ITTKI) xarajatlari 706 milliarddan 2,44 trillion yuangacha (580,9 mlrd. dollar) yoki YaIMning 1,71 dan 2,4% gacha oshdi. Shu bilan birga, yalpi ichki mahsulotdagi ITTKIga sarflangan xarajat ulushi bo‘yicha Xitoy hali ham Yaponiya (188,9 mlrd. dollar yoki YaIMning 3,5%), AQSh (656 mlrd. dollar yoki YaIMning 3,06%) va Janubiy Koreya (103,6 mlrd. dollar yoki YaIMning 4,5%) kabi mamlakatlardan sezilarli darajada ortda qolmoqda.
    Masalan, Rossiyada 2019-yilda ITTKIga 1,13 trillion rubl (44,3 mlrd. dollar) sarflangan. Bu esa, YaIMning 1,03% ni tashkil etadi. O‘zbekistonda esa, bu ko‘rsatkich 2020 yil holatiga ko‘ra, 0,14 %ni tashkil etgan. 2019 yilda Xitoyda ITTKIni moliyalashtirishning qariyb 20 foizi davlat mablag‘lari va qariyb 76 foizi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. 14-besh yillik rejasiga ko‘ra, Xitoy ITTKI xarajatlarini yiliga kamida 7% ga oshirishni rejalashtirmoqda, ya’ni, prognoz qilinganiyotdan YaIM o‘sish sur’atidan tezroq. Shunday qilib, 2025 yilga kelib, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar uchun sarf-xarajatlar yiliga taxminan 3,4 trln. yuan, yoki 815 mlrd. dollar, ya’ni YaIMning taxminan 2,52 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, ITTKI xarajatlarida fundamental va qidiruv ishlariga sarflangan xarajatlar ulushi misli ko‘rilmagan 8 foizga oshadi, bu kelajakdagi texnologik yutuqlar uchun kuchli ilmiy asos yaratilganligidan dalolat beradi. Bularning barchasi Xitoyda iqtisodiy rivojlanishning kelajakdagi drayveri bo‘lgan kuchli innovatsion klaster yaratilganidan dalolat beradi. Yangi besh yillik rejada strategik texnologiyalarni rivojlantirishda asosiy rol tayanch milliy laboratoriyalari (TML)ga qaratildi. Kvant informatikasi, fotonika, mikro va nanoelektronika, tarmoq aloqalari, sun’iy intellekt, biotexnologiyalar, farmasevtika va zamonaviy energiya tizimlari rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida ajralib turadi. TML maqomiga erishgan institutlar va tadqiqot guruhlari (xususiy va davlat) markaziy hukumatdan bevosita moliyaviy yordam oladi. Birinchi TML 1984 yilda tasdiqlangan. TML faoliyati doirasi ham fuqarolik, ham harbiy ilovalar uchun texnologiyalarni qamrab oladi. 2019-yil oxirida Xitoyda 515 ta TML mavjud edi. 14-besh yillik rejani ishlab chiquvchilar Xitoy hozirda jahonda yetakchi o‘rinni egallagan sohalarni va ilg‘or g‘arb texnologiyalari darajasidan jiddiy ortda qolishda yetakchi sohalarni aniq ifodalaydi. Shunday qilib, sun’iy intellekt (SI) Xitoyning keyingi 15 yildagi rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. 2017 yilda qabul qilingan sun’iy intellektni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uch bosqichni o‘z ichiga oladi. 2020 yilga borib birinchi bosqichda Xitoy sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or mamlakatlarga yetib olishi kerak edi.
    Sun’iy intellekt sohasiga 22,5 mlrd. dollar, turdosh tarmoqlarni rivojlantirishga esa, 150 mlrd. dollardan ortiq mablag‘ sarflanishi kerak edi. Ikkinchi bosqichda, 2025 yilga borib, sun’iy intellektning ayrim tanlangan yo‘nalishlarida yetakchi o‘rinni egallash maqsadi qo‘yilgan. Sanoatni rivojlantirish xarajatlari 60 mlrd. dollarni, unga tegishli sohalar uchun esa, 745 mlrd. dollarni tashkil etadi [1]. Uchinchi bosqichda 2030 yilga borib sun’iy intellekt sohasida jahon yetakchisiga aylanish maqsadi qo‘yilgan: sanoatga kiritilgan sarmoyalar 150 mlrd. dollarni, tegishli sohalarga esa, 1,5 trln. dollarni tashkil qiladi. Ko‘pincha SI nafaqat ichki va tashqi xavfsizlik uchun yangi vositalarni yaratish uchun ishlatiladi. Bugungi kunda Xitoyda 500 dan ortiq “aqlli shaharlar” mavjud bo‘lib, ularda SI trafikni tahlil qiladi va infratuzilmani boshqaradi Xitoy dunyodagi eng uzun tezyurar magistral tarmog‘iga ega(36 000 km dan ortiq, bu dunyodagi tezyurar liniyalar umumiy uzunligining 65% dan ortig‘ini tashkil etadi). Mamlakatda Maglev magnit yostiqchasi asosida boshqariluvchi uzunligi 30 km bo‘lgan Shanxayni Pudong aeroporti bilan bog‘lovchi tezyurar poezd liniyasi mavjud. Mazkur liniyaning ekspluatatsiya tezligi 430 km/soatni tashkil etadi. Liniya 2004-yilda Siemens (Germaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda Transrapid texnologiyasidan foydalangan holda qurilgan. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi liniyalar Xitoyda ishlab chiqilgan zamonaviy CTCS-3 poezdlarni boshqarish tizimi (Yevropa ETCS ga o‘xshash) bilan jihozlangan bo‘lib, bu poezdlarning 350 km/soatdan yuqori tezlikda va 3 daqiqalik interval bilan harakatlanishiga imkon beradi. 2020-yilda Xitoyda 1 millionga yaqin elektromobil ishlab chiqarilgan (AQShda - 410 ming). O‘sha yili Xitoy Germaniyani siqib chiqarib, avtomobilsozlik mahsulotlarini eksport qilishda birinchi o‘rinni egalladi (bozorning 15,8%). O‘tgan yili Xitoy Jahon intellektual mulk tashkilotida 68720 ta patentni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, AQShda 59230 ta patent ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, AQSh tomonidan ro‘yxatga olingan barcha yangi patentlarning 10 foizigachasi xitoylik familiyali shaxslarga to‘g‘ri keladi. Ish haqi o‘sishi, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish, ijtimoiy ta’minot va sifatli uy-joy yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassislarni jalb qilishning kalitidir. Shunday qilib, Xitoy yuqori texnologiyali elektronika ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi mutaxassislarni faol ravishda jalb qilmoqda. 2020 yil oxiriga kelib, Xitoy kompaniyalari TSMC (Taiwan Semiconductor Manufacturing Company, yarimo‘tkazgich chiplari ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda etakchi) dan 3000 dan ortiq muhandislarni jalb qildi, ularning 100 dan ortig‘i katta muhandislar va bo‘lim boshliqlaridir. Xitoyda maxsus iqtisodiy islohotlarning jadal rivojlanishiga quyidagi omillar turtki bo‘lgani aniqlandi:
    1. Maxsus iqtisodiy islohotlarda korxonalar o‘zlarining investisiya, innovatsiya, ishlab chiqarish va marketing qarorlarining katta qismini mustaqil qabul qildi.
    2. Maxsus iqtisodiy islohotlarda xorijiy investisiyalar uchun maxsus soliq imtiyozlari berilgan va ularning mahsulotlari asosan eksportga yo‘naltirilgan.
    3. Iqtisodiy faoliyat asosan bozor tamoyillari asosida boshqariladi va ularga xalqaro savdoda katta mustaqillik berildi.
    4. 2019-2020 yillarda Xitoyda 24 ta yangi transchegaraviy elektron-tijorat zonalari ochildi.
    5. Xitoydagi maxsus iqtisodiy zonalar asosan yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirildi.5

    Download 290,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 290,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maqsadga yerishish uchun yesa texnikaviy menejmentning quyidagi asosiy vazifalarini xal yetish zarur

    Download 290,5 Kb.